30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 20:04
Jamiyat 👁 293

PROBATsIYa NAZORATIDAGI 7 NAFAR MAHKUM MUDDATIDAN ILGARI JAZODAN OZOD ETILDI

PROBATsIYa NAZORATIDAGI 7 NAFAR MAHKUM MUDDATIDAN ILGARI JAZODAN OZOD ETILDI

Probatsiya hisobida turgan shaxslarning aksariyatiga sodir qilgan jinoyati, qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlgani uchun imkoniyat berilmoqda. Ular sud tomonidan belgilangan jazolarning maʼlum qismini oʻtab, muddatidan oldin ozod boʻlishmoqda.

22-avgust kuni Amudaryo tumanining Navoiy nomli mahallada Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi tomonidan Probatsiya nazoratidagi mahkumlarga doir taqdimnomalarni koʻrib chiqish maqsadida sayyor sud oʻtkazildi.

Fuqarolar yigʻini binosida boʻlib oʻtgan mazkur sud ishida Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi, tuman Ichki ishlar boʻlimi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi, fuqarolar yigʻini masʼullari hamda Probatsiya nazoratidagi shaxslar ishtirok etishdi. Sudda Amudaryo tumani ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi tomonidan 7 nafar mahkumlarga nisbatan kiritilgan taqdimnomalar koʻrib chiqildi.

Sud majlisida jazoga tortilgan ayrim shaxslarning mehnatga halol munosabatda boʻlib, belgilangan tartib-qoidalarga qatiy rioya etib, tuzalish yoʻliga oʻtib, sudlar tomonidan oʻrnatilgan cheklovlarga toʻliq amal qilgani hamda hulq-atvorini ijobiy tomonga oʻzgartirgani uchun jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilayotgani aytib oʻtildi. Bu oʻz navbatida mamlakatimizda soʻnggi yillarda sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlash yoʻlida yuz berayotgan oʻzgarishlar samarasi ekanligi taʼkidlandi.

Shundan soʻng, taqdimnomalar kiritilgan mahkumlarga doir ish koʻrib chiqildi va ish boʻyicha toʻplangan barcha hujjatlar va dalillar oʻrganilib, taraflarning fikrlari tinglandi.

Mahkumlardan biri Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan 2-yil 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. U oʻtgan yildan boshlab, oilaviy korxonada ishchi boʻlib ishlagan, 8 oylik jazoni oʻtash davrida tartib va qoidalariga toʻliq amal qilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan 3-yil muddatga 20 foiz axloq tuzatish ishlari jazosiga tortilgan mahkum ham qurilish tashkilotlardan birida ishchi boʻlib ishlab, jazoni oʻtash davrida tartib va qoidalariga toʻliq amal qilgan.

Jinoyat kodeksining 266-moddasiga koʻra 2-yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosiga sudlangan 2 nafar mahkumlar ham qurilish tashkilotlaridan biriga ishga qabul qilingan. Hozirgi kunga qadar ishlab kelayotgan bu shaxslar ham jazo muddatining 8 oyi davomida oʻzining jinoiy qilmishlarini toʻliq anglab yetgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtib, belgilangan tartiblarga amal qilgan. Shuningdek, Jinoyat kodeksining 167-, 277-, 104-moddalari bilan tegishli jazoga tortilgan mahkumlar ham probatsiya nazorati davomida oʻz qilmishiga chin dildan pushaymon boʻlib, berilgan imkoniyatdan toʻgʻri foydalangan va qoidalarga rioya qilgan.

Sud ishi yakunida sodir qilgan jinoyatining oqibatlarini toʻla anglab yetgan, axloqan tuzalish yoʻliga oʻtgan mahkumlar uchun yana bir imkoniyat berilishi maʼlum qilindi. Ularning jamiyatda oʻz oʻrnini topishi, munosib xulq-atvorda boʻlib, Vatan taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻshishi, oilasida tinch-xotirjam yashashiga ishonch bildirildi. Ushbu shaxslar jazo oʻtash tartib-qoidalariga amal qilib, sud tomonidan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajargani, mehnatga halol munosabatda boʻlgani uchun oʻtalmagan jazo muddatidan Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Ozod etilgan mahkumlar oʻz navbatida xalqimizga xos boʻlgan bagʻrikenglik bilan qilmishlari kechirilgani uchun davlatimizga minnatdorlik bildirishdi. Jamiyatda oʻz oʻrnini topishga va yurtimiz rivojiga munosib hissa qoʻshishga qatʼiy soʻz berishdi.

A.Safarov, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

R.Iskandarov, tuman IIB JXX Probatsiya guruhi katta inspektori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026