Probatsiya hisobidagi 2 nafar mahkum muddatidan ilgari jazodan ozod etildi
2020-yil 5-avgust kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudida ochiq sayyor sud majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudining raisi S.Davletmurodov, tuman prokurorining yordamchisi S.Yormuhammedov hamda tuman IIO Probatsiya guruhi katta inspektori mayor I.Jabborberganovlar qatnashishdi.
Sud majlisida, tuman IIO Probatsiya guruhi tomonidan kiritilgan 3 ta taqdimnoma koʻrib chiqildi.
Taqdimnomalarga koʻra JIB tuman sudining hukmi boʻyicha Oʻzbekiston Pespublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan JKning 57,59-moddalari tartibida 2-yil muddatga 10 foiz axloq tuzatish ishlari jazosiga sudlangan 1 nafar fuqaro, shuningdek, JIB tuman sudining hukmi boʻyicha Oʻzbekiston Pespublikasi JKning 1852-moddasi 2-qismi bilan 1-yil muddatga 10 foiz axloq tuzatish ishlari jazosiga tortilgan 1 nafar fuqaroning ishi muhokama qilindi.
Ushbu sud ishi yakunida har ikkala mahkum oʻzlariga berilgan jazoni oʻtash mobaynida oʻrnatilgan tartib-qoida talablarini bajarganligi va mehnatga halol munosabatda boʻlganligi sababli oʻtalmagan jazo muddatidan Oʻzbekiston Pespublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
Shuningdek, sud majlisida JIB Beruniy tuman sudining hukmi boʻyicha Oʻzbekiston Pespublikasi JKning 237-moddasi 1-qismi bilan 2-yil 6 oy muddatga 15 foiz axloq tuzatish ishlari jazosiga tortilgan yana bir fuqaroga nisbatan belgilangan jazo boshqasiga almashtirildi. Mahkum oʻziga berilgan axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtashdan boʻyin tovlab, nomaʼlum tomonga yashiringanligi sababli 1-yil 6 oy 22 kun axloq tuzatish ishlari jazosi Oʻzbekiston Pespublikasi JKning 46-moddasi asosan ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilib, Oʻzbekiston Pespublikasi JPKning 542-moddasiga asosan unga nisbatan qidiruv eʼlon qilindi.
I.Jabborbergenov, tuman IIO Probatsiya guruhi katta inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶