BAXTLI VA OMADLI BOʻLIShNI XOHLASANGIZ...
Inson dunyoga kelar ekan, baxtli yashashga haqlidir. Baxt soʻzini har kim oʻzicha har xil tasavvur qiladi, lekin bu tushuncha qamrovi bizning tafakkur doiramizda ancha keng va uni birgina holat bilan ifodalab boʻlmaydi.
Aytaylik, insonning dunyoga kelishi, farzandli boʻlishi, ota-ona duosini olishi kabi har xil baxt tushunchalari mavjud boʻlib, uni istgancha davom ettirish mumkin. Koʻpchilik insonlar oʻz hayotidan noliydi: “Nega men baxtsizman? Omadsizman? Nega meni Xudo shunday yaratgan?” – deb oʻzini-oʻzi yomon koʻrib ketadi. Mutaxassislar koʻp yillik tadqiqotlar natijasida bir necha ming omadli va baxtli insonlar hayotini oʻrganib, ularning dunyoqarashi va xatti-harakatlarida umumiylik borligini isbotlashdi.
“Nima xohlaysiz? Siz hayotingiz qanday boʻlishini xohlaysiz?” – qabilidagi savollarga koʻpchilik “omadli va baxtli boʻlishni xohlayman”, deb javob berishdi. Lekin bu soʻzlar hech narsani anglatmaydi. Odam oʻz hayotining har bir sohasida qanday natijaga erishishni belgilab olmaguncha omad va baxt ham kelmaydi. Chunki oʻzingiz nima xohlashingizni bilmasangiz, Alloh ham nima berishni bilmaydi.
Oʻtkazilgan tajriba natijalariga koʻra, havas qilsa arzigulik insonlar qanday yutuqlarga erishmoqchi ekanligini har doim xotiralarida saqlashar ekan. Shuning uchun ham baxtli va omadli boʻlishni istasak, quyidagilarga eʼtibor qaratishimiz lozim. Birinchidan, hayotingiz sizni quvontirishi, orzu-maqsadlaringizdan quvonib yashashingiz kerak. Ikkinchidan, hayotdan bahra olib yashashga intiling.
Hayotingizdagi salbiy voqealar sonini emas, balki quvonchli voqealar sonini hisoblang. Buning uchun hayotingizda katta quvonchli voqea boʻlishi shart emas. Toza havodan, goʻzal tabiatdan, isteʼmol qilayotgan taomingizdan, hatto kichik ishlardan ham quvonishni oʻrganmogʻingiz kerak.
Har doim kulib yurishga harakat qiling, orzu-niyatlarni kalla orqali emas, tana orqali tanlang, yaʼni, orzu-maqsadlaringiz cheksiz boʻlsin.
Hech qachon faqat birgina ish bilan shugʻullanmang, inson aslida biror narsani oʻylashi, tezda amalga oshirishga boʻlgan ishtiyoqi va aqli bilan boshqa mavjudotlardan ustun turadi. Demak, baxtli va omadli inson sifatida hayotdan rozi boʻlib yashash insonning oʻz qoʻlidadir.
Guljanar MARYaMBOYeVA, 41-sonli maktabning amaliyotchi psixologi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶