ŞIFOKORLIK – FIDOYILIK
Har bir inson öz orzu-umidlariga köra intilişdan töxtamasa, duç kelgan qiyinçiliklar, hayot zarbalaridan çekinmasa, kasb-kor, mutaxassislik egallab, ezgu niyatlar bilan eliga xizmat qilsa, mavqei yuksalib, hurmat-ehtiromga burkanadi.
Tuman Tibbiyot birlaşmasi köptarmoqli markaziy poliklinikasi pulmonolog şifokori Feruza Jumamurodova öz xizmatlari bilan elda eʼzoz topganlarning biri.
U quruvçi-muhandis Boltaboy Jumamurodov va umr böyi muallimlik qilgan Klara Hamroyevalar xonadonida voyaga yetgan yetti nafar farzandning biri. Uning tuğişganlaridan farqli şifokorlik kasbini tanlaşiga onasining onasi – momosi Poşşa Samandarova sababçi bölgan. Feruza maktabning yuqori sinflarida öqib yurgan kezlarida momosi astma kasalligidan köp aziyat çekkan, kunda-kunora borib, ğamxörlik qiladigan qiz momosining dard bilan olişib yotgan vaqtlarida “özim döxtir bölib sizni davolayman, körmaganday bölib ketasiz”, deya tasalli berardi. Biroq bunday baxt unga nasib etmadi...
Şu-şu uning könglida bemorlarga malham bölişdek niyat örnaşib qoldi. 1996-yil Toşkent Tibbiyot oliygohini bitirib kelib, Nukusda Respublika kasalxonasida internatura ötadi. 1997-yilning iyulidan beri tuman Tibbiyot birlaşmasining köp tarmoqli markaziy poliklinikasida işlamoqda.
Feruza Jumamurodovaning qabuliga kelgan bemorlarda avvalo uning iliq munosabatidan, masʼuliyat bilan tekşiruvlaridan könglida şifokor özini davolay olişiga işonç uyğonadi.
– Şifokor bemordan kasalligi kelib çiqişini erinmay sörab-suriştirib, asl sabablarini aniqlab, tekşiruvlari davomida işonç hosil qilib, keyin davo muolajalari buyuradi. Keyin buyurilgan dori-darmon haqida ham maʼlumot berib, ularni qabul qilsa, tuzalib ketişiga işontira olişi muhim, – deydi u öz faoliyati haqida.
Tajribali şifokor qabuliga har kuni 30-40 nafar bemorlar taşrif buyurişadi. Ularning ayrimlari holatiga köra, statsionar davolanişga yönaltirilsa, ayrimlari ambulator şaroitda, şifokor nazorati ostida muolajalar oladi.
Şifokorlik – fidoyilik deyişadi. Aslida ham şunday ekanligini xalqimiz ötgan yili, koronavirus pandemiyasi davrida juda yaqqol his qilişdi.
Feruza Jumamurodova ham kasbdoşlari qatori bemorlar bilan ilk muloqot qilib, soğayişlari yölida vaqt bilan hisoblaşmay mehnat qilganlarning biri.
– Rahbariyatimiz buning uçun barça şaroitlarni yaratib qöydi. Neça oy kasallik bilan kuraşib, bugungiday tinç kunlarga erişdik, – deydi u şukronalik bilan.
Koronavirus pandemiyasi hali köplab mamlakatlarni jiddiy qiyinçiliklarga solayotgan bir davrda yurtimizda uşbu kasallikka qarşi oqilona kuraş olib borilganligi va şifokorlarimizning fidoyi mehnatlari tufayli kasallik barvaqt jilovlanganligini xalqimiz aslo unutmaydi.
Bu yölda erkaklar bilan baravar mehnat qilgan Feruza singari tibbiyot sohasida işlayotgan ayol-qizlarga qançalar minnatdorçilik bildirsak ham kam. Ilohim, qöllaringiz dard körmagay, deb qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶