“Soğlom hayot” dasturi doirasida tarğibot tadbiri ötkazildi
Joriy yilning 5-iyul kuni Amudaryo tumani Istirohat boğida tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi, tuman tibbiyot birlaşmasi hamda içki işlar bölimi hamkorligida soğlom turmuş tarzini keng tatbiq etiş va ommaviy sportni yanada rivojlantiriş maqsadida “Soğlom hayot” dasturi doirasida tarğibot tadbiri ötkazildi.
«Soğlom ayol — buyuk kelajak» ğoyasini özida mujassam etgan tadbir xotin-qizlar örtasida soğlom turmuş tarzini mustahkamlaş, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy tarzda şuğullanişga jalb qiliş maqsadida ayol-qizlar iştirokida soğlomlaştiriş maşqlarini bajariş bilan boşlandi.
Tadbirda tuman Mahalla va oilani qöllab quvvatlaş bölimi boşliğining birinçi örinbosari Muqaddas Beknazarova, tuman tibbiyot birlaşmasi Aholi soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş va jismoniy faolligini oşiriş bölimi mudiri - Jumaboy Yavkaşev, bölim şifokori - Tamara Saidova, narkolog şifokor – Sardor Madaminov, tuman tibbiyot birlaşmasi taşkiliy bölim şifokori Karim Sobirov, Gulzor mahallasi oilaviy şifokori Mehri Husainova, tuman içki işlar bölimi boşliğining huquqbuzarliklar profilaktikasi böyiça örinbosari Baxtiyor Örazovlar iştirok etdilar.
Tadbirda taʼkidlanganidek, mamlakatimizda koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşiş borasida qator qonun hujjatlari, jumladan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Soğlom turmuş tarzini keng tatbiq etiş va ommaviy sportni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni imzolandi. Mazkur farmon bilan jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam şuğullaniş hamda soğlom turmuş tarzi böyiça hayotiy könikmalarni şakllantiriş orqali har bir fuqaroda kasallikka qarşi kuçli immun tizimi paydo bölişini taʼminlaş, zararli odatlardan voz keçiş, töğri ovqatlaniş tamoyillariga amal qiliş kabi köplab çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Şuningdek, tadbirda şifokorlar aholining soğlom ovqatlanişga bölgan ehtiyojlarini qondirişni taʼminlaydigan şart-şaroitlar yaratiş zarurligini, tarkibida tuz, qand va yoğ miqdori köp bölgan hamda xamirli taom va şirinliklarni, non mahsulotlarini isteʼmol qilişni qisqartiriş lozimligini, zararli odatlardan, xususan, alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilişdan voz keçiş yöli bilan kasallikka çaliniş, ortiqça vazn holatlari (semizlik) va bevaqt vafot etişni kamaytiriş mumkinlini qayd etdilar.
Qolaversa, aholi örtasida soğlom ovqatlaniş madaniyatini keng tarğib qiliş, şu jumladan, tartibsiz va keçki uyqu oldidan ovqatlaniş odatlaridan voz keçiş soğlom turmuş tarzining asoslaridan biri ekanligi taʼkidlandi.
Şu bilan birga aholi örtasida, ayniqsa, oilalar, mahallalar, maktabgaça taʼlim va umumtaʼlim muassasalarida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilişini soğlom turmuş tarzining ajralmas qismi sifatida tarğib qiliş eng asosiy vazifalardan biri etib belgilandi.
Tadbirda barça taʼlim-tarbiya maskanlarida, korxona, taşkilot va boşqa turdagi barça muassasalarda jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullaniş uçun barça şart-şaroitlar yaratiş lozimligi kabi masalalar yuzasidan maʼruzalar qilindi.
Gavhar Çimbayçiyeva, tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boş mutaxassisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶