17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 09:57
Jamiyat 👁 90

YoNGʻINNI BARTARAF ETISh BOʻYIChA AMALIY TAKTIK MAShGʻULOT OʻTKAZILDI

YoNGʻINNI BARTARAF ETISh BOʻYIChA AMALIY TAKTIK MAShGʻULOT OʻTKAZILDI

Ota-bobolarimiz yongʻinni bejizga tilsiz yov, deb atashmagan. Xonadonlarda yoki korxona-tashkilotlarda, umumiy ovqatlanish, savdo shoxobchalarida salgina ehtiyotsizlik yo nosoz uskunalaridan foydalanish yongʻin kelib chiqishiga,  koʻpgina talofatlarga sabab boʻlishi mumkin. Ayniqsa, kuz-qish mavsumida kunlar sovib ketishi oqibatida tabiiy gaz, elektr energiyasiga ehtiyoj kuchayadi. Ushbu qulayliklardan foydalanishda oʻta ehtiyotkorlik talab etiladi.

Bu borada aholi orasida keng targʻibot yurgizilishi, yongʻin kelib chiqishining oldini olish choralari haqida ogohlantirishlarga qaramay, afsuski, yongʻin sodir boʻlishiga barham  berilmayapti. Shunday koʻngilsiz holatlar yuz berishi  oqibatida odamlarning sogʻligʻiga zarar yetishi hollari ham uchramoqda.

14-noyabr kuni tuman Tibbiyot birlashmasida yongʻin sodir boʻlganida chora-tadbirlar qoʻllashni targʻib etishga bagʻishlangan amaliy taktik mashgʻulot oʻtkazildi. “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi, uning oʻrinbosarlari, boʻlim va boʻlinma boshliqlari, qism navbatchi smena tarkibi bilan 2020-yilda oʻtkaziladigan yongʻin oʻchirish amaliy taktik  mashq va mashgʻulotlar yillik rejasi”ga muvofiq oʻtkazilgan ushbu tadbir ikki bosqichda amalga oshirildi. Dastlab  kasalxona binosining 3-qavatida joylashgan jarrohlik boʻlimi oshxonasida shartli ravishda yongʻin holati sodir qilindi va ushbu koʻngilsiz hodisada jarohat olgan shaxslar yongʻin oʻchirish  avtonarvoni yordamida boʻlim joylashgan 3-qavatdan evakuatsiya qilindi.

Tadbirning ikkinchi bosqichida esa birinchi bosqichda jabrlanganlar  xavfsiz hududga olib chiqildi va birinchi tibbiy yordam koʻrsatildi.

Yuz bergan yongʻinni tezkorlik bilan oʻchirish boʻyicha amaliy taktik oʻquv mashgʻulotiga Taxiatosh tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimidan 1 ta yongʻin oʻchirish avtokarvoni, yongʻin oʻchirish uskunasi, tuman  Favqulodda vaziyatlar boʻlimidan 3 ta maxsus yongʻin oʻchirish avtomobillari, 57 nafar shaxsiy tarkib aʼzolari jalb qilindi.

Ushbu amaliy taktik mashgʻulotga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Tezkor boshqaruv markazi boshligʻi, podpolkovnik Bahrom Yaxshiboyev, guruh rahbari Rustam Seytirzayev, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi Hamro Matyoqubov, tuman Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Zokir Oʻrozboyevlar ishtirok etdilar. Masʼullar yoʻl qoʻyilgan xato-kamchiliklar xususida batafsil bayon etib, ularni bartaraf etish yuzasidan oʻz maslahatlarini, tavsiyalarini berdilar.

Yongʻin sodir boʻlganda uni oʻchirish, jabrlanganlarni xavfsiz hududga oʻtkazish va ularga birinchi yordam koʻrsatish yuzasidan oʻtkazilgan amaliy taktik mashgʻulot fuqarolarga shunday koʻngilsiz voqeaga duch kelganida qanday yoʻl tutishi lozimligi xususida koʻpgina maʼlumotlar yetkazgani bilan ahamiyatli boʻldi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019