Jayxun ilhomlari
Uzatilayotgan qizga
Ketmoqdasan uying taşlab,
Ota-onang közin yoşlab.
Taqdiringga şu yozilgan,
Muhr bölib xöp bosilgan.
Qanday erur yangi uying,
Şu haqdadir fikr-u öying.
Ketgaysan-yey taşlab tomir,
Eşilib yur, misli xamir.
Ortda qoldi erkaliging,
Ukanglarga serkaliging.
Kelin örni mudom pastda,
Öxşaydursan goh çöp-xasga.
Bekaçlaring bölsa agar,
Sinaşarlar har tong-sahar,
Tengdoşlardan olib ögit,
Töy keçasi kuyov yigit,
“Siz”ni qöyib, “sen” deyar,
“Xöjayining men” deyar.
Qaynonangda taʼna gap köp,
Topişmoqli maʼno gap köp.
Til uçida deydi: “qizim,
Ikki qilma aytgan sözim”.
Biz ham kelin bölganmiz, der,
Yaşnab hamda sölganmiz der.
Oson emas bölmoq maʼqul,
Kutgil doim, piçing, aql.
Qaynotang ham ğalat odam,
Aytganimda yöqdir xatom.
Goh-gohida aynib turar,
Daşnom berar, ham döq urar.
Xullas, kelin bölmoq qiyin,
Baʼzan bahong töqson tiyin.
Şu taxlitda kunlar ötib,
Jim yurolsang çiqqung yutib,
Unib-össang şudir baxting,
Onaliging – oltin taxting.
Ulğayişib soya bölar,
Suyanmoqqa qoya bölar.
Kökragingga tegar oftob,
Yurişarlar seni maqtab.
Orom olar asablaring,
Unutilib azoblaring.
Esda tutgil şuni zinhor,
Bunday qismat ayolda bor.
Şunday bölgan, qolar abad,
Oy ön beşi yoruğ, albat.
Nasihat şu: sabrli böl,
Tiling emas, yugursin qöl.
Erinmasdan etsang xizmat,
Topadursan har on izzat.
Maqtov, olqiş senikidir,
Quruq rahmat menikidir.
Saʼdulla XÖJANIYoZOV, faxriy jurnalist.
ARMONSIZ QIZ
(Uzatilayotgan qizga)
Dugona, döstiga sözi botmasa,
Işongan yoridan jafo totmasa,
Çiqoni bir kuni sirin sotmasa,
Armoni bormikan, şunday qizning ham?!
Etagin öpsalar gullar söqmoqda,
Yigitlar tölğonsa işqiy qiynoqda,
Aka toğdek tursa kerakli çoğda –
Armoni bormikan, şunday qizning ham!?
Töyida baxt tutsa iç-u taşini,
Onasi ardoqlab artsa yoşini,
Otaning köksiga qöysa boşini
Armoni bormikan, şunday qizning ham!?
Tezda keçirsalar bölsa xatosi,
Aylanib-örgilsa, singil – opasi,
“Özimning qizim!” deb tursa otasi,
Armoni bormikan, şunday qizning ham!?
Bahorda etsa gul sarmast dimoğin,
Yigitlar tuş körsa lola yonoğin,
Murabbiy onadek oçsa quçoğin,
Armoni bormikan, şunday qizning ham!?
Ona kabi bilsa,sevsa elini,
Xizmatga şay tursa sirib belini,
Momolar istasa qilmoq kelini,
Armoni bormikan, şunday qizning ham!?
Yo RABBIY! Jannatning mevasi – Udir!
Şeʼrimning ğaybona egasi – Udir!
Salomçining orzu-havasi – Udir!
Armoni bormikan, şunday qizning ham!?
Tursunboy ABDULLAYeV.
Yangi yil tongida
Yana mamlakatning bir tongi otdi,
Qança “xayr” ötdi, boşlandi “salom”.
Tiriklik şukriga qöşilar yana,
Tongda yaqinlardan kelgan har payğom.
“Omad olib kelsin yangi yilimiz”,
Uyğonar şu niyat bilan odamlar.
Har kimni şu tongda köngliga olgan,
Zafarlarga eltsin bosgan qadamlar.
Qanday el bölsa-da, ertasi porloq
Agar qöllasa yoş avlodlarini.
Marra biznikidir tarbiya qilsak
Yurtning Alpomiş-u Farhodlarini.
Xalqimiz soğligi bölsin mustahkam,
“Soğ tanda – soğ aql” deydilar axir,
Agarda kuç bilan aql birlaşsa,
Buyuk xalq qudrati böladi zohir.
Ravon yöl qadrini bilganlar uçun,
Aynan uşbu kundir şodlik ayyomi –
Töqson yildan keyin yana boşlandi,
Turksib yöllarining yangi davomi.
Köprik qurilmoqda daryoga jadal,
Rahbarlar bu işda körsatib sabot.
Şu sabab birlaşgan ikkala elning,
Hayoti böladi yanada obod.
Ezgu niyat bölsa hamma qalblarda
Qari-yoş – hammaning baxti kulajak.
Albatta, orzular amalga oşib,
Barimizni kutar porloq kelajak!
A.Nafasov.
ERTAKLARNI SOĞINIB
Esimda, bir paytlar dilkaş momolar,
Erinmay ğaroyib ertak aytardi.
Unda oşiq yorin, botir öz elin,
Yovlardan qutqarib, yengib qaytardi.
Behisob boyligin qizğongan xasis,
Saxiylar oldida mulzam bölardi.
Ezgulik parisi doimo ğolib,
Yosuman hasaddan kuyib ölardi.
Ertaklarni tinglab, yaxşilik tilab,
Ulğaydik, u damlar endi qaytmaydi.
Bolalar telefon öynab, momolar
Serialga işqiboz, ertak aytmaydi.
Ertaklar poklikka yetaklar edi,
Ne bilsak, barini rostiga yöydik.
Aqlimiz şunçalar özib ketdimi,
Neçun ertaklarga işonmay qöydik.
Tilagim, farzandlar Vatanni sevib,
Tohir kim, Zuhro kim, bilib yaşasin.
Ular har jabhada fidoyi bölib,
Botirlarga havas qilib yaşasin.
Uluğlar loqayd-u, boşqalar befarq
Bölavermay öylang ertangingizni.
Momolar, turli xil ermakni qöyib,
Bolalarga ayting, ertagingizni.
Örozali REYIMOV.
Duosini ol
Bu dunyo rohatin körayin desang,
El içra hurmatda yurayin desang.
Qaddingni tik tutib turayin desang,
Avvalo otangning duosini ol,
Keyinidan onangning rizosini ol!
Qulingni sotgin-u qul bölgin özing,
Hamişa xizmatin özing qil, özing.
Şirinsuxanlikda bölsin har sözing,
Avvalo otangning duosini ol,
Keyinidan onangning rizosini ol!
Bir parça etlikdan östirgan seni,
Dovuldan, şamoldan asragan seni.
Ne bir azoblarda östirgan seni,
Avvalo otangning duosini ol,
Keyinidan onangning rizosini ol!
Hademay qaytadi özingga bilsang,
Yaxşimi, yomonmi xizmatin qilsang.
Tanangga öylab kör, özingga kelsang,
Avvalo otangning duosini ol,
Keyinidan onangning rizosini ol!
Ey farzand! Hammasi Qodir Xudodan,
Bu sözlar merosdir, Odam Atodan.
Saqlanib yurgaysan har dam xatodan,
Avvalo otangning duosini ol,
Keyinidan onangning rizosini ol!
Farhod Avezov, Namuna MFY.
Qiş
Qişda keladi uyga,
Qorbobo mehmon bölib.
“Soğ bölinglar bolalar”,
Deydi Qorqizça kulib.
Çuğurlaşib köçada,
Qorböronlar öynaymiz.
Qiziqarli öyinlar,
Öynaşdan töxtamaymiz.
Iroda BAHROMOVA,
76-maktab öquvçisi.
Şukrona
Dildan şukur qilamiz,
Ozod, hur zamon uçun.
Quvonçlarga tölamiz.
Osuda osmon uçun!
Şunçalar baxtiyormiz,
Rizq-rözimiz butundir.
Halol mehnatga yormiz,
Dasturxonlar tökindir!
Fazilat YÖldOşeva, 22-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶