30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 13:30
Jamiyat 👁 394

Pochchasini pichoqlagan amudaryolik fuqaro 7-yilga qamaldi

Pochchasini pichoqlagan amudaryolik fuqaro 7-yilga qamaldi

Mamlakatimiz sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida sudlar bilan xalq oʻrtasidagi buyurokratik toʻsiqlarga barham berilayotgani bugun oʻzining ijobiy samarasini koʻrsatmoqda. Koʻplab jinoiy, maʼmuriy ishlar bevosita xalq vakillari ishtirokida, ochiq, xolis va shaffoflik tamoyili asosida koʻrib chiqilayotgani bois, xalqimizning sud idoralariga ishonchi tobora ortib bormoqda.

Joriy yilning 11-dekabr sanasida Amudaryo tumani ixtisoslashtirilgan maktabi binosida boʻlib oʻtgan jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining ochiq sayyor sud majlisi ham ishtirokchilar tomonidan xolislik, ochiqlik va oshkoralik asosida oʻtkazilgani qayd etildi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Asqar Safarov raisligida, sudya yordamchisi Fazilat Yuldasheva va Fazilat Eshmanovalarning kotibligida, davlat ayblovchisi, Amudaryo tuman prokurorining yordamchisi Sanjar Abdullayevlar va sudlanuvchining advokati Oʻrinboy Oʻrazmetovlar ishtirokida oʻtgan sayyor sud majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 2-qismi “v” va “l”, yaʼni qasddan badanga shikast yetkazish bandlari boʻyicha aybdor deb topilgan shaxs Maʼmur Samandarov (ism-shariflar oʻzgartirildi)ga oid jinoyat ishi koʻrib chiqildi.

Ochiq sayyor sud majlisida bayon qilinishicha, sudlanuvchi Maʼmur Samandarov oʻzining oldindan mavjud boʻlgan qasdi, yaʼni 2023-yilning mart oyida Amudaryo tumanining mahallalaridan birida yashovchi tugʻishgan opasi Gulsara Samandarovani turmush oʻrtogʻi Ilhom Jumaboyev oilaviy kelishmovchiliklar tufayli urib, tan-jarohati yetkazgani sababli, pochchasidan qasd olish maqsadida yashash uyidan oshxona pichogʻini olib uning uyiga borgan va qaynisining oldiga chiqib kelgan Ilhom Jumaboyevning tanasining turli joylariga qoʻlidagi oshxona pichogʻi bilan bir necha marta urib, qasddan tan-jarohati yetkazgan va hodisa joyidan qochib, yashiringan.

Ilhom Jumaboyev tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimiga olib borilib, birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan. Tibbiyot birlashmasining 2023-yil 20-iyun kungi tibbiy maʼlumotnomasida jabrlanuvchi Ilhom Jumaboyevga “koʻkrak qafasi, qorin old devori sanchilgan jarohati, oʻng tomon chov sohasi sanchilib-kesilgan jarohati, ikkala bilaklari koʻplab sanchilib-kesilgan jarohatlari, posttravmatik, postgemorragik shok 2-3-darajasi” tashxisi qoʻyilgan.

Jabrlanuvchi Ilhom Jumaboyevga nisbatan tayinlangan sudga oid tibbiy ekspertizaning 330-sonli xulosasida, unga “oʻng yelka, ikkala bilaklari, koʻkrak qafasi oʻng tomoni, qorin old devori va chov soxalarida koʻplab sanchilib-kesilgan jarohatlari, jarohatdan soʻng qon ketishdan keyingi shokning 2-3-darajasi, arterial bosimning va pulsning pasayishi, oʻng bilagi qoʻyib yuboruvchi terisining falaji va tan-jarohatlari sanchilib kesuvchi buyum, yaʼni pichoq taʼsirida yetkazilgan jarohatlar tashhisi qoʻyilgan. Barcha hodisa tafsilotlari bir-birining vaqtiga toʻgʻri kelishi hamda yetkazilgan jarohatlar hayot uchun xavfli boʻlgan ogʻir tan-jarohatlari guruhiga kirishi koʻrsatilgan.

Oshkoralik, ochiqlik va shaffoflik asosida boʻlib oʻtgan ochiq sayyor sud majlisida guvohlarning koʻrsatmalari tinglanib, tibbiy ekspertiza xulosalari va sudlanuvchi qarshisiga toʻplangan dalillar atroflicha muhokama etildi.

Sud tomonidan sudlanuvchi Maʼmur Samandarovga jazo tayinlashda uning aybiga toʻliq iqror boʻlganini, qilmishidan pushaymon boʻlgani, hali yosh ekanligini jazosini yengillashtiruvchi holatlar deb, jinoyatda jazosini ogʻirlashtiruvchi holatlar yoʻq, deb hisoblab, 7-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ravshan BAHROMOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026