Qingʻirlikning umri qisqa
Bir jinoyat izidan
Xalqimizda “Oʻzingga ehtiyot boʻl, qoʻshningni oʻgʻri tutma”, degan gap bor. Chindan-da hayotimizga teranroq razm solib qarasak, ishlamay yeyishni xohlovchi, oʻzganing moliga koʻz olaytiruvchi ayrim noqobil insonlarning nojoʻya ishlariga oʻzimiz sharoit yaratib qoʻyganimizni anglamaymiz. Bu baʼzan koʻngilsizliklarga sabab boʻladi.
Buni Azamat Obidov (ism familiya oʻzgartirildi) boshi devorga urilganida bildi.
Gap shundaki, u yoz kunlarining birida tomorqasida ishlayotib, kimdir qoʻngʻiroq qilsa, bexabar qolmaslik uchun narxi salkam 1 million soʻm turadigan qoʻl telefonini poliz chetidagi stul ustiga qoʻydi. Tomorqa ishlarini tugatib, uyiga kirganida esa telefonini unutib qoldirdi. Saldan soʻng, qaytib chiqib, qoʻygan joyidan telefonini topa olmadi.
Qingʻirlikning umri qisqa, deganlari rost ekan. Oradan hech qancha vaqt oʻtmay, gumonlanuvchi qoʻlga olindi va aybiga iqror boʻldi.
Yaqinda Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudida ushbu jinoiy ish atroflicha muhokama etildi. Sud qaroriga koʻra ayblanuvchi Azamat Obidovga yetkazgan zararini qoplab bergani, aybiga chin koʻngildan pushaymon ekanligi inobatga olinib, ushbu jinoyat ishi harakatdan toʻxtatildi. Biroq arzimagan qoʻl telefoni deb bir yigitning el ichra boshi egildi, oʻgʻri degan nom oldi. Bu bu unga bir umrlik saboq boʻlsa, ajab emas.
S.DAVLETMURODOV, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶