ULKAN TARIXIY VOQEA
Amudaryo ustiga zamonaviy koʻprik qurishdek muhim va siyosiy ahamiyatga ega boʻlgan voqeaning Yangi yil bayrami arafasida boshlanishi ham bejiz emas.
Prezidentimizning nazaridan hech bir sohaning chetda qolmayotganligi, hatto, eng chekka va olis qishloqlar aholisi ham davlatimiz rahbarining otalarcha gʻamxoʻrligidan bahramand boʻlayotganligini kuzatib, bundan cheksiz quvonamiz.
Xalqimiz yaqindagina Moʻynoqning afsonaviy qayta kashf etilishiga guvoh boʻlgan boʻlsa, bugungi tarixiy voqea ham ana shu ulkan haqiqatning – buyuk kashfiyotning yana bir isbotidir!
Mustaqillik solnomasining eng katta voqealaridan biri boʻlgan bugungi sana Vatanimiz tarixida zarhal harflar bilan yozilib qoladi va men ushbu koʻprik qurilishining boshlanishi bilan tumanimiz xalqini chin qalbimdan muborakbod qilaman. Barcha yurtdoshlarimizni bu xayrli ishda faol ishtirok qilishga, har doimgidek xalqimizning hamjihatligini yana bir bor namoyon qilishga chaqiraman.
Prezidentimizning amudaryoliklarga koʻrsatayotgan gʻamxoʻrlik va eʼtiborlari uchun Amu elining bir farzandi sifatida, xalqimiz nomidan cheksiz minnatdorchilik bildiraman.
Xonimjon Rajabova, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi,
“Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶