OChIQ SUD MAJLISIDA YOʻL-TRANSPORT HODISASIGA DOIR ISh KOʻRILDI
Yoʻl harakati qoidalariga haydovchi bilan birga piyodalar ham amal qilishi kerak. Transport yoʻllaridagi harakat xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik natijasida har bir inson nafaqat oʻzi, balki atrofdagilar ham jabr koʻradi.
Shu yil 4-yanvar kuni Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi binosida oʻtkazilgan ochiq sud majlisida yoʻl-harakati qoidalariga amal qilmaslik oqibatida sodir boʻlgan ana shunday transport hodisasiga doir ish koʻrib chiqildi. Unda Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi masʼullari bilan birgalikda tuman prokurori yordamchisi A.Niyazimbetov, tuman IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi boshligʻi U.Abbasovlar qatnashishdi.
Sudda javobgarning oʻz nomida boʻlmagan avtotransport vositasini tumanimiz hududidagi yoʻllardan birida boshqarib borayotib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabr kungi 370-son qarori bilan tasdiqlanib, 2016-yil 1-mart kunidan amalga kiritilgan “Yoʻl harakati qoidalari”ning tegishli bandlari talablarini buzgan. Yoʻl harakati qoidalariga amal qilmagan haydovchi boshqaruvni yoʻqotib, asfalt yoʻlning qarama-qarshi tomonidagi ariqqa tushib ketgan va yoʻl transport hodisasini sodir boʻlgan. Transport vositasi ichidagi 2 nafar yoʻlovchi esa tan jarohati olgan va tuman Tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasiga koʻra, yoʻlovchilardan biriga “ogʻir” darajadagi tan jarohati, biriga esa “yengil” darajadagi tan jarohati yetkazilganligi tasdiqlangan.
Sud jarayonida gumon qilinuvchi va jabrlanuvchilarning soʻzlari eshitilib, prokurorning fikri tinglandi. Ish materiallari taqqoslanib, tekshirib chiqildi. Ish boʻyicha gumon qilinuvchi fuqaroga oid mazkur jinoyat ishi tomonlarning tegishli tartibda yarashganligi munosabati bilan ayblilik haqidagi masala hal qilinmasdan turib, harakatdan tugatildi.
S.Davletmurodov, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶