KARANTIN HALI BEKOR QILINGANI YÖQ, ÇUNKI VIRUS ORAMIZDA YuRIBDI
Respublikamizda koronavirus infektsiyasining oxirgi uç oy davomida qayd etiliş darajasi har yuz ming aholiga 02 foiz bölgan bölsa, oxirgi 4-5 kun içida bu körsatkiç 0,4 foizga kötarilgan. Epidemiologik tahlillar natijasida hozirgi kunga kelib Respublikamizda koronavirus bilan kasallaniş körsatkiçi sekin-asta ortib bormoqda.
Ötgan yili koronavirus pandemiyasi davrida umumiy kasallanişlar orasida bolalar uluşi 5-7 foiz bölsa, hozirgi kunda bu körsakiç 25 foizdan ortib ketgan. Şuning uçun ham Toşkent şahrining ayrim tumanlarida maktablar taʼlimi onlayn tartibiga ötkazilgan.
Respublika maxsus kamissiyasining qaroriga köra, joriy yilning 1-aprelidan boşlab aholi gavjum böladigan tadbirlarda biroz çeklovlar örnatilmoqda. Töyxonalarda töy ötkaziş va oilaviy marosimlarni ötkazişda 100 kişidan oşmaslik tartibi belgilandi. Kontsert, teatr va kinoteatrlarda karantin nazorati kuçaytirildi.
Şuni esda tutişimiz kerakki, karantin hali bekor qilingani yöq, eng muhim va birlamçi himoya usullari hali amalda.
Aholining asosiy qatlami, ayniqsa, yoşlarimiz karantin qoidalariga amal qilişni unutib qöyişdi. Vaholanki, koronavirus hali yonimizda yuribdi, şu sabab karantin qoidalariga rioya etgan holda, eng asosiysi – niqob taqib yuriş, antiseptik vositalardan foydalaniş, şaxsiy gigiyenaga rioya etiş, joylarda odamlar orasida masofani saqlaş va jamoat joylarida hamda jamoat transportlarida karantin qoidalariga amal qiliş zarur.
Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi va tuman tibbiyot birlaşmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş Vazirligining joriy yil 15-fevraldagi “Koronavirus infektsiyasiga qarşi ommaviy emlaş jarayonlariga tayyorgarlik köriş va ötkaziş töğrisida”gi buyruğiga asosan COVID-19 kasalligiga qarşi emlaşni taşkil qiliş va eslaş jarayonlarini nazoratga oliş ştabi tuzildi.
Tumanimizda ommaviy emlaş jarayonlarini ötkaziş maqsadida davolaş-profilaktika muassasalarida 23 ta emlaş brigadalari, şundan 10 tasi statsionar va 13 tasi mobil brigadalar taşkil qilindi.
Mazkur brigadalarga aholini COVID-19 kasallagiga qarşi sifatli va xavfsiz emlaşga tayyorgarlik jarayonini olib borişni taşkil etiş böyiça tuman Tibbiyot birlaşmasi hamda tuman SEO va JSBning mutaxassislari biriktirilgan. Emlaş işlariga jalb qilinadigan tibbiyot xodimlari örtasida seminar maşğulotlar ötkazilib, emlaş işlarini olib boriş tayyorgarlikdan ötkazildi.
2021-yil 17-mart kuni Respublikamizga birinçi partiya vaktsina kirib keldi. Vaktsinatsiya birinçi navbatda 65 yoşdan oşgan nuroniy qariyalarga, keyingi bosqiçda bemorlar bilan bevosita muloqotda böluvçi tibbiyot xodimlari (maxsus şifoxonalar tibbiyot xodimlari, tez tibbiy yordam xizmati va yuqumli kasalliklar şifoxonalari tibbiyot xodimlari) va jamoat joylarida xizmat körsatuvçi xodimlarga ketma-ketlikda emlaş ötkaziladi.
Karantin davrida aholi orasida koronavirus infektsiyasining oldini oliş böyiça tuman SEO va JS bölimi tomonidan profilaktik dezinfektsiya işlarini ötkaziş uçun dezinfektsiyalovçi moddalar va avtomaks asbob-anjomlari, xodimlar uçun maxsus himoya kiyimlari va antiseptik vositalari zaxirasi yaratildi kasallik öçoqlarida va öquv muassasalarida dezinfektsiya tadbirlari olib borilmoqda.
T.BABANIYoZOV, Amudaryo tumani SEO va JSB nazoratlarni muvofiqlaştiriş va maʼmuriy amaliyot bölimi mudiri. Oliy toifali sanitariya vraçi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶