MAJBURIYaTLARNI BAJARMAGANLIK UÇUN JAVOBGARLIK
Majburiyatlar şartnomadan, ziyon yetkaziş natijasida hamda qonunda körsatilgan boşqa asoslardan kelib çiqadi.
Özbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 234-moddasiga köra, majburiyat fuqarolik-huquqiy munosabat bölib, unga asosan bir şaxs (qarzdor) boşqa şaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oşirişga, çunonçi: mol-mulkni topşiriş, işni bajariş, xizmatlar körsatiş, pul tölaş va hokazo yoki muayyan harakatdan özini saqlaşga majbur böladi, kreditor esa, qarzdordan özining majburiyatlarini bajarişni talab qiliş huquqiga ega böladi.
Fuqarolik Kodeksining 341-moddasida majburiyat, uning lozim darajada bajarilişi bilan bekor bölişi nazarda tutilgan bölsa, uşbu Kodeksning 324-moddasida qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazilgan zararni tölaşi şartligi belgilangan.
Sud amaliyotida majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida buzilgan huquqlarni tiklaş böyiça manfaatdor şaxslar tomonidan kiritilgan daʼvolar köpçilikni taşkil etadi.
Jumladan, Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan «BO’STON CLUSTER» MÇJning fermer xöjaliklariga nisbatan 20 ta daʼvo arizalari töliq qanoatlantirilib, majburiyatlarni lozim darajda bajarmaganligi natijasida jami 1 143 469 977 söm asosiy qarz undiriş töğrisida hal qiluv qarori qabul qilingan.
Işlarni körişda nafaqat kreditor, balki qarzdorning ham manfaatlari inobatga olinişi lozim. Bu borada yana sud amaliyotiga murojaat etadigan bölsak, daʼvogar «UZAGROSERVIS» AJ javobgar «Azamat-Sarvar» fermer xöjaligiga nisbatan 12.183.400 söm asosiy qarz va 6.091.700 söm penya undiriş tuğrisidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Aniqlanişiça, «Törtköl Agroservis MTP» MÇJ va javobgar «Azamat-Sarvar» fermer xöjaligi örtasida 2018-yil 30-yanvar kuni qişloq xöjalik mahsulotlarini yetiştiruvçilarga xizmat körsatiş va mexanizatsiya yordamida işlar bajariş buyiça 88-sonli şartnoma tuzilgan. Unga köra, «Törtköl Agroservis MTP» MÇJ tomonidan javobgarga 12.183.400 söm miqdorida mexanizatsiya xizmatlari körsatilib, şartnoma majburiyatlari daʼvogar tomonidan bajarilgan bölsa ham, javobgar tomonidan körsatilgan xizmatlar uçun haq tölaş şu kunga qadar amalga oşirilmagan. Ammo, «Törtköl Agroservis MTP» MÇJ va «UZAGROSERVIS» AJ örtasida 2020-yil 22-may kuni talabtan boşqa şaxs foydasiga voz keçiş şartnomasi tuzilgan bölib, 2018-yil 30-yanvar kungi 88-sonli şartnoma buyiça vujudga kelgan javobgarning 12.183.400 söm qarzini talab qiliş huquqi daʼvogarga ötkazilgan.
Şuningdek şartnomaning 5.6-bandida taraflar körsatilgan xizmat (bajarilgan iş)lar, yetkazib berilgan moddiy-texnikaviy resurslar haqini öz vaqtida tölamaganlik uçun buyurtmaçi ijroçiga ötkazib yuborilgan har bir kun uçun tölov summasining 0,4 foizi miqdorida, biroq keçiktirilgan tölov summasining 50 foizidan ortiq bölmagan miqdorda penya tölaş haqida kelişilgan. Şu bois, daʼvogar tomonidan bajarilgan işlar uçun tölanmagan 12.183.400 söm iş haqini qaytariş hamda keçiktirilgan kunlar uçun 6.091.700 söm penyani 20 foizga yaʼni 1.218.340 sömga qanoatlantiriş töğrisida hal qiluv qarori qabul qilingan. Bu bilan penyaning undirilişi qarzdorning moddiy ahvoliga salbiy taʼsir körsatişi inobatga olindi.
Özbekiston Respublikasi Oliy xöjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uçun mulkiy javobgarlik töğrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qöllaşning ayrim masalalari haqida”gi 163-sonli Qarorining 4-bandida Fuqarolik kodeksining 326-moddasiga muvofiq sud qarzdor tomonidan majburiyatlarning bajariliş darajasini, majburiyatda iştirok etuvçi taraflarning mulkiy ahvolini, şuningdek kreditorning manfaatlarini eʼtiborga olib, neustoyka miqdorini kamaytirişga haqli deb belgilangan.
Mazkur qarorda qarzdor majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik bilan boğliq nizolarni qonuniy hal qilişga qaratilgan muhim tuşuntirişlar sudlarga berilgan.
Q.O.XOJAMURATOV, Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi.
B.T.BEKMURATOV, Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶