17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 14:38
Jamiyat 👁 237

OILADAGI GAP KOʻChAGA ChIQQANDA...

OILADAGI GAP KOʻChAGA ChIQQANDA...

Oʻzbek oilalari uchun hech qayerda yozilmagan bir qonun-qoida bor. Bu – oila aʼzolarining ogʻzibirchiligi, oila sirini koʻchaga olib chiqmasligidir. Ana shu qoidaga amal qilinganida oilalar nafaqat mustahkam, balki el ichida obroʻ-eʼtibor ham topadi.
Lekin ayrim yosh oilalarda bu kabi bobomeros qadriyatlarga amal qilmaslik oqibatida arzimagan vajlar bilan oʻrtada nizo va janjallar kelib chiqishi natijasida tuzukkina oilalarning “siri” koʻchaga chiqib ketmoqda. Koʻpchilik holatlarda bunday vaziyatlarning yuzaga kelishiga kattalar, yaʼni qaynota-qaynonalar ham sababchi boʻlishmoqda.
Tumanimiz mahallalaridan birida yashovchi Shokir Sobirov (ism-shariflar oʻzgartirildi)ning oilaviy sirlariga qayotasi aralashmaganida, arzimagan dilxiralikni deb ayoli Gulbahor bolalarini olib ota-onasinikiga ketib qolmaganida Shokir balki  maʼmuriy qamoq jazosiga hukm etilmagan boʻlarmidi?
Nima boʻldi-yu Gulbahor Shokirning gaplariga, muomalasiga befarq boʻlolmadi. Erining qoʻpolligini kechirib qoʻyaqolsa, “doka roʻmol qurib”, oʻrtada mehr gullari unarmidi? Yoʻq, Gulbahor aksincha yoʻl tutdi. Qiziqqonlik bilan bolalarini yetaklab ota uyiga ketdi-qoldi. Bu Shokirga alam qildi. Axir ikki bolasi uning  jon-u dili edi-da. Ularni sogʻindi. Biroq arzimagan masalalarda ham oilasiga aralashaveradigan qaynotasini yaxshi bilgani uchun ozgina sabr qildi. Hovridan tushsa, nevaralarini oʻzi olib kelar, degan umidda kutdi. Murosa yoʻlini  tanlamayotgan qaynotasidan oʻzicha xafa boʻlib, ichdi va... “sher” boʻldi. Mastlik – bir tomondan ixtiyoriy telbalik boʻlsa, yana bir tomondan – rostlik ham. Chunki mast boʻlgan odamning bor alam va dardi tiliga chiqadi, oʻzicha botir boʻlib ketadi. Shokirboy ham mast holatda qaynotasinikiga borib shovqin koʻtardi. Ularning tinchini buzib, nomaqbul soʻzlar bilan qaynotasini haqorat qildi. Oqibatda esa...
Shokir Sobirovning bu mayda bezoriligi Maʼmuriy ishlar boʻyicha tuman sudida muhokama etilib. Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalari boʻyicha aybdor deb topildi va maʼmuriy qamoq jazosiga hukm etildi. Jazoni tayinlashda Shokir Sobirov muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz ekanligi, oilaviy ahvoli inobatga olinib, 7 (yetti) kunlik maʼmuriy qamoq jaosini oʻtash davrida har bir kun uchun toʻlanadigan xarajatlardan ozod etilib, jamoat ishlariga jalb qilindi.
Shuni aytsalar kerak-da, “hargiz oilangning sirini koʻchaga sochma, siring koʻchaga chiqsa oʻzing sochilasan”, deb. Arzimagan dilxiralikdan boshlangan mojaro uchinchi tomonning aralashuvi bilan elga yoyildi, sudgacha yetib keldi.
Yoshlarga esa “ushbu voqeadan xulosa chiqaring, har bir masalada bosiq boʻling”, - deymiz.

M.KARIMBOYeVA,
maʼmuriy ishlar boʻyicha tuman sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019