28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 16:53
Salomatlik 👁 262

OGOH BOʻLING, KOʻRINMAS YoV – KORONAVIRUS TOBORA FAOLLAShMOQDA, OʻZINGIZ VA YaQINLARINGIZ HAYoTINI XAVF-XATARGA QOʻYMANG!

OGOH BOʻLING, KOʻRINMAS YoV – KORONAVIRUS TOBORA FAOLLAShMOQDA, OʻZINGIZ VA YaQINLARINGIZ HAYoTINI XAVF-XATARGA QOʻYMANG!

Pandemiya tufayli kundalik turmush tarzimizga kiritilayotgan ayrim tartib qoidalar, birinchi galda, xalqimiz salomatligini muhofaza etishga, farovonligi va daxlsizligini taʼminlashga qaratilgani bilan oʻta muhim ahamiyatga ega. Negaki, inson sogʻ-salomat boʻlgandagina kelajakni koʻzlab qabul qilingan rejalar ijobiy amalga oshiriladi, jamiyatda taraqqiyot, rivojlanish boʻladi. Lekin soʻnggi paytlarda karantin qoidalari biroz yumshatilib, mamlakatimizda koronavirus infektsiyasi bilan zararlanish holatlari kamaygani koʻpchilikning nazarida endi bu kasallik chekinib, virus oramizdan butunlay ketganday tuyuldi va karantin qoidalariga amal qilishning oddiygina talablaridan biri – niqob taqishni ham unutib qoʻyishdi. Vaholanki, mart oyiga kelib nafaqat butun dunyoda, balki mamlakatimizda ham koronavirus bilan zararlanish boʻyicha koʻrsatkichlar yuqori darajada oshdi. Hatto bu borada oʻlim holatlarining ham kun sayin oshib borayotgani har bir insondan ehtiyodkorlik bilan harakat qilishni taqozo etmoqda.

Mamlakatimizda virus bilan zararlanish holatlari kunlik koʻrsatkichi joriy yilning aprel oyi birinchi oʻn kunligida oʻrtacha 100-200 nafarga yaqinlashganidan ayonki, xalqimiz sogʻligini xavf-xatardan asrash maqsadida joriy etilgan karantin qoidalariga amal qilish har birimizning zimmamizdagi masʼuliyatli vazifadir. Shu bois, 2021-yilning 8-aprel sanasida tumanimizga koronavirus infektsiyasining yangi shtammi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida Mangʻit dehqon bozori va bir necha toʻyxonalarda tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi, Ichki ishlar boʻlimi va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida qoʻshma reyd tadbiri oʻtkazildi.

Reyd davomida Mangʻit dehqon bozori hududida qator sotuvchi va haridorlarga karantin qoidalariga amal qilishlari, yaʼni niqobsiz koʻchaga chiqmaslik, ijtimoiy masofani saqlash, qoʻl berib va quchoq ochib salomlashmaslik hamda shahsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari kerakligi haqida tushuntirishlar olib borildi. Niqobsiz yurgan fuqarolarga niqob taqishning koronovirus infektsiyasidan saqlanishdagi ahamiyati, oʻzining va oila aʼzolarining salomatligiga beetibor boʻlmasligi hamda karantin qoidalarini buzganlik boʻyicha Nizomda belgilangan tartibda tegishli maʼmuriy jazoga tortilishlari toʻgʻrisida ogohlantirishlar berildi.

Toʻyhonalarda oʻtkazilgan reyd tadbirida toʻyhona egalariga 2021-yilning 1-aprelidan kuchga kirgan vaqtinchalik Nizomga koʻra, oʻtkaziladigan toʻy tadbirida fuqarolar soni 100 kishidan ortiq boʻlmasligi, tadbirga kelganlar niqobda boʻlishlari hamda toʻyhona ichkarisiga kirishdan oldin fuqarolarni nazoratdan oʻtkazish, yaʼni tana haroratini oʻlchash, qoʻllarni dezinfektsiyalovchi antitseptik vositalar bilan ishlov berish, tana harorati 37 daraja va undan yuqori boʻlgan fuqarolarni toʻy tadbiriga qoʻymaslik va bu holat yuzasidan tez tibbiy yordamga murojaat qilishlari, fuqarolarning shahsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari uchun qoʻl yuvish jihozlari, suyuq sovun va bir martalik qogʻoz solfetkalar bilan taʼminlanishi, ijtimoiy masofani saqlagan holda oʻrindiqlarni joylashtirishlari kerakligi toʻgʻrisida tavsiyalar berildi.

Albatta, masʼul tashkilotlar xodimlari ishtirokida amalga oshirilayotgan bu kabi nazorat tadbirlari orqali koronavirus infektsiyasini butunlay jilovlash birmuncha qiyin kechishi tabiiy. Eng asosiysi, bu borada har bir insonning shaxsiy tashabbusi va hatti-harakati muhim ahamiyatga ega. Shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilib, ishda, jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlagan holda antiseptik vositalardan muntazam foydalanish orqali biz koʻrinmas dushmanni yenga olamiz. Shuning uchun xalqimizdan qatʼiy iltimos qilamiz, mamlakatimizda joriy etilgan yuqoridagi vaqtinchalik cheklovlarni toʻgʻri qabul qilib, iloji boricha, zarurat boʻlmasa koʻchaga chiqmaslikni, joriy etilgan karantin qoidalariga qatʼiy amal qilishlarini soʻraymiz.

Qadrli yurtdoshlar! Ogoh boʻling, virusning yanada faollashib borayotganini unutmang, koʻrinmas yov oramizda yuribdi. Oʻzingizni va yaqinlaringiz hayotini xavf-xatarga qoʻymang!

Tuman SEO va jamoat salomatligi boʻlimi,

Milliy gvardiya hamda tuman IIB.

Robiya YOʻLDOShEVA, www.amunews.uz muxbiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026