OGOHLIK MAVZUSIDA YIGʻILIShLAR OʻTKAZILDI
13-yanvar kuni Amudaryo tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabida yoshlarni terroristik va ektremistik tashkilotlar tuzogʻiga tushib qolishdan asrash maqsadida maktab rahbariyati va ichki ishlar boʻlimi hamkorligida yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda 2-sonli kasb-hunar maktabi oʻquvchilari, oʻqituvchilari tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari ishtirok etdilar. Yigʻilishni maktab direktori Muzaffar Qurbonboyev ochdi va hozirgi globallashuv jarayoni shiddat bilan kechayotgan vaqtda terrorizm tahdidlari tobora kuchayib borayotganligi, ular yoshlarning ongini zaharlab, oʻz safiga tortishga urinayotgani va bu maqsadi yoʻlida muqaddas islom dinimizni niqob qilib olayotganini aytib oʻtdi va yoshlarni ularning soxta aldovlariga uchmaslikni, diniy taʼlim olish istagida boʻlgan yoshlar respublikamizdagi rasman faoliyat yuritayotgan diniy muassasalardan olishi lozimligini taʼkidladi. Bu borada oʻquvchilarni ogoh etish, hushyorlikka chaqirish maqsadida ushbu yigʻilish oʻtkazilayotganini aytdi.
Shuningdek, yoshlar oʻqib bilim olishlari, kasb-hunar egallab, hayotda oʻz oʻrnini topishga erishishlari lozimligini, buning uchun yoshlarga barcha sharoitlar muhayyo ekanligini aytdi.
Tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimi Ulugʻbek Poʻlatov soʻzga chiqib, dunyoda tobora keng audatoriyani egallashga intilayotgan terrorizm va ekstremizm xavfi yurtimizdagi obod va farovon turmush tarzimizga, tinchlik-osoyishtaligimizga xavf solayotganini, yoshlar bundan ogoh boʻlishi, internet tarmogʻidagi norasmiy sayt va kanallardan foydalanmasligi, din niqobi ostidagi yashirin aldovlarga uchmasligi lozimligini tushuntirdi. Shuningdek, maʼruzachi kasb-hunar maktabi oʻquvchilarini yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, chuqur bilim olishga, kasb-hunarni puxta egallashga chaqirdi.
Shu kuni Mangʻit shahridagi 38-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham huddi shu mavzuda yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda maktab oʻqituvchilari, yuqori sinflar oʻquvchilari ishtirok etdilar. Tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimi Ulugʻbek Poʻlatov yigʻilganlarga oʻquvchi-yoshlarni ekstremistik, terroristik tashkilotlar xavfidan himoya qilish, tobora kuchayayotgan axborot xurujlaridan asrash mavzusida maʼruza qildi. Maʼruza yuzasidan oʻquvchilarning fikr va mulohazalari ham tinglandi.
Tadbirda taʼkidlanganidek, bugungi kunda mamlakatimizda hududida ham norasmiy saytlarga kirib, turli ekstremistik guruhlar tuzogʻiga tushib qolayotgan yoshlar afsuski, uchramoqda. Maʼruzachilar kelgusida buningdek holatlarning oldini olish uchun taʼlim muassasalari oʻqituvchilari oʻquvchilarning ota-onalari bilan mustahkam hamkorlikda ish olib borishlari, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga harakat qilishlari lozimligini taʼkidladi.
Jonli muloqot tarzida oʻtgan yigʻilish oʻquvchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶