Yosh oilalar uchun uy-joylar
OʻzA, A.Ortiqboyev, 02.07.2014 14:34
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotan
islohotlar jarayonida jamiyatning asosiy boʻgʻini boʻlgan yosh oilalarni har
tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ular uchun munosib turmush sharoiti yaratishga
alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Davlatimiz rahbarining
joriy yil 6-fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat
siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qarori hamda «Sogʻlom bola yili» Davlat dasturida ham ushbu yoʻnalishdagi
muhim vazifalar belgilangan boʻlib, ular izchillik bilan amalga
oshirilmoqda.
Ushbu qaror va dastur asosida Qoraqalpogʻiston
Respublikasining Ellikqalʼa, Beruniy, Xoʻjayli va Amudaryo tumanlarida yosh
oilalar uchun koʻpqavatli uylar qurilmoqda. "Kamolot” shaharchasi, deb
nomlanayotgan mavzelar ayni paytda ulkan bunyodkorlik maydoniga aylangan.
–
Yoshlar uchun yangi uylar qurilishi jadal surʼatda olib borilmoqda, – deydi
"Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpogʻiston Respublikasi kengashi
raisi Joʻldasboy Abdujamilov. – Barcha qulayliklarga ega bu uylar yosh
oilalar uchun maxsus loyiha asosida bunyod etilmoqda. Ular yosh oilalarga
tijorat banklari tomonidan 5 foizli imtiyozli kredit asosida beriladi.
"Kamolot"
shaharchasida turar-joylar bilan birga, ijtimoiy soha obʼektlari qurilishi
ham jadal amalga oshirilayotir. Shuningdek, bolalar sport maydonchalari,
maktabgacha taʼlim muassasasi bunyod etiladi.
(Foto - http://kun.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶