18.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.08.2026, 05:45
Maqolalar 👁 189

SOʻNGGI MANZIL

SOʻNGGI MANZIL

(Hikoya)

Buvim kuzning goʻzalligi xazonrezgilik boshlanib, yomgʻir sharros quyganda bilinadi, derdi. Nega bunday deganini shu kungacha tushunmaganman.

– Kuz faslida yomgʻir sharros quygandan keyin rizvon hidi keladi-ya, – derdilar doim. Men  hayron qolardim, chunki Rizvon xolamdan bunday hid kelmasdi. Buni bir necha marta Rizvon xolam uyga kelganida xolamni qattiq quchoqlab, hidlab koʻrgandim-da.

Bir kuni yomgʻir shunaqangi  yogʻdiki, bunaqa yomgʻirni ertaklarda eshitib, kinolarda koʻrganman. Osmonni qop-qora bulut qoplab olgan, ertalabki vaqt boʻlsa ham xuddi quyosh birdan botib, kech kirgandek, momoqaldiroqning qattiq gumburlashidan osmon uzilib, yerga tushadigandek edi. Chaqmoq chaqqanida oniy lahzada hamma yer yorishardi-yu, chaqmoq tingach, yana qorongʻilik hukmronlik qilardi. Yomgʻir tomchilari esa derazalarni, uy devorlarini, daraxtlarni ham, daraxtlardagi eng soʻnggi barglarni ham, yerni, qoʻyingki, uy tashqarisidagi barcha narsa va buyumlarni ayamasdan savalardi. Bir zumda koʻlmaklar paydo boʻldi, ariqlar osmonning koʻz yoshlariga toʻldi. Xuddi kinolardagidek. Men azbaroyi qoʻrqqanimdan buvimni quchoqlab oʻtirardim. Buvim derazadan tashqariga qarab yomgʻir yogʻishini tomosha qilardi. Tomosha qilardi-yu lekin buvim hech narsani sezmasdi. Yomgʻirni tomosha qilayotganini ham unutgandi, chunki buvim chuqur xayolga berilgandi. Buvimning meni quchoqlab turgan qoʻllari qaltirardi. Koʻzlarida esa qandaydir tuygʻular bilan kurashardi, yuzida chuqur qaygʻu, alam, iztirob aks etgandi.

Yomgʻir uzoq vaqt yogʻdi, buvim bilan sukut saqlagancha yomgʻirni tomosha qilardik. Buvimning quchogʻida qancha oʻtirdim, bilmayman, uyqudan uygʻonganimda yomgʻir  tingan, tashqarida sokinlik hukmronlik qilardi. Bu sokinlik menga yoqmadi. Uyqudan uygʻonsam ham oʻrnimdan turish yoqmay dangasaligim tutib yotganimda buvim:

– Bolam, turaqol, – dedi boshimni silab

Nonushta paytida buvim qandaydir mahzun, uzrxonlik ohangida gap boshladi:

– Bolam, yanagi gal yomgʻir yogʻganida bugungidek uxlab qolsang-u seni erkalab uygʻotmasam, uyqudan turganingda meni topolmasang, mendan hafa boʻlmagin va meni uydan qidirma, – deb boshimdan silab bagʻriga bosdi.

– Nega buvijon, biron yerga ketasizmi?

– Rizvon hidini yomgʻirdan keyin sezayapman, anchadan buyon shunga... Yanagi gal ertalabgidek yomgʻir yogʻganda Rizvon xolang tomon ketaman...

– Rizvon xolamning uyi uzoqmas-ku buvi, men uygʻon-guncha kutsangiz birga borardik yoki uyga chaqira- qoling, buvijon.

Buvimning javobini kutmasdan:

– Uyqudan turgunimcha kutolmasangiz, oʻzim orqangizdan boraveraman, – dedim.

– Yoʻq bolam, hali senga vaqt bor, sen yoshsan, unaqa gaplarni hozirdan aytmagin, – dedi xavotir, qoʻrquv bilan.

Oradan bir hafta oʻtgach, yana yomgʻir yogʻdi. Bu yomgʻir bir hafta oldin yoqqan yomgʻirdan kuchliroq edi. Buvimning Rizvon xolamning uyiga ketishi esimga tushdi-yu, negadir uning xolamnikiga borishini istamadim. Yana oʻsha holatda oʻtirardim, bu gal buvim oʻychan qiyofada emasdi. Qoʻllariyam qaltiramasdi.

– Buvi, Rizvon xolamning uyiga qachon ketasiz? – dedim buvimning ketishini istamay.

– Sen uxlagandan keyin, doʻmbogʻim, – dedi boshimni silab. Bu gal buvim menga qarab oʻtirardi, men esa derazadan yomgʻir yogʻishini koʻngil gʻashligim bilan tomosha qilardim.

– Ertaga borsangiz boʻlmaydimi, buvijon? – dedim yalinchoqlik bilan.

– Bugun vaqti, bolam, – dedi oʻksik ovozda.

Men uxlamaslik uchun harakat qilsam ham baribir uyqu ustunlik qildi.

Qancha uxladim, bilmayman, buvimning ovoziga oʻxshash ovoz meni yigʻi aralash uyqudan uygʻotardi. Koʻzlarimni bazoʻr ochdim, ochdim-u hayron qoldim. Tepamda Rizvon xolam, koʻz yoshlari yuzini yuvardi. Men oʻrnimdan turishni ham, yotaverishni ham bilmay qoldim. Xolam boshimga doʻppi kiydirib, hamon yigʻi aralash ovozda: “mana bularni kiyib ol”, deb chopon va qiyiqchani menga berdi. Momoqaldiroq boshlanib, chaqmoq chaqib, yomgʻir yogʻa boshladi. Rizvon xolamning: “bandalik”, deb bazoʻr  aytgan soʻzi menga momoqaldiroq ovozidan ham kuchliroq eshitildi.

Qarshigʻa ALIMBOYeVA, Daryo boʻyi mahallasi. Qipchoq OFY.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019