29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 20:02
Siyosat 👁 2,236

Bir ajoyib zamon keldi…

Bir ajoyib zamon keldi…

Mangʻitda Jumaniyoz usta nomi bilan mashhur boʻlgan otam yogʻochsoz edi, qoʻli doim ishda, tilidan shukronasi tushmaydigan odam edi. Oʻsha zamonlarda ham hunarli xor boʻlmas ekan-da, bizning tirikchiligimiz boshqalarnikidan ancha yaxshi edi. Shuning uchunmi, uyimizga zarurat bilan keluvchilar koʻp boʻlar, otam ham, onam ham hech ogʻrinmay borini oʻrtaga qoʻyardi.

Urushdan oldingi yillarda otam Mangʻitning hozirgi tennis maydonchasi joylashgan hududga yaqin yerda uch xonali joy qurib, buyra toʻshab boshpanasizlar yotib-turib yurishi uchun eshigini ochib qoʻydi. Qishda molimiz uchun gʻamlagan oʻtimiz ham shu yerda turar, bir xonasida shu atrofdagi kishilar yigʻilishib nomoz oʻqirdi.

Xuddi hozirgiday koʻz oʻngimda: 1941-yil boshlari edi. Mangʻit arna boʻyida (hozirgi Gurlan koʻchasining arna boʻyi tarafida) joylashgan hovlimizga bir kuni uch-toʻrt militsiya xodimlari kelib, ustaxonasida ishlayotgan otamning qoʻliga kishan solib olib ketishdi. Yigʻlab "otamni olib ketmang” deb baqirib, choponining etagiga osilib olsam, otam xotirjam ovozda "yigʻlama, qizim, nasib qilsa kechqurunga qolmay kelaman”, dedi.

Onam ikkalamiz kuni boʻyi tuz totmadik. Kechqurun akalarimning ishdan, otamning tergovdan qaytib kelgani chinakam bayram boʻlib ketdi.

Otamning aytishicha, oʻsha boshpanasizlar uchun solgan imoratini kimdir "Masjid qurdi” deya "organ”ga yetkazibdi.

Tergovchi otamdan "xudoga ishonasizmi, nomoz oʻqiysizmi”, deb soʻraganda ha, deb javob bergan ekan. Hademay otamni "quloq” qilishdi. Bor-budimizni tortib olib, katta hovlimizning bir xonasinigina onam ikkimizga yashash uchun qoldirishdi. Uch akam urushga ketib, ikki mushtipar yolgʻiz qolgan kunlarimizda boshimizdan ne bir uqubatlar oʻtmadi. Tezak terib oʻchoqqa yoqib, choʻgʻiga non pishirardik. Non pishadi-da kulga bulgʻanib chiqadi. Uni suvda yuvib yeganmiz.

Hozirgi zamon shunday hur zamon boʻldi-ki, oʻng tarafga qarasang ham, chap tarafga qarasang ham koʻzing quvnab ketadi. Biri-biridan obod uylar, yoʻllar, tinch-xotirjam, ertagi kunidan koʻngli toʻq odamlar... nima ish qilaman desang imkon eshiklari ochiq. Xudoyim bu kunlar boqiy boʻlsin! Yurtni ogʻir iqtisodiy qiyinchiliklardan, tahlikali kunlardan toʻgʻri yoʻl topib, yorugʻ kunlarga olib chiqqan Yurtboshimiz omon boʻlsin, - deya duo qilaman ertayu kech.

Jumagul JUMANIYoZOVA,

mehnat faxriysi, "Olmazor" mahallasi.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026