18.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.08.2026, 07:00
Maqolalar 👁 439

QITMIR BEMOR

QITMIR BEMOR

(mutoyiba)

Yangiboy aka Mirzaning dadasi bilan qadrdon edi. Oʻzi bilan ham shunday boʻlib kelmoqda. “Gaping olishsa, otang bilan oʻyna”, – deganlari shu boʻlsa kerak-da. Ikkovi shu qadar qadrdon-ki, birining hazili biriga botmaydi, “koʻrmasa sogʻinib, koʻrsa qoqinadigan”lardan.

Ularning “boplagan” hazillarini qishloq ahli kula-kula gapirib yuradilar. Oʻzlari ham odamlarga qoʻshilib, boʻlgan voqealarni eslab kulishlari yanada maroqli. Mavridi kelsa, biz ham bir-ikkitasini hikoya qilarmiz, hozircha ushbuni gurung etaylik:

Yangiboy aka beli, oyogʻi ogʻrib, har uch-toʻrt oyda shifoxonada davolanib turadi. Bu safargi davolanish muddati karantin paytiga toʻgʻri kelib qoldi. Xabar oluvchilar ham kam. Tartib qattiq. Baribir, bemor holidan xabar olish farz, ayniqsa, yaqin doʻsting boʻlsa.

Mirza shundan qisinib, taraddudlanib yurgan edi, Yangiboy aka qoʻngʻiroq qilib qoldi:

– Mirza, kelaman, deb koʻpam ovora boʻlaverma, karantin boʻlsa ham kechqurun xabar olib turishibdi bolalar, – dedi salom-alikdan keyin, – Xudoga shukur, kecha toʻrt palka shashlik obkelishgan ekan, bittasi ortib qoldi, – deb inqillab qoʻydi. – Qorovul bolaga aytib qoʻyibmiz, amallab maska taqib, qoʻlqop kiyib oʻtib kelishgan ekan, xursand boʻldim. Sen ovora boʻlavermayoq qoʻy, – deb takrorladi soʻzlariga alohida urgʻu berib.

Boshqa payt boʻlganda-ku, nima deyishni oʻzi biladi-ya, lekin hozir bemorning koʻngliga tegib ketishi mumkin. Yana inqillashiga qaraganda, kasali jiddiyroq boʻlsa... – Bormasak boʻlmas, chiqib kelgandan keyin oʻrtaydi, – bir qarorga keldi u.

Ularning qadrdonligi ahli ayollariga ham maʼlum.

– Boring, otasi, siz oʻtgan yili olti kun yotganingizda, har kuni kelib turdilar-a, bizlar borolmagan kunlarimiz ham ular xabar olib turishdi, – deb xotini pishgan barakni termosga soldi.

Ular yoʻlga chiqqanda oqshom tushgan edi. Shifoxona oldida oshxona bor. Odamlarning buyurtmasiga qarab taomni niqob taqish, masofa saqlash kabi karantin qoidalariga rioya qilgan holda tayyorlab berishar ekan.

– Toʻrt palka shashlik obormasak boʻlmas, dim shashlikni maqtab yotibdi-ku bu koʻsa, – deb xotiniga maʼqullatdi. Qoʻngʻiroq qilib kelganlarini bildirishdi.

– Bay-bay, bay-bay, joʻra-jon-ey! Kelib ham yuribsanmi shunday qiyin paytlarda,.. Mana, darvozaning oʻng tomonidagi 6-derazaga kel, shu yerdagi palatadaman.

– Siz idishni boʻshatib qoʻyavering, yarim soatlardan keyin obketarmiz. Bu yerda bitta oziq-ovqat doʻkoni karantin paytida ham ishlab turgan ekan, uyga xarajat qilib ketamiz, – dedi Mirza termosni, non-choʻrakni Yangiboy akaga derazadan uzatayotib.

Bir pasdan keyin kelgan Mirza va kelinga Yangiboy aka oʻzi va palatadoshi nomidan katta rahmatlar aytib, gapi soʻnggida:

– Shashlik juda mazali ekan-u bizning tish qurgʻur yaramasroq boʻldi-da, yoʻq, shashlik qattiq demayman, tish yaramas-da, tish toʻzgan, zoʻrgʻa yedim, – dedi inqillab.

– Voy-boʻy, tishdan qaygʻurmang bir iloji boʻlar, – dedi Mirza uning iddaosini tushunib.

Ertasi kuni yana keldi. Bu safar termosda tovuq shoʻrva hamda qiyma kabob olib keldi.

Yangiboy aka oʻzida yoʻq xursand. Tinmay olqish aytadi: oʻgʻli tengi boʻlsa ham oʻzining tengiday koʻrishini, qancha hazillashib oʻynasa ham yaxshi koʻrishini, hatto oʻgʻlidan ortiq koʻrishini aytib alqar edi.

Mirza dorixonaga kirib chiqmoqchiligini, orqayin ovqatlanib, idishni boʻshatib qoʻyaverishini aytib ketdi.

Yarim soatlardan soʻng, deraza oldiga kelgan Mirzaga Yangiboy aka:

– Ming rahmat, Mirzaboy, koʻp halaklanavermasang-a, bu yerda ovqatni yaxshi berishadi, – deb idishni uzatdi va xayrlasharkan, quvlik bilan boshini qiyshaytirib, niqobini toʻgʻrilab, past ovozda tayinladi.

– Ammo, lekin qiyma shashlikni zoʻr tayyorlashibdi. Faqat uksusni sal koʻproq sepishibdi-da, bolalarga ayt, endigi safar, ha ertanggiga, – dedi niqtab, – uksusni ozroq quyishsin...

Tursunboy ABDULLAYeV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019