28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:00
Adabiyot 👁 273

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Yangi yil ORZULARi

Oʻzgacha shukuhda, oʻzgacha zavqda,

Koʻnglimni toʻldirib ulugʻ maqsadga.

Orzu-armonlarim gulga kirmoqda,

Yangi yil, kelaver, seni sogʻindim.

 

Biram goʻzal bugun bu xiyobonlar,

Koʻngilga xush yoqar shod-xurram onlar.

Derazamni chertar Ayozbobo ham,

Yangi yil, kelaver, seni sogʻindim.

 

Xayr eski yilim, sendan roziman,

Omad olib kelding oʻgʻil-qizimga.

Kim uchun baxt-iqbol, yo dil rozisan,

Sinovlarda boʻlding bir tarozi sen.

 

Shoshib oqib ketgan soy boʻlding, yilim,

Mashaqqatlar chekib, yoy boʻlding, yilim.

Har bitta yurakka berib qanoat,

Yuksalding, dillarda misli matonat...

 

Tarix zarvaragʻi oldimda, oppoq,

Hali yozilmagan sahifalari.

Yangi yil, xalqimga baxt bergin porloq,

Salomatlik boʻlsin daqiqalari.

Zuhra AHMEDOVA.

VATANGA QASAMYoD

Jannatmakon yurtim, jon Oʻzbekiston,

Vatansan begʻubor, musaffo bahor.

Himoyangda turar mard, jasur oʻgʻlon,

Harbiy xizmat erur faxr-u iftixor.

 

Oʻgʻlingman, men senga qalqon, himoya,

Sobitman qolguncha to soʻnggi nafas.

Yovlar oʻtolmaydi bor metin qoya,

Oʻzbek oʻgʻloniga oy qilar havas.

 

“Oʻgʻlim, otlanibsan, ezgulik yoʻling,

Mard boʻlgin, oʻktam boʻl, el boʻlsin rozi.

Ajdodlar ruhidan kuch olsin qoʻling,

Yurtimda yangrasin toʻylar ovozi”.

 

Deya duo qilar mehribon onam,

Ovozi beradi fikrimda jarang.

Bergan oq sutingiz oqlayin har dam,

Siz bois yetishdim shu kunga, qarang!

 

Bugun qabul qildim harbiy qasamyod,

Vatan bayrogʻini tiz choʻkib oʻpib.

Shu ontimga sodiq qolgum umrbod,

Asl farzand boʻlay shonli yoʻl oʻtib.

 

Harbiy qasamyodni qabul qilgan on.

Yodimga keladi shunday bir xayol:

Yigit hayotida yagona imkon –

Sen Vatan oʻgʻlisan, jangchi boʻl halol!

 

Ushbu qasamyodni dilimga joylab,

Yurakda pinhona soʻzdek asrayman.

Tuprogʻing koʻzimga toʻtiyo aylab,

Bepoyon sarhading koʻzdek asrayman.

 

Xalqim, Yurtboshimga jism-u jon bilan,

Ajdodlar ruhlari – buyuk shon bilan,

Vatan sevgisi-yu, chin iymon bilan,

Qasamyod qildim men,

                    Qasamyod qilarman,

                                  Qilgum qasamyod!!!

Alisher AHMEDOV,

22-sonli maktab oʻqituvchisi.

Yangi yil tongida

Bilim bogʻlaridan gul tergansizlar,

Ilm chashmasidan suv bergansizlar.

Hayot sirlarini bir-bir oʻrgatib,

Aql-u shuurimiz charxlagansizlar.

 

Gerodot ilmidan xabardor qilib,

Tarixni biz bilan birga kezdingiz.

Maʼnaviyat oltin bitiklaridan,

Qalblarga nur ila ziyo berdingiz.

 

Jahon tillariga mehr uygʻotib,

Moʻʼjizalar tomon ravon yoʻl ochib.

Oʻz ona tilimiz qadr-qimmatin,

Koʻrsatib jahonda tengsiz qudratin.

 

Yuraklarda mehr uygʻotgan Ustoz –

Bizga tiladingiz eng baland parvoz.

Yangi yil tongida muhabbat bilan,

Baxt-iqbol tilayman Sizga sarafroz!

Yorqinoy KENJABOYeVA,

11-sonli maktab oʻquvchisi.

MARD OʻGʻLONLAR

QOʻRQMAYDI

Mard yigitlar koʻnglida,

Vatan degan tuygʻu bor.

Toʻsiq chiqsa yoʻlida

Kuchi bor, qudrati bor.

Tuprogʻin toptasa kim,

Qalqon boʻlar koʻkragi.

Yengolmas uni hech kim,

Yer koʻrmagan kuragi.

Qalbida ezgu niyat,

Kecha-kunduz postdadir.

Soʻzi bir, har ishda mard,

Yomonlikka qasddadir.

Oiladan koʻngli toʻq,

Mard oʻgʻlonlar safdadir.

Dilimda hech armon yoʻq,

Akam ham xizmatdadir.

Akam, ukam – bir safda,

Vatanni qoʻriqlaydi.

Mard oʻgʻlonlar, albatta,

Yurtga qalqon, qoʻrqmaydi.

D.Abdurahmonov, Xolimbeg ovuli.

BAGʻIShLOV

Sizlar baxt ulashuvchi,

Vatan chun kurashuvchi.

Tunni ham tun demasdan,

Tengsiz boʻlib turuvchi.

Ey yurtim oʻgʻlonlari,

Fidoyi insonlari.

Joningiz omon boʻlsin,

Siz tinchlik qalqonlari.

Yurtda tinchlik barhayot,

katta kichik bari shod.

Joni fido askarlar,

yurakda mangu hayot.

Askarlarga havasda,

Turgim keladi safda.

Boshlari omon boʻlsin,

Doim jonlari xavfda

Dildora RAJABOVA.

Vatanim

El aro hurmati oshgan,

Boyliklari toʻlib-toshgan.

Gullarga kon hur makonim –

Vatanim – Oʻzbekistonim!

 

Betakrordir gulbogʻlari,

Obod, soʻlim chorbogʻlari.

Yuragimda nur – irfonim –

Vatanim – Oʻzbekistonim!

 

Yayrab yashar barcha millat,

Ahil, totuv el-u elat.

Noz-neʼmatga boy xirmonim –

Jonajon Oʻzbekistonim!

 

Postda sobit oʻgʻlonlari,

Ular tinchlik qalqonlari.

Bagʻri obod yurt – qoʻrgʻonim –

Farovon Oʻzbekistonim!

Qunduz ALIBOYeVA,

3-sonli maktab oʻquvchisi.

askarlar

Himoya qilib yurtni,

Sergak doim askarlar.

Jon tikib asrar bizni,

Doim botir askarlar.

 

Chegarada turasiz,

Yoz-u qish va bahorda.

Kunni tunga ulaysiz,

Shom-u sahar, nahorda.

Shahzoda Joʻlliboyeva, 3-sonli maktab oʻquvchisi.

Yangi yil tilaklari

Yangi yilni barchamiz,

Kutamiz shod, baxtiyor.

Uy toʻrida archamiz,

Dilda orzular bisyor.

 

Davra ezgu tilaklarga,

Toʻlib-toshar ushbu dam.

Shijoatli yuraklarga,

Yoʻlamagay aslo gʻam.

 

Kulib, yayrab oʻynaymiz,

Qorboboni kutamiz.

Qoʻl ushlashib shod-xurram,

Yangi yilni kutamiz.

 

Doʻst-u yoron jam boʻlib,

Yaxshilarni eslaymiz.

Ahil-u birdam boʻlib,

Tinchlik kuyin kuylaymiz.

Zulfizar Oʻrozboyeva,

16-sonli maktab oʻquvchisi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026