“HAR BIR YoShGA – BIR GEKTAR” LOYIHASI DOIRASIDA YoShLARGA YeR MAYDONLARI AJRATIB BERILDI
Keyingi yillarda yurtimizda ishsizlik muammosini hal etishga qaratilgan koʻpgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Yurtboshimiz topshirigʻiga asosan Prezident Xalq qabulxonalari boshchiligida joylarda sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari hamkorligida “Har bir yoshga – bir gektar” loyihasi doirasida yoshlarga yer ajratib berilib, bandligi taʼminlanmoqda.
12-fevral kuni tumanimizdagi “Bogʻ” mahallasi hududidagi “Erkin Rasulov” asalarichilik fermer xoʻjaligida yoshlarga yer taqsimlab berish boʻyicha tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda tuman hokimi S.Yoʻldashev, sektorlar rahbarlari, qishloq xoʻjaligi korxonalari masʼullari hamda 40 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda soʻzga chiqqan masʼullar davlatimiz rahbarining “Har bir yoshga – bir gektar” tashabbusi doirasida qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida ishlash istagi bor yoshlarga qulay ekin maydonlari ajratib berish, ularning agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish ishlariga koʻmaklashish koʻplab yoshlar bandligini taʼminlashda muhim omil boʻlishini taʼkidlashdi.
Endilikda yoshlar oʻzlari yashayotgan hududdagi fermer hoʻjaliklaridan ajratilgan yer maydonlarida poliz va sabzavot mahsulotlarini yetishtirib, oʻzlarining bandligini taʼminlaydi va oilasi daromadini oshirishga munosib hissasini qoʻshadi.
M.Shomurodov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶