YoShLARNI OT SPORTIGA QIZIQTIRISh MAQSADIDA TADBIR OʻTKAZILDI
Yurtimizda ot sportini rivojlantirish, ushbu sport turini yoshlar orasida ommalashtirish va ot sporti boʻyicha turli musobaqalarni tashkil etish kabilarga alohida eʼtibor qaratila boshladi. Bu borada Prezidentimizning “Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yaqinda tumanimiz yoshlarini ham ot sportiga qiziqtirish va ushbu sport turini rivojlantirish maqsadida Bolalar va oʻsmirlar sport maktabida sportchi-yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Tuman Turizm va sport boʻlimi, Milliy gvardiya qoʻriqlash boʻlimi, DXX chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism masʼullari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirda ot sporti tarixi haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Ot sportida asosan toʻsiqlardan sakrash, ot yoʻrttirish, uchkurash turlari boʻyicha mahoratga ega boʻlish kerakligi, milliy ot sportining xalqaro maydonlarda dovrugʻini oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari, Xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, vatanimiz shaʼnini munosib himoya qilishga harakat qilish lozimligi tushuntirildi.
Tadbirda DXX chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismga qarashli xizmat oti va iti ishtirokida tryuklari koʻrsatib berildi. Yosh sportchilarni qiziqtirgan savollarga toʻliq javoblar berilib, faol ishtirok etgan yoshlarga faxriy yorliqlar taqdim etildi.
M. Shomurodov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶