ShIFOKORLIK – FIDOYILIK DEGANI
Mamlakatimizda bugungi kunda zamonaviy tibbiyot rivoji uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Tibbiyot sohasini chinakamiga xalq dardiga darmon boʻladigan, yuqori samara bilan ishlaydigan tizimga aylantirish ustuvor vazifaga aylangan.
Men Toshkent Tibbiyot akademiyasida oʻqish va amaliyot mashgʻulotlari davomida ham, shifokorlik faoliyatim davomida ham buni chuqur his qilib kelayapman. 2004-2011-yillarda Toshkent Tibbiyot akademiyasida, 2011-2014-yillarda mazkur akademiyaning magistratura boʻlimida tahsil oldim va otolaringolog shifokor mutaxassisligiga ega boʻldim.
Tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli koʻp tarmoqli poliklinikada quloq, tomoq, burun kasalliklariga chalingan bolalar, bemorlarni qabul qilib, tekshirib, ularga davo muolajalari buyuraman, shuningdek, zarur hollarda markaziy kasalxonaning travmatologiya boʻlimidagi quloq, tomoq, burun kasalliklarini davolash xonasida davolab, sogʻlom hayotga qaytishlariga koʻmaklashaman. Markaziy kasalxonada quloq, tomoq, burun kasalliklariga aniq tashxis qoʻyish va samarali davolash, yuqori texnologiyali operatsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun barcha sharoitlar muhayyo. Men yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, bemorlar dardiga darmon boʻlishga intilmoqdaman.
Shifokorlik – oddiy kasb emas, balki fidoyilik degani. Chunki bemorni sinchiklab tekshirguncha, muolaja choralarini qoʻllab, uni sogʻlom hayotga qaytarguncha vaqt bilan hisoblashmay ishlashga toʻgʻri keladi. Albatta, dard iskanjasidagi bemorning shifokor muolajasi tufayli sogʻayib, koʻzlarida hayot uchqunlari porlashi bu – shifokor uchun eng ulugʻ mukofot.
Xalqimiz azal-azaldan odamlarni avvalo qaynoq mehri, shirin soʻzi bilan davolab kelayotgan tibbiyot xodimlarini hurmat qiladi, eʼzozlaydi.
Har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi Tibbiyot xodimlari kuni sifatida nishonlanishi davlatimizning bizning faoliyatimizga koʻrsatayotgan alohida eʼtibori ramzidir. Bu bizni xalqimiz sogʻligʻini saqlash yoʻlida yana ham samarali mehnat qilishga undayveradi.
Fursatdan foydalanib, soha xodimlarini kasb bayrami bilan qizgʻin qutlayman, ishlarida muvaffaqiyatlar tilayman!
Gʻayrat TOJIBOYeV, otolaringolog-shifokor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶