17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 07:35
Jamiyat 👁 316

DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA ELEKTRON DAVLAT XIZMATLARIDAN FOYDALANISh AFZALLIKLARI BOʻYIChA TAQDIMOT OʻTKAZILDI

DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA ELEKTRON DAVLAT XIZMATLARIDAN FOYDALANISh AFZALLIKLARI BOʻYIChA TAQDIMOT OʻTKAZILDI

7-yanvar kuni tuman Davlat xizmatlari markazida elektron davlat xizmatlaridan foydalanish afzalliklari va qulayliklarini batafsil tushuntirish maqsadida taqdimot oʻtkazildi.

Mamlakatimizda davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimi bosqichma-bosqich takomillashtirilib borilmoqda. “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyilini amalda roʻyobga chiqarish, xalqimizning davlat organlari va ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga boʻlgan ishonchini qozonish, Davlat xizmatlari markazlarida xizmat koʻrsatishning milliy tizimini sifat jihatidan yangi darajaga oʻtkazish borasida jadal surʼatlardagi islohotlar amalga oshirilmoqda.

Amudaryo tumani aholisiga tez va sifatli xizmat koʻrsatib kelayotgan Davlat xizmatlari markazida bugungi kunda 150 ga yaqin turdagi xizmat koʻrsatilishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Aholining ogʻirini-yengil uzogʻini yaqin qilish hamda moddiy xarajatlarini tejash maqsadida yildan-yilga davlat xizmatlari oson, qulay va shaffof tarzda amalga oshirilmoqda.

Joriy yil 7-yanvar kuni tuman Davlat xizmatlari markazida elektron davlat xizmatlaridan foydalanish afzalliklari va qulayliklarini batafsil tushuntirish maqsadida taqdimot oʻtkazildi. Taqdimotda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari Agentligi direktori oʻrinbosari Nuʼmon Muhammadiyev hamda Agentlik matbuot xizmati xodimlari, Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Kazbek Artikov va Agentlikning boshqa masʼullari, tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilari, fuqarolar ishtirok etdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari Agentligi direktori oʻrinbosari Nuʼmon Muhammadiyev taqdimot davomida elektron davlat xizmatlaridan foydalanish koʻnikmalari toʻgʻrisida soʻz yuritib,  undan foydalanish tartibi va qoidalarini batafsil tushuntirib berdi. Taqdimotda ishtirok etayotgan boshqa masʼullar tomonidan Davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan islohotlar, yengilliklar boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, shu kunning oʻzida Davlat xizmatlarini sayyor tartibda koʻrsatish amaliyotini keng jamoatchilik ishtirokida amalga oshirish maqsadida tumandagi Tosh-yop ovul fuqarolar yigʻini hududida  sayyor qabul tashkil qilindi. Sayyor qabulda hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarga davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish va uning qulayliklari boʻyicha keng tushunchalar berildi. Shundan soʻng, ovul aholisiga sayyor tartibda davlat xizmatlarini koʻrsatish maqsadida fuqarolardan arizalar qabul qilindi. 

Markaz xodimlari tomonidan olis hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarga ovul va mahallalarga borgan holda davlat xizmatlari koʻrsatilishi ularning moddiy sarf-xarajatlarining tejalishiga olib kelmoqda. Bu kabi tadbirlar Davlat xizmatlari markazlarida har yili olib borilishi yoʻlga qoʻyilgan.

Oʻtgan 2020-yil davomida tuman Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 61 ming 883 davlat xizmati koʻrsatildi. Markazda 856 tadbirkorlik subektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Shuningdek, 768 nafar fuqaro tomonidan elektron davlat xizmatlaridan erkin foydalangan holda hujjatlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Markaz tomonidan sayyor tartibda 3978 davlat xizmati koʻrsatilib, chekka hududlarda yashovchi aholiga qulaylik yaratildi. Bugunga kelib aholining barcha qatlami hujjatlar borasidagi muammolariga Davlat xizmatlari markazlari orqali yechim topmoqda. Agentlik faoliyati yoʻlga qoʻyilgan dastlabki paytda Markazlar tomonidan 33 turdagi davlat xizmatlari koʻrsatila boshlagan boʻlsa, hozirgi kunda xizmat turlari 100 tadan oʻtdi. Yurtdoshlarimiz ushbu xizmatlardan turli byurokratik toʻsiqlar, ovoragarchiliklarsiz bahramand boʻlishmoqda.

Davlat xizmatlari markazi tom maʼnoda qulayliklar maskaniga aylandi. Fuqarolar bu joyda bir vaqtning oʻzida bir necha turdagi davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Taʼkidlash joizki, bugunga kelib ushbu tizim butun xalqimizning ishonchli va tezkor koʻmakchisiga aylandi.

Umida Saparboyeva, tuman Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019