AHDI VA ŞAHDI BALAND YoŞ FERMER
Qişloqda tuğilib-ösgani uçunmi, Samadjon qaysi işga qöl ursa, uddasidan çiqadigan, uddaburon bola bölib voyaga yetdi. Umumtaʼlim maktabida öqib yurgan kezlaridayoq vaqtdan unumli foydalanişga, har bir işni reja asosida bajarişga odatlangan Samadjon öqişdan böş vaqtlarida ota-onasiga tomorqa işlarida yaqin kömakdoş böldi. Ayniqsa, otasi Xolboy oğa “Samad SXA” fermer xöjaligini taşkil etganida özida yöq quvondi. Bu paytda Nukus Davlat Pedagogika institutida tahsil olayotgan Samadjonning bir oyoği ovulda bölib qoldi. U to institutni tamomlagunça öqişdan böş vaqtlarida otasi rahbarlik qilayotgan fermer xöjaligi dalalarida opa-akalari, xöjalik işçilari bilan bab-baravar mehnat qildi.
Qiziqişlari ustun keldimi, har qalay, institutni tugatib, “Samad SXA” fermer xöjaligi iş boşqaruvçisi sifatida ilk mehnat faoliyatini boşlagan Samadjon Xidirboyev bir yil davomida fermer xöjaligi faoliyatiga oid iqtisodiy-moliyaviy asoslarni puxta özlaştirdi. Natijada 2014-yilda pensiyaga çiqqan otasi Xolboy oğa Xidirboyev fermer xöjaligini Samadjonga işonç bilan topşirdi. Mana, sakkiz yildirki, Samadjon “Xidirboyev Samad” fermer xöjaligini mohirlik bilan boşqarib kelmoqda. U fermerlik faoliyatini boşlagan 2014-yildayoq pilla yetiştiriş rejasi 115 foizga, 2015-yilda bu körsatkiç 118 foizga uddalandi. Faqat 2014-2015 qişloq xöjalik yilida “Xidirboyev Samad” fermer xöjaligida yillik daromad 210 mln. sömni taşkil etib, 68 mln. söm sof daromad olindi.
Oradan uç yil ötib, 2017-yilda yoş va taşabbuskor fermer Samadjon Xidirboyev Toşkent şahrida ötkazilgan Özbekiston yoş fermerlarining 1-Respublika forumida faol iştirok etib, diplom bilan taqdirlandi. Anʼanaviy ravişda har yili taşkil etiladigan “Taşabbus” körik-tanlovining faol iştirokçisi bölgan Samadjon Xidirboyev 2018-yilda “Yilning eng faol yoş mutaxassisi” respublika körik-tanlovining tuman bosqiçida “Eng yoş fermer” nominatsiyasi sovrindori, mazkur körik-tanlovning Respublika bosqiçida esa “Yilning eng faol yoş fermeri” yönalişi böyiça 1-örin sohibi böldi va 1-darajali diplom, qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi.
Xalqimiz “Mehnat qilgan elda aziz”, – deya ardoqlaydi öz fidoyi farzandlarini. Samadjon ham yoş bölişiga qaramay, özining işbilarmonligi, elparvarligi bilan ovuldoşlari hurmatiga, eʼtiboriga sazovor bölganlardan.
Ayni paytda fermer xöjaligida 60 nafar kişi doimiy iş bilan taʼminlangan. Joriy dehqonçilik yilida 56 gektar yerga paxta ekkan xöjalik dehqonlarining közlagan marralari yuksak. Har gektar hisobiga hosildorlikni 40 tsentnerga, umumiy paxta xirmonini 224 tonnaga yetkazişga ahd qilişgan. 2021-yilgi pilla topşiriş rejasini esa 102 foizga uddalaşdi.
Xöjalikda nafaqat paxta, ğallaçilik va pillaçilik, balki ertagi hamda kuzgi sabzavot va poliz ekinlari yetiştirişga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Şu bois, xöjalik işçilarining moddiy manfaatdorligi ham yuqori. Xöjalik işçilariga yil davomida har bir oila hisobiga 400 kg.dan kartoşka, 250 kg. piyoz, 350 kg. sabzi va turli mevalar berilişi yölga qöyilgan.
– Işçilarimiz mehnatiga yaraşa haqlarini ham olişlari kerak, hayotlaridan rozi bölib yaşaşmasa, qilayotgan işida unum bölmaydi, – deydi Samadjon Xidirboyev. – Xöjaligimiz işçilari mening qöl-qanotlarim.
Ayni kunlarda xöjalik dalalarida joriy dehqonçilik yilining ikkinçi hosili – buğdoy örim-yiğimi ham nihoyasiga yetgan. Xöjalikning bu yilgi ğalla xirmoni ham yuksalib, 50 tonna qirmizi don yiğiştirib olindi, omborlar donga töldi. Yoş fermerning esa şahdi ham, ahdi ham baland. Biz Samadjon Xidirboyevga kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etişida omadlar yor bölişini tilaymiz.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶