12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 21:29
Adabiyot 👁 357

MIRZANING SOVFASI (mutoyiba)

MIRZANING SOVFASI (mutoyiba)

Ertaga Yangiboy akaning tuğilgan kuni. Öğillari, qizlari nevaralari bilan kelib, har safar uyni töyxonaga aylantirib yuborişadi. Bir-ikki kun oldindan tadorik boşlanadi. Yangiboy aka ğayratga kirib, meva-çeva, qovun-tarvuzlarning saralaridan topib keltiradi, kampirini ham: “hamma narsang tayyormi, şira-şarbatdan nimalar olding, nima yetmaydi, ayt?” – deb qistagani-qistagan. Boşqa paytda uyda nima xarajatning bori-yöği bilan işi bölmaydigan odam tuğilgan kunini nişonlaşda hammani hovliqtiradi.

Özi ham bir söraganini yana qayta sörayverib, taraddudlanib yuradi. Birovning uyiga mehmonga borganda izzatni sevgan odam öz uyingda ham  mehmonga xizmat qilişni örniga qöymoğing kerak axir! Nomardşumşukning işi özga joyda izzat tilab, öz uyingga mehmon kelganda pisib ötirmoq!

– “Lazer” guruçing bormi? Paxta yoği-çi? Paxta yoğining palovi mazali böladi-da, aytaveradilar, kungaboqar yoği yaxşi deb, bekor gap, yaxşilab qizdirilsa, paxta yoğiga keladigani yöq! Palovga qöy göşti olib keldim. Dimlamaga tovuqni ertaga söyib beraman, oşköklar bormi?..

Çolining qiliqlarini yaxşi bilgan kampiri kelinlariga köz qisib, imo bilan yölga solib turadi. Özi ham şoşilayotgan kişi bölib harakat qilmasa, “mukofot” olişini, kelinlari yonida izza bölib qolişini biladi. Bir odam qisinganda qisinmagan, şoşilganda şoşilmagan odamdan yomoni yöq, har holda Yangiboy akaning qoidasi şunday. Bir soat-yarim soat şunday şoşiltirib, işlar joyiga tuşganday bölgaç, tamom, bu yoğiga “qöylarni qirga yoyi-i-i-b” yuraveradi.

Şunday taraddudlar bilan kun peşindan oğdi.

– Kampir, bi..ir çoy damla, qolganini yana köraveramizda, – deb supaga çiqişga şaylanayotganda Mirza maşinasini dolongaça bostirib kelib qoldi. Yangiboy aka hayron böldi. Mirza maşinadan tuşib, yukxonani oçdi va qiçqirdi:

– Assalomu alaykum, Yangaka, tuğilgan kuningiz bilan tabriklaymiz! Baxtimizga köp yaşab, soğ-salomat böli-ib yuravergaysiz Xudoyim!

Yukxonaga zörğa bir amallab siğdirilgan katta gilamni tuşirişga unnayverdi. Yangiboy akaning hayronligi quvonçga aylandi; kim ham sevinmaydi dösting katta gilam sovğa qilayotgan bölsa, garçi hozirgi zamonda sovğa degan bir qarz bölsa ham... Xudo yetkazsa qaytariladida, şu kungi obröni ayting-a! Uyga kiritmasdan eşikning yonboşida tiklab qöyadi – har kelgan odam körib ötsin sovğani! Şunday dösti borligini bilsinlar!

Yangiboy aka şunday uçqur xayollar bilan yordamga şoşilayotgan edi, kiçik öğli kelib qoldi.

Mirza ikkovi gilamning  buklamini yozib, ikki uçidan kötarişgan edi, örtasi yerga tegadigan. Yugurib borib gilamning örtasidan özi kötardi. Supadan ötib, içkariga kiritmoqçi bölib yönalganlarida Yangiboy aka: “şu yerga qöying, şu yerga”, – deb ularni töxtatdi, yoydirib, gulini taşqariga qaratib öratdi va ikki tavaqali zşikning yoniga tikka qöydirdi.  Naq şipga tegib turdida öziyam!

Quçoqlaşib söraşdilar. Yangiboy aka Mirzaga gal bermay rahmat aytar:

– Seni ukam desam, kamlik qiladi, sen öğlimsan, öğlimdan ham ziyodsan, – deb alqardi. – Suv obke! Mirza akangning qölini yuvdir! – deb nevaralarini şoşirardi.

– Yaxşi, hali yana bor edi, – deb Mirza maşinasining öng tomon old eşigini oçib, bir narsalarni oldi.

Qirğovullar! Yoşligida ovçilikka xiylagina qiziqib, şuğullangan Yangiboy akaning quvonçining çeki yöq, taʼriflaşga söz yöq! Ikkita xöroz qirğovulni ikki qölida tutib kötardi, kampiriga, kelinlariga köz-köz qildi:

– Qaranglar-a, qaranglar, suylin, suylin! – Uning yoş bolalarça şodonligi nevaralariga ham yuqqan, qirğovullarni uşlab körgilari kelib, atrofini örab olib, qiy-çuv qilişadi, kelinlar ham xursand, kampiri ham.

– Xayrulla! Bu yoqqa ke, mana bularning ikkovini ham tozala. Ertaga mehmonlar nasib etganini yeyveradi, xarajat köp, bugun suylunlarni özimiz yeymiz, Xudo xohlasa, eşitdingmi, kampir, özing mazali qöllaring bilan bi-ir dimlama qil!

– Yaxşi, xöp böladi, – deb kampiri ham çolining quvonçiga şerikligini bildirdi.

Yangiboy aka Mirzani holi-joniga qöymay supaga – yuqoriga sudradi.

– Xöp, maşinani nariroqqa qöyib kelay, – desa ham qöyib yubormadi, bu quv bola meni aldab ketib qoladi, deb öylaydi-da, özi ham tomoği taqillab, bahona topolmay turgan edi, zör böldi-da!

– Maşinangning kalitini ber, ana Xayrulla çiqarib qöyadi.  Sen bu yoqqa öt. Ham öğlimsan, ham jöramsan, bilasan-ku hamma bilan ham taʼbim olişavermaydi, seni dim ruyim suyadi, – deb Mirzaga gapirişga ham gal bermay bidirladi.

– Qölingni ham şu yerga kelib yuvdirişadi, mening qizçalarimga ham savob kerak-ku, töğrimi? Savobning kattasi mehmonning qölini yuvdiriş va çaydirişda, der edi qariyalarimiz. Qani, qizlar, lagan, qumğon olib keling, Mirza akangning qölini yuvdiring!

 – Menam sizni akam deb yuribman axir, Yangaka! Qança erkalik qilsak, hazillaşsak kötarasiz, şuning uçun nerga borsak, siz bilan borgimiz keladi, gurunglaringizni yaxşi köramiz-da, Yangaka! – dedi Mirza ham  uning mulozamatlariga javoban.

Axir birov himmat körsatib tursa, sen bezrayib turaversang insofdan emas-da.

Ikkovi biri “uçirib”, biri “tuşirib”, qirğovul dimlama bilan “Qoratov”ni  zabt etib, kunning botganini ham  sezmay qolişdi.

– Endi men boray, Yangaka, ertaga ham kelaverayinmi? – deb Yangiboy akaga savol taşladi boşqalarga köz qisib qöyib.

– Ha? Sen kelmay, kim keladi, qiziq ekansan-a, har kim har vaqtda kelib yurmasin deb, ertaga soat  beşga qöydik, hammadan oldin  kelib şu yerda mehmon kutib, xizmatlarga boş bölib yur, men orqayin ötirayin, yangi tuğilgan böpaday bölib, xöpmi!   

– Xöp, xöp! Qança xizmat bölsa bizdan, aka!

– Kampir, beri kel, Mirza inimga, ha, öğlimga bitta çiroyli köylak olib çiq. Anovi korobkasi özidan qimmat qaʼda köylakdan emas, zöridan obke! Qarasang-a, şunday katta gilam kötarib kelibdi! Suylinlarni aytmaysanmi! Töyida qaytsin, özimning yaxşi körgan jöram, axir! Obke tez!

Yangiboy akaning quvonçi içiga siğmas, Mirzaboy jörasiga qanday minnatdorçilik loyiq bölişini bilolmayotganday edi... Köylakni Mirzaning qöliga berib, fotihaga qöl oçdi; uzundan-uzoq duoni marjon tizganday qilib tiladi, “zormanda”ning kayfi uni şoirga ham aylantirib yuborgan edi. Maşinasiga mindirib, ertaga vaqtli kelişini yana bir bora tayinlab, kuzatib qoldi.

Ertasiga Mirza hammadan oldin keldi. Körişayotib kaftidagi pulni Yangiboy akaning kaftiga “yopiştirdi”.

– Bu ne? Keça keltirding-ku sovğani, böldi-da...

– Ey-y, olavering-da, sizga qança sovğa qilsak ham oz, olavering, – deb kulib Mirza qöyarda-qöymay, pulni oldirdi. – Men qozonboşda bölaman, oşpazlarga qaraşib.

– Yaxşi, ular ham hozir kelişdi. Şu yoqdagilarga boş bölib özing hammasini “regulirovka” qilib yur unday bölsa...

Oradan bir soatlar çamasi vaqt ötib mehmonlar kela boşlaşdi. Yangiboy aka ularni kutib, söraşib ötirganida qizlardan biri: Saʼdulla akamlar keldi, – deb xabar berdi.

Saʼdulla – katta öğli, içki işlar xodimi, bunday oilaviy tadbirlarga birda kelsa, birda kelolmaydi, ularning işi şunday, hukumat odami, elaştirmaysan, omon bölsinlar, işqilib.

Yangiboy aka taşqariga çiqib, kelini bilan söraşdi, nevaralarini birma-bir bağriga bosib körişdi.

– Nega keça kelmadinglar? – deb dovlaşdi öğli bilan körişayotib. – Qani, kel supaga, fotiha qilaylik. Hammalari tabriklab, kiçkintoylari otasining tizzasiga ötirib erkalanar ekan, bittasi eşik yonida tikka turgan gilamni surib yubordi. Gilam devor yoqalab yiqildi.

– Buni ne, bu yerda qöyibsizlar? Içkariga kiritib qöyavermaysizlarmi? – söradi Saʼdulla.

– Qara, qalingina, yumşoqqina! Yursang, töpiğinggaça singasan-da, bunda. Keça Mirza akang keltirgan ekan! Şu yerda turibdi-da, kiritarmiz.

– Ha-ya, keça kelmoqçi bölib turganimizda qönğirotliklar bilan qöşma maşğulot böladi, degan xabar kelib qoldi. Dökon oldida Mirza akamni körib qoldim-da, şundan berib yubora qolay, dedim. Çunki men kelolamanmi, kelolmaymanmi, keliningizni bilan bolalarni biror maşina bilan yuborsam, bu ham xalaqit berib yurmasin, dedim-da. Özim bugun  qistovli keldim. Bilaman, telefonda tabriklasam koyiysiz, mehmonlarni kutib olib, çoy içib dam olgunlariça Sizni tabriklab kelayin dedim. Tezroq ketmasam bölmas.

– Ha-a, bu gilamni sen berib yuboribmiding Mirzaga?!

– Hovva, – dedi öğli otasining ovozidagi ohangni xursandçilikka yöyib, – Qönğirotlik kursdoş döstim ikkita qirğovul ham olib kelgan ekan. Şularni ham berib yubordim Mirza akamdan. Obkelgandir, şuni pişirişsin, men ham döstimning sovğasidan totib ketayin, nasib bölsa.

– Suylinlarni ham sen berding-mi?!

– Hovva, men berdim, – dedi Saʼdulla otasining gapi ohanglariga hayron bölib, tuşunolmay.  – Nima bölibdi, ayb iş qilibmanmi, qisinmang, döstim brakoner emas, tört yildan beri uyida qirğovul yetiştiradi.

Yangiboy aka Saʼdullaning keyingi gaplariga parvo qilmas, Mirzaning “işi”ga qoyil qolib boş çayqar, “aytaman-ov, ikki marta sovğa beradigan Mirza bormi senga”, deb özini koyir, öziga-özi: hovliqib öl, Yangiboy, unga gap ham bermay jöbalading-a, hamişa şunday qilib “tuşasan”, – der edi içida.

Mirzaning ğolibona tirjaygan qiyofasi köz oldiga kelib, har safar undan yengilganida, xotinining “yaxşi böpti, ajab böpti”, deya lab burib kulişlarini tasavvur qilib,  badtar qovrilar: “hay yaxşi,.. hay yaxşi!..” – deb jilmayib takrorlardi, xolos.

Tursunboy ABDULLAYeV.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026