GIYoHVANDLIKKA JAZO MUQARRAR
Hozirgi kunda butun dunyo miqyosidagi global muammolardan biriga aylangan giyohvandlik balosi insoniyat uchun oʻta xatarli boʻlib, dunyo mamlakatlarida sodir etilayotgan jinoyatlarning aksariyati giyohvandlikka qaram shaxslar tomonidan sodir etilmoqda. Eng yomoni, giyohvandlik ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarning sodir etilishiga sabab boʻlmoqda.
Shu yil 17-avgust kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudida oʻtkazilgan ochiq sud majlisida sudlanuvchi B.K.ga (ismlar oʻzgartirilgan) nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi koʻrib chiqildi.
Sudlanuvchi B.K. 2020-yil taxminan mart oyi oxirlarida oʻz hovlisidagi tomorqa yerining 100 kvadrat metr oʻlchamdagi qismiga, 3 tup 148,43 gramm taʼqiqlangan ekin hisoblangan, tarkibida giyohvand moddasi boʻlgan “Kandir” (Cannabis sativa) giyohvandlik oʻsimligini qonunga xilof ravishda ekib, alohida agrotexnik ishlov berib, shu yil 14-iyun kuniga qadar oʻstirib, yetishtirib kelgan.
B.K. oʻzining bu harakatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan, yaʼni taʼqiqlangan ekinlarni, koʻknor, moyli koʻknor, kannabis oʻsimligi yoxud tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar boʻlgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekish, yetishtirish jinoyatni sodir qilgan.
Sudda sudlanuvchi va guvoh koʻrsatuvlari, sudlanuvchining himoya va oxirgi soʻzlari, davlat ayblovchisining nutqlari tinglanib, jinoyat ishidagi toʻplangan dalillar tekshirilib, baho berildi. Sudlanuvchi B.K.ga jazo turi va miqdorini tayinlashda uning oilaviy va moddiy ahvolini yengillashtiruvchi holatlar deb hisoblab, u aybli deb topilgan modda sanktsiyasida nazarda tutilgan ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 96-moddasiga asosan B.K. jazoni oʻtash jarayonida giyohvandlikdan majburiy ravishda davolanishi lozim deb topildi.
Dunyo aholisini birdek tashvishga solib kelayotgan giyohvandlikdek xavfli illatga qarshi kurashishda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari, balki jamiyatimizning barcha aʼzolari ishtirok etishi lozim. Giyohvandlikka qarshi hamjihatlikda kurashish eng masʼuliyatli va ortga surib boʻlmaydigan vazifa hisoblanadi.
S.Davletmurodov, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶