QIPChOQ PONTON KOʻPRIGIDA MAXSUS-TAKTIK OʻQUV MAShQI OʻTKAZILDI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi – Fuqaro muhofazasi boshligʻining shu yilgi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi aholisi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha 2020-yilda bajarilgan ishlar va 2021-yildagi asosiy vazifalar toʻgʻrisida”gi buyrugʻi talablariga asosan favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish boʻyicha aholi oʻrtasida tushuntirish-targʻibot tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.
Joriy yilning 20-fevral kuni “Amudaryo tumanida joylashgan toifalangan “Qipchoq Ponton koʻprigi” obʼektida favqulodda vaziyat sodir boʻlganda hamkorlikdagi kuch va vositalarning harakatlari” mavzusida maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi. Oʻquv mashqi tadbirida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari¬ – Shtab boshligʻi Baxtiyor Orazbayev, Qipchoq ponton koʻprigi boshligʻi Bahrom Xoʻjayev, Milliy gvardiya xodimlari, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimining fuqaro muhofazasi boʻyicha boʻlinmasi boshligʻi Begzod Tajiboyev hamda obʼektning oʻquv mashqi mavzusiga aloqador masʼul xodimlari ishtirok etdilar.
Dastlab tadbirning nazariy qismida seminar yigʻilishi tashkil etildi. Tuman hokimligida oʻtkazilgan ushbu seminar yigʻilishida Milliy gvardiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi boshligʻi Muxtor Yusupov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Azamat Arziyev, Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Mixail Aleksandrovich Li, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Gʻafurjon Uralov, tuman hokimi oʻrinbosari Jasur Norimovlar qatnashishdi.

Yigʻilishda tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda obʼekt rahbarlar tarkibi hamda fuqaro muhofazasi shaxsiy tarkibning toʻgʻri harakat qilish koʻnikmalarini takomillashtirish, boshqaruv organi va fuqaro muhofazasi shaxsiy tarkibini kechiktirib boʻlmaydigan avariya va qutqaruv ishlariga tayyorgarligini kuchaytirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tafsiloti haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, bu kabi tadbirlar favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda fuqaro muhofazasi shaxsiy tarkibining oʻz majburiyatlarini aniq, toʻgʻri bajarishini amaliyotda sinash, oʻrganish imkonini berishini hamda tumandagi fuqaro muhofazasi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlarini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida taʼkidlandi.
Shundan soʻng, amaliy oʻquv mashqlari oʻtkazildi. Oʻquv mashqiga «Qipchoq ponton koʻprigi» rahbariyati va obʼekt fuqaro muhofazasi tuzilmasidan 18 nafar, Milliy gvardiya xodimlaridan 47 nafar shaxsiy tarkib va 5 ta maxsus texnika jalb etildi. Shuningdek, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimidan 16 nafar shaxsiy tarkib va 2 ta yongʻin oʻchirish avtomashinasi, tez tibbiy yordam boʻlimidan 3 nafar xodim va 1 ta maxsus texnika, tuman Saintariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimidan 8 nafar kishi va 1 ta maxsus texnika, Elektr taʼminoti korxonasidan 6 nafar xodim va 1 ta maxsus texnika, “Hududgaz” korxonasi tuman filialidan 6 nafar xodim va 1 ta maxsus texnika, tuman Obodonlashtirish boshqarmasidan 21 nafar kishi va 2 ta maxsus texnikalar qatnashishi taʼminlandi.
Undan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan 17 nafar shaxsiy tarkib va 5 ta maxsus texnika, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mintaqaviy qutqaruv otryadidan 5 nafar shaxsiy tarkib va 1 ta maxsus texnikalar ham oʻquv mashqida ishtirok etdi.

Qipchoq ponton koʻprigida kutilmaganda turli avariyalar, yongʻin sodir boʻlganda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mintaqaviy qutqaruv otryadi, tuman Yongʻin-qutqaruv qismlari hamda Tez tibbiy yordam boʻlimi xodimlari tomonidan jabrlanganlarni qutqarish, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish va texnikalar yordamida hodisa oqibatlarini bartaraf etish choralari amalda koʻrsatib berildi.
Maxsus-taktik oʻquv mashqi yakunida masʼullar tomonidan ishtirokchilarning kamchiliklari koʻrsatilib, kelgusida bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻymasliklari toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, oʻquv mashqida faol ishtirok etgan korxona va tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi tomonidan tashakkurnomalar berildi.
B. Atadjanov, Milliy gvardiya KR KB 1-alohida otryadi komandiri.
B.Tajiboyev, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimining
fuqaro muhofazasi boʻyicha boʻlinmasi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶