MUDDATLI HARBIY XIZMATNI OʻTAB BOʻLGAN HARBIY XIZMATChILAR TEST SINOVLARIDAN OʻTIShDI
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar Vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi davlat Xavfsizlik xizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2020-yil 31-yanvar sanasidagi 3215-sonli “Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga muvofiq bunday tavsiyanomalar har yili muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik boʻyicha yuksak natijalarga erishgan, umumtaʼlim fanlari boʻyicha zaruriy bilim saviyasiga ega, namunali harbiy intizomini namoyon etgan eng munosib harbiy xizmatchilarga beriladi. Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab, test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan va OTMlarga kirish uchun tavsiyanomalarga ega boʻlgan harbiy xizmatchilar uchun qator imtiyozlar beriladi. Xususan, ular mamlakatimizdagi OTMlardagi tegishli taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda test sinovlari natijalariga koʻra, oʻzlari toʻplagan ballarining 50 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklidagi imtiyozga, shuningdek, Respublikadagi oliy taʼlim muassasalari (oliy harbiy taʼlim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun OTMlarga qabul parametrlaridan tashqari ajratiladigan koʻrsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega boʻladilar.
Shu bois , har yili fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflarida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari oʻtkaziladi. Ushbu test sinovlarida harbiy qismlarning barcha harbiy xizmatchilari ishtirok etish huquqiga ega boʻlib, sinovlar umumtaʼlim fanlari doirasida amalga oshiriladi.

Joriy yilning 15-fevral sanasida tumanimiz hududidagi chegara qoʻshinlari tarkibida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilar test sinovlarini topshirishdi.
Amudaryo muhandislik texnikumi binosida boʻlib oʻtgan test sinovlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat test markazining boʻlim bosh mutaxassisi Daulet Koshkinov va 9202 harbiy qism komandirining oʻrinbosari, podpolkovnik S.Toshmatovlar ishtirokida shaffoflik asosida oʻtkazildi.

Test sinovlarini boshlashdan oldin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat test markazining boʻlim bosh mutaxassisi Daulet Koshkinov ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida “Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish toʻgʻrisida”gi Nizom talablari, mavjud qonun-qoidalar xususida batafsil maʼlumot berdi.
Shu bilan birga, tavsiyanomalarni berish tartibi, umumtaʼlim fanlari, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik, harbiy xizmatchilarning shaxsiy intizomi, mantiqiy fikrlashi yuzasidan beriladigan ballar xususida zarur tushunchalar berib, barchaga muvaffaqiyat tiladi.
Qatʼiy harbiy intizom, ochiqlik va shaffoflik asosida oʻtkazilgan test sinovlari yuqoridagi Nizom talablari darajasida oʻtkazilib, har bir harbiy xizmatchi, albatta, oʻz bilim saviyasini, zakovatini namoyon etishga muvaffaq boʻldilar.


Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶