NIKOHNI SUD TOMONIDAN BEKOR QILIŞ (AJRATIŞ) TARTIBINI BILASIZMI?
Nikoh — bu fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etiş organlarida (FHDYo) tuziladigan huquqiy birlikdir. Oila kodeksining 14-moddasiga köra, nikoh tuziş ixtiyoriydir va majbur qiliş taqiqlanadi. Nikoh yoşi erkaklar va ayollar uçun ön sakkiz yoş etib belgilanadi. Oila kodeksida nikohning tugatilişi va ajratiş tartibi belgilangan. Nikoh:
Er-xotindan birining vafoti yoki sud ulardan birini vafot etgan deb eʼlon qilişi oqibatida tugaydi.
Er-xotindan biri yoki har ikkalasining arizasiga muvofiq nikohdan ajratiş yöli bilan tugatiladi.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan er yoki xotinning vasiysi bergan arizaga muvofiq tugatilişi mumkin.
NIKOHDAN AJRATIŞ TARTIBI
Nikohdan ajratiş ikki xil tartibda amalga oşiriladi:
1. FHDYo organlari orqali ajratiş:
Oila kodeksining 42 va 43-moddalarida nazarda tutilgan quyidagi hollarda nikohdan ajratiş fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etiş organlarida (FHDYo) amalga oşiriladi:
Voyaga yetmagan bolalari bölmagan er-xotin nikohdan ajratişga özaro rozi bölsalar.
Agar er-xotindan biri sud tomonidan bedarak yöqolgan deb topilgan bölsa.
Agar er-xotindan biri sud tomonidan ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bölsa.
Agar er-xotindan biri sodir qilgan jinoyati uçun uç yildan kam bölmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bölsa.
2. Sud tartibida ajratiş:
Nikohdan ajratiş töğrisidagi işlar sud tomonidan Özbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida daʼvo işlarini hal qiliş uçun belgilangan tartibda körib çiqiladi.
SUD JARAYoNI VA YaRAŞTIRIŞ ÇORALARI
Sud işning körilişi jarayonida er-xotinga yaraşiş uçun olti oygaça muhlat tayinlaşga haqli. Bu muhlat nikohni saqlab qoliş uçun sönggi imkoniyat hisoblanadi.
Sud er-xotinga yaraşiş uçun muhlat tayinlab, işning körilişini keyinga qoldirgan taqdirda, quyidagilarni yozma ravişda xabardor qilişi kerak:
Er-xotinning birga yaşaş joyidagi fuqarolar yiğinining yaraştiriş komissiyasini.
Agar ular birga yaşamayotgan bölsa, har birining yaşaş joyidagi fuqarolar yiğinining yaraştiriş komissiyasini er-xotinni yaraştiriş böyiça tegişli çoralar köriş uçun uç kundan keçiktirmasdan.
Oila muqaddasligi bois, mahalla, oila va xotin-qizlar taşkilotlari, butun jamoatçilik tomonidan ajrim yoqasiga kelgan oilalarni tiklaş va yaraştiriş çoralari köriladi.
Oilani yaraştiriş va saqlab qoliş çoralari körilgandan keyin, Oila kodeksining 41-moddasiga köra, agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yaşaşiga va oilani saqlab qolişga imkoniyat yöq deb topsa, ularni nikohdan ajratadi.
Taʼkidlaş joizki, sudlar eng avvalo oila töğrisidagi qonunçilik vazifalaridan kelib çiqib, qonunda nazarda tutilgan hamda oilani mustahkamlaş, er-xotin va ularning bolalari huquqlari hamda qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan barça çoralarni körişlari lozim.
M. B. Qaypova, Fuqarolik işlar böyiça Amudaryo tuman sudining sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶