16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 01:47
Jamiyat 👁 311

11 nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazgan ona “Vafo va sadoqat” medali bilan taqdirlandi

11 nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazgan ona “Vafo va sadoqat” medali bilan taqdirlandi

Bugungi tinch va osoyishta zamonamiz, dorilomon kunlar uchun necha-necha ajdodlarimiz oromi va halovatidan kechib, mehnat qilganlar. Millionlab ota-bobolarimiz yurt tinchligi yoʻlida qon toʻkib, jang maydonlarida tinchlik yoʻlida jonlarini fido qilganlar. Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi tiklanish yillari ajdodlarimiz uchun ana shunday sinovli davrlar boʻldi. Aynan oʻsha mashʼum urush paytida – 1941-yilda dunyoga kelgan Toʻlgʻanoy Daoʻletbayeva ham zamondoshlari qatori koʻp qiyinchiliklarni boshidan kechirdi.

U uzoq yillar mobaynida Qangli ovulida jamoa xoʻjaligi ishchisi sifatida mehnat qildi. Turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda 11 nafar farzandni Vatan koriga yaraydigan munosib farzandlar qilib tarbiyalab voyaga yetkazdi. Bugungi kunda onaxonning  farzandlari turli sohalarda Vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qilib, yurt farovonligi uchun oʻz hissalarini qoʻshib kelmoqdalar.

Yurtmizda Toʻlgʻanoy ona singari qahramon ayollar qoʻplab topiladi. Ular doimo hurmat va eʼtiborda eʼzozda. Ayniqsa, butun mamlakatimiz boʻylab koʻtarinki ruhda oʻtkazilayotgan “Keksalar haftaligi”da ularning yillar davomida qilagan mehnatlari, barkamol farzandlarni tarbyalab voyaga yetkazishdagi fidoiyliklari yana bir bor eʼtirof etilmoqda.

Yaqinda Amudaryo tumanining Qangʻli ovulida joylashgan 29-sonli umumtaʼlim maktabda  boʻlib oʻtgan “Uch avlod uchrashuvi” da Toʻlgʻanoy onaning faxriy vatanparvar farzandlarni voyaga yetkazgani, bugungi kunda keksa onaxonning 5 nafar farzandi harbiy sohalarda fidokorona mehnat qilib kelayotganligi sababli onaxon Oʻzbekiston “Veteran” jangchi faxriy va nogironlari birlashmasi tomonidan mukofotlandi. Keksa onaxonga “Vafo va sadoqat” medali tantanali tarzda topshirildi.

Boʻlib oʻtgan mazkur uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xodimlari, Afgʻon urushi qatnashchilari, bir guruh nuroniylar, faol yoshlar ishtirok etishdi.

Onaxon keksalar uchun koʻrastilayotgan bu kabi eʼtibor hech bir mamlakatda topilmasligini, jannatmakon yurtimizda inson qadri har narsadan ustun turishini mamnuniyat bilan taʼkidlab, “Vafo va sadoqat” medaliga munosib koʻrilgani uchun oʻzining chuqur minnatdorligini bildiridi. Shuningdek, Vatanga xizmat qilish eng oliy saodat ekanligini, hayotda vatanparvar boʻlib yashash uchun avvalo ona vatanni sevish lozimligini aytib oʻtdi.

Uchrashuvda soʻzga chiqqan keksa onaxonning zamondoshlari uning uzoq yillar mobaynida jamoa xoʻjaligida oddiy ishchi sifatida mehnat qilib, turmush oʻrtogʻi bevaqt vafot etgan boʻlsa ham 11 nafar farzandni halol mehnatlari bilan tarbiyalab, barkamol inson qilib voyaga yetkazganini eʼtirof etishdi.

Shuningdek, nuroniylar urush vaqti va undan keyingi tiklanish yillaridagi qiyinchiliklar, xalqning mashaqqatli hayoti, bevaqt olamdan koʻz yumgan necha minglab mard oʻzbek oʻgʻlonlarining porloq xotiralari yodga olindi.

Shuningdek, tadbirda Afgʻon urushida ishtirok etgan baynalminal jangchilar ham ishtirok etib, urush dahshatlari, tinchlikning qadri haqida hayotiy hikoyalarini ishtirokchilar bilan baham koʻrdilar.

Amudaryo tumanidan 13 nafar yigit afgʻon zaminida oʻz xizmat burchlarini ado etishgan. 9-yil-u 2 oy davom etgan bu urushdan omon qaytganlarning biri oyogʻi yo qoʻlini, yana biri yarim jonini begona yurt tuprogʻini yovdan ozod etish uchun boʻlgan qaqshatqich jang maydonlariga tashlab qaytdi.

Yoshi ulugʻlar tadbirda ishtirok etayotgan yoshlarga oltindan qimmat nasihatlar, pand-u oʻgitlar berishdi. Yoshlarning kasb-hunar egallashi, yuksak marralarni zabt etishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo ekanligi taʼkidlab, ilm, kasb-hunar sirlarini puxta egallashga daʼvat qilishdi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, qahramon boʻlish uchun faqatgina jang maydonlarida mardonavor jang qilish shart emas. Vatanimiz dovrugʻini koʻkalarga koʻtaradigan, turli sohalarda fidoiylarcha mehnat qilib, uning taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan yosh avlodni tarbiyalash ham haqiqiy qahramonlikdir.

“Vafo va sadoqat” medali bilan taqdirlangan Toʻlgʻanoy ona Daoʻletbayeva ham ana shunday qahramon ayol, fidoyilik, vafo va sadoqat timsolidir.

Tuman hokimligining Axborot xizmti

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019