17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 14:05
Jamiyat 👁 396

SUDLAP FAOLIYaTI YaNADA TAKOMILLAShADI

SUDLAP FAOLIYaTI YaNADA TAKOMILLAShADI

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini, ularning shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishiga, qonuniy manfaatlari cheklanishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Olib borilayotgan sud-huquq islohotlarining asosiga qonun ustuvorligi, fuqarolarning qonun oldida tengligi, insonparvarlik, adolatlilik va aybsizlik prezumptsiyasi kabi konstitutsiyaviy printsiplar poydevor qilib qoʻyildi.
Sud sohasida amalga oshirilgan islohotlar sudyalarning mustaqilligi va huquqiy kafolatlari tizimining huquqiy asoslari “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonuni va boshqa qonun hujjatlarida mustahkamlanganligida, Prezident tomonidan joriy etilgan qator qaror va farmonlarda namoyon boʻldi. Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar asosida “sudyalarning mustaqilligi” tushunchasi ham mustahkamlanib, yangi huquqiy kategoriya — “sud hokimiyatining mustaqilligi” joriy etildi.
Sud-huquq tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish, 2017-2021-yillarda moʻljallangan Harakatlar strategiyasida ham belgilab qoʻyildi.
Sud tizimida avval sud hokimiyatining ikkita oliy organi, yaʼni Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy sudi va Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy xoʻjalik sudlari mavjud edi, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan Oliy xoʻjalik sudi tugatilib, sud hokimiyatining yagona oliy organi — Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy sudi tashkil qilindi. Oʻzbekiston Pespublikasi Sudyalar oliy kengashi tuzildi hamda sudyalik lavozimiga muddatsiz davrga tayinlash tartibi joriy etildi.
Tumanimizda ham Jinoiy, Fuqarolik, Maʼmuriy va Iqtisodiy sudlar tomonidan turli koʻrinishdagi jinoyat va huquqbuzarliklarga oid ishlar koʻrib chiqilib, ular boʻyicha qonunga muvofiq tegishli choralar qoʻllanildi. Shu qatorda aholi oʻrtasida sayyor sud majlislari, targʻibot-tashviqot tadbirlari keng miqyosda oʻtkazilib, huquqiy tushunchalar berildi. Shuningdek, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangiliklardan xabardor qilib borildi hamda bu oʻz navbatida aholi oʻrtasida huquqbuzarliklar, jinoyatlar sodir qilinishining oldi olinishida muhim ahamiyat kasb etdi. Pandemiya sababli joriy etilgan karantin davrida ham belgilangan tartib-qoidalar asosida sudlar tomonidan sohadagi ishlar davom ettirildi.
Shu oʻrinda Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 24-iyulda fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yuksaltirish, ishlarni sudda koʻrish sifatini oshirish hamda xolis, adolatli va qonuniy sud qarorlarini qabul qilish uchun taraflarning tengligi va tortishuvchanligini amalda taʼminlash mexanizmlarini kengaytirish maqsadida qabul qilingan “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni ham sud-huquq tizimidagi islohotlarni davom ettirish yoʻlidagi yana bir muhim va tarixiy hujjat boʻlganligini aytish joiz. Jumladan, tumandagi sud sohasi xodimlari tomonidan bu borada ham tegishli tartibda targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy sudi tomonidan sudyalar oliy kengashi va sudyalar hamjamiyati bilan birgalikda qonunchilik tashabbusi asosida sud tizimida 2021-yil 1-yanvardan boshlab tashkiliy tuzilmaviy oʻzgarishlarni amalga oshiradi. Xususan, viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari boʻyicha, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qatʼiy iqtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari boʻyicha alohida sudlov hayʼatlarini tashkil etadi.
Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatini maʼmuriy sudlardan jinoyat ishlari boʻyicha sudlarga oʻtkaziladi. Maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni koʻrishga ixtisoslashtirilgan tumanlararo maʼmuriy sudlari tashkil etiladi. Bunda Qoraqalpogʻiston Pespublikasi  viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari saqlab qolinadi.
Sud ishlarini nazorat tartibida koʻrish instituti tugatiladi. Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular oʻrinbosarlarining sudning hal qiluv qarorlari hukmlari, ajrimlari hamda qarorlari ustidan nazorat tartibida protest kiritish huquqi bekor qilinadi.

Mazkur Farmon sud himoyasini taʼminlashdagi ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etishga, sud qarorlarini qayta koʻrishning bir-birini takrorlovchi bosqichlarini bekor qilishga, investorlar huquqlarining ishonchli sud himoyasida boʻlishini taʼminlashga, sud organlarining amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga xizmat qilishi shubhasiz. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, endi fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish orqali xalqimizning sud tizimiga boʻlgan ishonchi yanada qatʼiy mustahkamlanadi.

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019