28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:28
Adabiyot 👁 274

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Karantinda

Salomatlik – tuman boylikdir,

Sogʻlom odam xush chiroylikdir.

Sogʻligingiz himoya qiling,

Karantinga rioya qiling.

 

Toza boʻlsin yuz-u qoʻlimiz,

Toza boʻlsin niyat, dilimiz,

Oydin boʻlar shunda yoʻlimiz,

Sogʻligingiz himoya qiling,

Karantinga rioya qiling.

 

Kurash bilan tirikdir inson,

Hayot oʻzi sinov – imtihon,

Kerak qatʼiy tartib-intizom,

Sogʻligingiz himoya qiling,

Karantinga rioya qiling.

 

Mashaqqatning rohati boʻlar,

Quvonchning vaqt-soati boʻlar,

Poʻlat Juman baxtingiz tilar,

Sogʻligingiz himoya qiling,

Karantinga rioya qiling.

Poʻlat Xudoyberganov,

faxriy jurnalist.

 

Kelajakdan umid

Yetim bilar ota-ona qadrini,

Farzand ne, biladi tirnoqqa zorlar,

Biz bilan qoʻshilib, birga tilaydi,

Jonga jon payvandlar ham doʻst-u yorlar.

Xudoyim bergandan koʻnglim toʻlibdi,

Shukur, farzandlarim baxtli boʻlibdi!

 

Dunyoning gʻalvasi turlidan turli,

Kim dunyo yigʻadi,kim shon deb yonar,

Ilm olgan oʻzadi – bezab umrni

“Ezgu fikr, amal, yaxshi soʻz qolar” –

Donolardan olib taʼlim-u saboq,

Oʻgʻlim olim boʻlar zoʻr, inshaalloh!

 

Soya-nur, oq-qora – olam mos-u zid,

Odamzod ham shunday: orif yo johil,

Koʻp tilagi koʻldir, Allohdan umid:

Umri, rizqi, tolei but, xulqi asil –

Oʻgʻlim koʻngli qorday sof, oq boʻladi,

Inshaalloh, umri gul, bogʻ boʻladi!

 

Mehr-u oqibatga begona boʻlib,

Odam boʻlmay oʻtar baʼzi insonlar,

Ular keldi nima, kelmadi nima –

Qurtcha, qumursqacha boʻlmagan jonlar.

Oʻgʻlim qalbi mehr, nurga toʻladi,

Inshaalloh, Inson – Odam boʻladi!

 

Yigit-qiz kamolga,boʻyga yetadi,

Alloh Oʻzi sevib ravo koʻrgan chogʻ,

YaNGI Oʻzbekiston barpo  etadi!

Shodlik, baxtga boʻlib yana bu dargoh

Toʻyxona boʻladi – mehmon toʻladi,

Inshaalloh, shunda hamma birga boʻladi!

   Tursunboy Abdullayev.

 

SOGʻINCh

Xavotirlar bilan oʻtgan kunim aytsin,

Uyqu bilmay bedor oʻtgan tunim aytsin,

Har biringning yoʻllaringda tentiragan,

Orom bilmas, oʻzni demas yurak aytsin –

OʻZI uchun yasholmagan shirin jonim!

 

Kelarmu, deb yoʻl qaragan koʻzim aytsin,

Sogʻinchlarda azoblangan dilim aytsin.

Boraversam, malol boʻlsa kuyovlarga,

Deya, hadik bilan oʻtgan kunim aytsin.

Farzandlarim – yogʻdu sochgan oftoblarim!

 

Onajonim, endi bildim ahvolingni,

Kecha-kunduz yoʻlga qarab zorligingni.

Mana bugun yoshim oʻtib, ulgʻayganda,

Sening ahvolingga tushib turibman-da.

Sogʻinchlarin aytolmagan onajonim!

 

Nolimayman, farzandlarim atrofimda

Axir endi har birining uyi bor-da.

Shukr qilay Allohimga, hech kamim yoʻq,

Faqatgina yurt sogʻinchi oʻrtamoqda –

Ota-onam hoki yotgan ona yurtim.

 

Singillarim, qarindosh-u doʻst-yorlarim,

Shuncha yillar yetaklashgan kasbdoshlarim.

Hech boʻlmasa kira qoling tushlarimga,

Suhbatlashib, tarqab ketsin gʻuborlarim.

Faqat endi xayollarga qoldi kunim...

 

Shukur qilay, chet eldamas, yurtimdaman,

Bir ming bir yuz kilometr nima degan,

Bir qadam-ku, deyishadi farzandlarim,

Ular qaydan bilsin mening sogʻinchlarim?

Tuprogʻingni koʻzga surtay ona yurtim –

Amudaryom, kindik qonim tomgan elim!

Jumagul Yunusova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026