OʻZ FARZANDIGA BOLGʻA, PIChOQ BILAN JAROHAT YeTKAZGAN AYoLGA HUKM OʻQILDI
Yaratganning ulugʻ neʼmati – dunyoga keltirgan farzandini oq yuvib-oq tarab voyaga yetkazish, ilm-maʼrifatli, odobli qilib tarbiyalash har bir ota-onaning muqaddas burchidir.
Afsuski keyingi yillarda bu masʼuliyatga yengil qarab, farzandlari jismini, koʻnglini jarohatlayotganlar ham uchramoqda.
Tumanimizning chekka ovullaridan birida istiqomat qiluvchi Halima (ism oʻzgartirildi) ham shundaylar sirasiga mansub ekanligini oʻz harakatlari bilan oshkor etdi.
U turmush oʻrtogʻi “sen bilan yashamayman, menga senday ayol kerak emas”, deb uyidan onasikiniga ketib qolganiga jahl qilib, alam ustida oʻz yashash xonadonida besh yashar voyaga yetmagan qizining bosh qismiga bir necha marta bolgʻa bilan urgan. Soʻng qoʻliga pichoq olib bosh va oʻng barmoq qismlariga bir necha marta qasddan urib, qizaloqqa ogʻir shikast yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan tayinlangan sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga koʻra, qizaloqda boshning jarohati, bosh miya yopiq jarohati, miya siljishi, bosh suyagi oʻyilgan jarohati, boʻyin orqa tomon suyaklari sinishi, peshona jarohati, oʻng qoʻl 3-4 barmoqlar sinishi, oʻng qoʻl 4-barmoqning tirnogʻi tushishi, boʻyinning orqa tomoni shilingan jarohatlari aniqlangan.
Tuman Tibbiyot birlashmasi shifokorlarining koʻrsatgan tibbiy yordamlari tufayli qizaloq omon qoldi. Biroq onasi yetkazgan bu azoblarni unuta olarmikan? Unga yana ona deya olarmikan?
Yaqinda Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudida ana shu jinoyatni sodir etgan berahm ayolning ishi muhokama etildi. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlanayotgan ayolga qilmishiga yarasha jazo tayinlandi.
S.DAVLETMURODOV, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶