Jayxun ilhomlari
Istiqlol tengdoşlariga
Öttiz yil – bu hali navqiron davr,
Har murod najoti – ğayrat va sabr,
Topib jahon içra martaba, qadr,
Yutuq, marralardan abadiy faxr,
YaNGI Özbekiston bunyod etib şod -
Farovon Vatanda yaşang, yoş avlod!
Korruptsiya, pora – eng xavfli xatar,
Qonun hamma uçun bir xil – barobar,
Şuur va sadoqat aylab safarbar,
Xalqqa xizmat qilsin Davlat, amaldor!
Bölsin “Mustaqillik-huquqdir!” şior,
Uçinçi Renessans SIZGA daxldor!
Beşta taşabbusda mujassam hayot,
Vasiylik, mehrdan yetimlar ham şod,
Izzatda ilm ahli, ham ahli ijod.
Mahallalar obod, qişloqlar obod,
Yaşaymiz bağringda ozod, farovon,
YaNGI Özbekiston, jon Özbekiston!
Yurtboşini tutar yaqin yoş-qari,
Şamolga sovrulmas aytgan gaplari,
Bitar kambağallik, ğarib saflari,
“Temir daftar” emas – najot daftari!
Vatanda barçaning taqdiri tutaş,
Hammamiz baxtiyor bölamiz, yurtdoş!
Dunyo – töfonlarda qalqigan kema,
Tinçlik,omonlikka kelmas heç nima,
Öttiz yil – bu hali bir muqaddima,
Çöli, sahrosi ham koni – xazina,
Barçamizniki bu Vatan, bu Quyoş,
Yurtni yaşnatuvçi – Özingsan, Yurtdoş!
Tursunboy Abdullayev.
Biz fidoyi farzandlar
Şunday kuçli davlat quramiz,
Sarhadingda sobit turamiz.
Özbekiston, onajon Vatan,
Biz fidoyi farzand bölamiz.
Dunyo içra topgan dunyoyim,
Vatanimni asra, Xudoyim.
Çarçamayman aslo yumuşdan,
Xizmatga şay turaman doim.
Kezganimda çamanzor aro,
Yurakkinam quvonçga tölar.
Ketgim kelmas gullarni taşlab,
Bu gözallik menga kuç berar.
Tilagim şu, heç qaysi inson,
Vatanidan ayro bölmasin.
Baxt istagan baxtga yetgaydir,
Közlar aslo yoşga tölmasin.
Şunday kuçli davlat quramiz,
Biz fidoyi farzand bölamiz.
Tomirlarda ajdodlar qoni,
Biz munosib dilband bölamiz.
Dildora RAJABOVA.
Gullar
Yozning çillasida rang-barang gullar,
Öziga rom etar ifori bilan.
Husniga mahliyo bölgança dillar,
Çamanlar bağriga oşiqar har dam.
Poyida maysalar egilib turar,
Bulbullar kuy bitar gullar madhiga.
Barglarini silab tonggi sabolar,
Ajib jarang berar gullar bazmiga.
Yorqinoy KENJABOYeVA,
11-sonli maktab öquvçisi.
ONAMGA
Kulgiçlar örnida ajin çiziği,
Darddanmas, onajon, baxtdan naʼşida.
Oyday yuzingizda dona xol yangliğ,
Sizga yaraşmoq-çun umrim baxşida.
Bilaman: ğururman dadam uçun men,
Singlimga andoza – ibrat köziman.
Ukam köksidagi orning qalqoni,
Onajon, Siz uçun yoruğ yuzdirman!
Umida Yerdoşeva,
Özbekiston Davlat Jahon tillari
Universiteti talabasi.
Hur özbekiston
(Mustaqillikning 30 yilligiga bağişlayman)
Ota-ona, Vatan – bir butun,
Bular mening hayot çiroğim.
Burçimiz Vatanni asramoq bu kun,
Tinçlik-ahillikni unutmang bir zum.
Zavq olaman men, samodan, nurdan,
Ona tabiatdan, quyoş va yerdan.
Yurtim, deb yugurgan barça yaxşidan,
Xalqini kuylagan şoir, baxşidan.
Odamlar, oqlaylik Vatan işonçin,
Barq urib yaşnasin hur Özbekiston.
Şunda körajakmiz xalqim quvonçin,
Rozi bölsa odamlar hayot, baxtidan.
Nafratim, özaro hurmatsizlikdan,
Tabiatga xiyonat şafqatsizlikdan.
Qarşiman har doim yovuz uruşga,
Bunga loqayd qarab turişga.
Çorasizman men, bevaqt ölimga,
Hayotda notinç ötgan kunimga.
Nafratim, vijdonsiz haromxörlarga,
Heç qaçon yeb töymas poraxörlarga.
Zavq olaman men mustaqillikdan,
Ozodlik-obodlik, tinçlik-şodlikdan.
Bu Vatan hamişa gullab-yaşnasin,
Avlodimiz olğa qadam taşlasin!
Erkin ISMOILOV,
Xizr eli MFY.
Mustaqil Vatan
Qafasdan uçib çiqqan kabutar kabi,
Ozodlikka erişgan jonajon Vatan.
Parvoz qil, misoli Humo quş kabi,
Boşingni quçgaydir bepoyon osmon.
Bağringda yaşaydi neça millatlar,
Şoir öğlonlaring bitadi doston.
Dostonlar jaranggi turfa tillarda,
Madhing dunyolarga yetgaydir Vatan!
Husningga yaraşgan çeksiz dalalar,
Xalqing saodatli, döst va qadrdon,
Poylaringni öpib oqqan daryolar,
Hayot buloğingdir Vatan, jonajon!
Siyosating uluğ – inson mukarram,
Mukarram azaliy qadriyatlar ham.
Har zarra tuproğing közlarga ziyo,
Yurakka malhamdir onajon - Vatan.
Tursunoy ÖROZBOYeVA.
Qutluğ ayyom
Sözlarim qöşiqqa ulanar bu kun,
Içimga siğmaydi hayajonlarim,
Qöşiqqa aylanar dildagi sözim,
Vatanim, muborak mustaqilliging.
Hiyobon, köçalar bezandi bu kun,
Xuddi kelinçakdek közimga yaqin,
Qizlar qöşiğida borsan, Vatanim,
Men seni kuylayman, Özbekistonim.
Qayerga qaramay, obod köçalar,
Binolar savlatin turibdi tökib.
Ravon bu yöllarda manzillar yaqin,
Men seni sevaman, jonim Vatanim.
Bu qanday diyorki - tört fasl takror,
Qaytib kelaverar yoz, kuz, qiş, bahor...
Qutluğ ayyomingda mangu senga yor,
Sodiq Zuhra qizing bitadi aşʼor!
Zuhra AHMEDOVA.
Yurt mehri uluğ
Men onamni Vatanimga qiyosladim,
Millatlarni quçoğida ardoqlagan.
Hatto bedor askarlarga qiyosladim,
Sarhadlarni orom bilmay qöriqlagan.
Asli barça ayol zoti onam kabi,
Uyi töla bolasiga mehribondir.
Yaşnab ketar tökis baxtga yetgan kabi,
Har doimo Vatanim, deb nigorondir.
Şuning uçun onam, deymiz hur Vatanni,
Mehri uluğ onalarning mehridayin.
Ikkisiga fido aylab jon-u tanni,
Erkalanib ulğayamiz gödakdayin.
Munira Karimova,
42-sonli maktab öquvçisi.
Mustaqillik töyi
Öttiz yoşga yetibdi yoşing,
Osmonöpar böying muborak.
Doim porloq bölsin quyoşing,
Mustaqillik töying muborak.
Jannatdayin gözal makonim,
Rizq berguvçi tanho xirmonim.
Öziga bek Özbekistonim,
Mustaqillik töying muborak.
Qayda bordir sendayin Vatan,
Lola ösgan qirlaring çaman.
Bayroğingni öpib quçaman,
Mustaqillik töying muborak.
Şuhratimsan, şaraf-şonimsan,
Tomirimda qaynoq qonimsan.
Köksimdagi olov jonimsan,
Mustaqillik töying muborak.
Duolari darmon onamning,
Demak, baxti butun bolamning.
Tinglang döstlar, quvonçlarimni,
Mustaqillik töying muborak.
Dunyo qutlar, qutluğ bölsin baxt,
Oftob kabi yoruğ bölsin baxt.
Yildan-yilga uluğ bölsin baxt,
Mustaqillik töying muborak.
Kaftim oçiq, duoda har on,
Qolmagaydir sen ila armon.
Vatandoşim eng yaxşi inson,
Mustaqillik töying muborak.
Nola qildim bugun Egamga,
Baxt bergin, deb jumla olamga.
Yurtni sevgan aka-ukamga,
Mustaqillik töying muborak.
Şerkamol, sen yozgin dostonlar,
Quvonçlarni quçsin osmonlar.
Qadrdonlar, aziz insonlar,
Mustaqillik töying muborak.
Şerkamol,
Ellikqalʼa tumani.
Ovulim
Tuğildim Nazarxonda,
Amudaryo böyida.
Ulğayib şu makonda,
Böldim suyukli farzand.
Öynab-ösgan ovulim –
Çilpiq, Qöştepalarim.
Qoratov suyançimdir,
Nazarxon – uluğ yerim.
Ovulning tört tomoni,
Barça ellardan gözal.
Tilni yorar qovuni,
Lazzatli, şirin asal.
Aziza BERDIBOYeVA,
3-sonli maktab öquvçisi.
TÖYING MUBORAK
Öttiz yoşing qutluğ kelsin elimga,
Bu kunlardan şukronadir tilimda.
Ezgu qöşiq bölib kirding dilimga,
Farzandlaring çanqoq, töymas bilimga
Jonajonim Özbekiston –
Onajonim Özbekiston!
Har tomonga boqib, quvnaydi közim,
Taʼriflaşga hatto yetmaydi sözim.
Yutuqlaring köpdir, yoruğdir yuzing,
Har yilgidan barokatli, bu yilgi kuzing
Jonajonim Özbekiston –
Onajonim Özbekiston!
Yurtim, qutluğ bölsin öttiz yoş töying,
Özing kabi pokdir niyating, öying.
Kelajaging porloq, ezgudir yöling,
Madhing aytib çarçamas Nodira qizing
Jonajonim Özbekiston –
Onajonim Özbekiston!
Nodira YaNGIBOYeVA.
Qişloğim
Bağringda tuğildim-u
Jamolingni kördim men.
Sof havo ham zilol suv
Iforini tuydim men.
Pildirab yurgan kunim,
Bağringga oyoq qöydim.
“Ona”, böldi ilk sözim,
Seni onamday suydim.
Yiqilsam, yumşoqqina
Tuproğing-la siylading.
Men – bolang uşoqqina,
Dilga mehring joyladim.
Malina Mingturğanova, 19-sonli maktab öquvçisi.
Bağrikenglik
Mening yurtim bağrikeng,
Kelib köring döstlarim.
Şunday uluğ Vatanga,
Sodiq doim yoşlari.
Bungadir eng zör misol,
Mehribonlik, ezgulik.
Insonlarning könglida,
Doim bölgay yaxşilik.
Köz tegmasin yurtimga,
Bağri keng insonlarga.
Duo qilgay qari-yoş,
Ezgulik bölgay yöldoş.
Şunday totuv yurtimga,
Yaraşadi töy, bayram.
Quvonçga tölib olam,
Xalqim bölsin şod-xurram.
Ruhşona Saidmambetova,
61-sonli maktab öquvçisi.
Vatan bayroği
Hilpiraydi Bayroğim,
Özbekiston köksida.
Hur va obod har yoğim,
Bayroq – ERKka qasida.
Kök rang – osuda osmon,
Oq – köngillar rangidir.
Qizil – tomirdagi qon –
Gul hayot jarangidir.
Yaşil – ona tabiat,
Yulduzlar – viloyatlar.
Dilda uyğotib hayrat,
Jamlangan qadriyatlar.
Buyuklikdan buyukroq,
Hilpirayvergin Bayroq!
Şaxsanem Qasimova,
3-sonli maktab öquvçisi.
Biz öğil-qizlar
Ona yurt işonçin
Oqlaymiz bizlar.
Öqib-örganib,
Şöx öğil-qizlar.
Ota-onalar
Işonçin oqlab.
Yayrar köngillar
Kunday çaraqlab.
Biz öğil-qizlar,
Yurtga sodiqmiz.
Porloq yulduzlar,
Baxtga töliqmiz.
Vatan, deb yaşaş,
Bizning burçimiz.
Şod qadam taşlaş,
Tengsiz kuçimiz!
Mohinur Odilboyeva, 19-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶