Gazeta – hayotim bölagi
Oliygohni tugatganimdan keyingi ilk iş faoliyatimni men uçun aziz dargoh - "Amudaryo haqiqati” gazetasi tahririyatidan boşladim. Oliygohda öqiş davomida olgan bilimlarimni bu dargohdagi ustozlarim Allambergan aka Jumaniyozov, Xonimjon opa Rajabova, Saʼdulla aka Xöjaniyozov, Robiya opa Yöldoşeva, Oygul opa Rajabovalardan tajriba örganib, yanada boyitişga, ularga munosib şogird bölişga harakat qildim. Vaholanki, ustozlarimning har biri öziga xos iş uslubi, yetuk tajriba, mahorat maktabiga ega iqtidorli, el oldida öz nomi bilan tanilgan jurnalistlar edi. Şu örinda taʼkidlaşim joizki, Allambergan aka Jumaniyozovdan taşabbuskorlik, Xonimjon opa Rajabovadan kuzatuvçanlik, dadillik, Saʼdulla aka Xöjaniyozovdan talabçanlik, mulohazakorlik, Robiya opa Yöldoşevadan jöşqinlik, samimiylik, Oygul opa Rajabovadan esa vazminlik, intiluvçanlik kabi xislatlarni, eng muhimi, ularning har biridan fidoyilikni örgandim.
Tahririyatda iş boşlagan yillarim gazeta hayotida öziga xos davr böldi. Çunki şu yillarda bu yerdagi jurnalistlar taşabbusi bilan gazeta çop etişning eski bosma usulidan yangi texnologiyalar asosida, yaʼni kompyuterda sahifalaşga ötila boşlagandi. Dastlab gazetaning bayram sonlari, keyinçalik Allambergan aka Jumaniyozov taşabbusi hamda jurnalistlar jamoasining ijodiy qöllab-quvvatlaşi bilan "Yulduz" hissadorlik jamiyati muassisligida taşkil etilgan "Hamroz” gazetasi ham kompyuter yordamida tayyorlandi. U paytlarda tahririyatda kompyuter bölmaganligi sababli markazga, Nukus şahridagi "Nukus poligrafkombinati” MÇJga borib işlaşga töğri kelardi. Bu öz örnida ança maşaqqat, qiyinçilik tuğdirsa ham biz jurnalistlar gazetani sifatli tayyorlab, obunaçilarga öz vaqtida yetkazib berişga harakat qilardik. Zero, har bir sonni tayyorlaş jurnalistlardan juda katta matonat, mehnat talab qilar edi. Albatta, gazetani yillar davomida muxlislar nazaridan qoldirmaslikka harakat qiliş ham oz mehnat evaziga kelmaydi.
"Amudaryo haqiqati”ning "Taraqqiyot közgusi”ga aylanişi, uning şu kunga qadar yetib kelişida tumanimizdagi har bir jurnalistning maşaqqatli mehnati, sabr-u bardoşi, matonati, hissasi bor. Öz örnida men ham mana şunday şarafli işda jurnalist sifatida iştirok etganligimdan faxrlanaman.
Tahririyatda men ilk iş faoliyatimni boşladim va öziga xos hayot tarzini – xalq uçun, Vatan uçun, jamiyat uçun fidokor bölişni örgandim hamda öz yölimni topdim. Şu bois, tahririyatni, gazetani hayotimning bir bölagi deb bilaman va qadrlayman.
Ozoda Xudoyberganova,
jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶