FARZANDING YuRT KORIGA YaRASA – BU ULKAN BAXT!
Asli ayol zurriyodini olam-olam orzular ogʻushida dunyoga keltiradi. Farzandi ulgʻaygani sari u haqdagi orzulari ham ulgʻayadi. Oʻgʻlim maktabda oʻqib yurgan damlaridayoq televideniyeda harbiylar, muddatli harbiy xizmat burchini oʻtayotgan askarlar hayotiga doir koʻrsatuvlarni, badiiy filmlarni qiziqib koʻrar, oʻgʻlimning ham ulardek mard, jasur , fidoyi yigit boʻlishini orzu qilar edim.
Xalqimizning niyating –yoʻldoshing, degani bejiz emas ekan. Mana hozir kenjatoy farzandim – Boburjon Rahimov Davlat xavfsizlik xizmatiga qarashli Chegara qoʻshinlarida muddatli harbiy xizmat burchini ado etayapti. Oʻtgan oʻn oydan ortiqroq muddat men uchun uzoq yillarga tatidi, desam mubolagʻa boʻlmaydi. Chunki ular joʻnab ketgan 15-mart sanasining ertasiga mamlakatimizda ilk bemorda koronavirus infektsiyasi aniqlandi va kasallik tarqalib ketishining oldini olish uchun karantin tartibi joriy etildi. Shu kunlarda hamma qatori menda ham xavotir, qoʻrquv juda kuchli edi. Ayniqsa, olisda, Fargʻona viloyatining Qirgʻiziston davlati bilan chegara hududida xizmat qilayotgan Boburjonni oʻylab juda siqilardim. U har safar gaplashganimizda juda yaxshi sharoitlarda xizmat qilayotganini, xavotirga oʻrin yoʻq ekanligini aytib, meni xotirjam qilishga urinardi. “Meni sogʻlom, kuchli qilib oʻstirgansiz-ku, axir” deya tasalli berardi.
Yaratgan duolarimning ijobatini berib, oʻgʻlim xizmat muddatini yakunlashiga ham sanoqli kunlar qoldi. Har safar u haqda doʻstlaridan, komandiridan iliq gaplar eshitsam, koʻnglim togʻday yuksaladi. Axir farzanding el koriga yarasa – bu ona uchun ulkan baxt.
Vatanimiz mudofaasi yoʻlida xizmat qilayotgan barcha harbiy xizmatchilarni, askarlarni Vatan himoyachilari kuni bilan qizgʻin qutlayman. Sogʻlik-omonlik tilayman.
Muhabbat NURMEDOVA, Mangʻit shahri,
Navoiy mahallasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶