LEYShMANIOZ KASALLIGI HAQIDA BILASIZMI?
Leyshmanioz – odamlarda va hayvonlarda uchraydigan transmissiv protozoy kasallik boʻlib, uni iskabtopar chivinlar chaqish yoʻli bilan yuqtiradilar. Insonda isitmalash, ichki aʼzolar yoki teri toʻqimalarining shikastlanishi bilan namoyon boʻladi.
Kasallik ikki turga boʻlinadi.
1. Vestseral leyshmanioz koʻzgʻatuvchilari jigar, taloq, limfa tugunlarida rivojlanib, asta-sekin odam organizmining zaharlanishiga olib keladi.
Vestseral leyshmanioz kasalligi bilan esa asosan 1 yoshdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalar kasallanadi. Kasallik manbai asosan itlar, boʻri, tulki va boshqalar boʻlishi mumkin. Vestseral leyshmanioz kasalligida toʻsatdan tana harorati 39-40°S koʻtarilishi bilan boshlanib, surinkali kechadi Ayrim hollarda kasallik asta-sekinlik bilan boshlanib, umumiy holsizlik, terining rangsizlanishi, toshmalarning paydo boʻlishi bilan xarakterlanadi. Kasallikning birinchi alomatlari boshlanganda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Chunki kasallikning natijasi oʻz vaqtida toʻgʻri oʻtkazilgan davolashga bogʻliq.
2. Teri leyshmanioz terida chivin chaqqandan keyin inson tanasidagi inkubatsion davr asosan 1-4 haftagacha baʼzan 1,5-2 oygacha davom etadi va yara paydo boʻlib, kichishish bilan boshlanib, terida bir umrlik chandiq qolishiga sabab boʻladi. Teri leyshmanioz kasalligi bilan barcha yoshdagilar kasallanishi mumkin. Kasallikdan soʻng, mustahkam immunitet paydo boʻlib, bir umrga saqlanadi. Juda kam holatda kaytalanishi mumkin. Kasallik asosan yozning oxiri kuz oylarida qayd etiladi. Agar xonadon ozoda, sarishta saqlansa, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinsa, chivinlar koʻpayishiga yoʻl qoʻyilmasa, bu kasallik xavf solmaydi.
Nasiba MADIYaROVA, tuman SEOJSB vrach-entomologi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶