“Taraqqiyot közgusi” – xalq minbari
"Öz qutluğ tarixi, qadri, hayot tarzi va dunyoqaraşi qanday keçayotganligini, hozirgi davrning yorqin qirralarini anglaşni istagan har bir inson gazetalarimiz taxlamlari sahifasini varaqlasin, şundagina bir butun hayot tarzining boy xazinasidan bahramand bölişiga, özining kimligini çuqurroq anglab olişiga aminman”, - deb yozgan edi faxriy jurnalist, falsafa fanlari nomzodi Tursunboy Davlatboyev.
Ha, bu yil 80 yilligi nişonlaşga qizğin hozirlik körilayotgan tumanimiz matbuoti qayerda, qanday nomda naşr etilişidan qatʼiy nazar, hamişa xalq minbari bölib keldi, xalq xohiş-irodasining ifodaçisi, tumanimiz ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy yuksaliş bosqiçlarini tarixga muhrlagan solnoma, kişilarni yangi kunga umid bilan qarab, ezgu maqsadlar yölida mehnat qilişga çorlaguvçi kuç bölib keldi.
Ayni kunda ham gazeta har bir fuqaroni ötmişdan tegişli xulosa çiqarib, bugungi hayot tarzini töğri belgilay olişi, oldin kim edig-u bugun kim bölganimizni çuqur muşohada etib, istiqlol bergan imkoniyatlardan bahramand bölişga, bunyodkor xalqimizni heç kimdan kam bölmay, ona Vatanimizni rivojlangan davlatga aylantiriş yölida fidoyi mehnat qilişga undayotgani bilan ham qadrlidir.
Şuni alohida taʼkidlaş joizki, ayrim tuman gazetalari oyda, ikki oyda bir marta 400-500 nusxa atrofida çop etilayotgan bir vaqtda "Taraqqiyot közgusi” gazetasi har oyda 4-marta, 5000 dan ziyod nusxada çop etilayotgani va tumanimizning barça hududlarini qamrab olayotgani bilan ham diqqatga sazovordir. "Taraqqiyot közgusi”ning ilovasi "Mening oilam” gazetasi va www.amunews.uz veb sayti esa tumanimiz aholisini tezkor va xolis axborot bilan taʼminlaşga hissa qöşmoqda.
Şularni hisobga olib, şu yilning 7-iyulida tuman hokimining mamlakatimiz mustaqilligining 23 yilligiga hamohang tarzda "Mustaqillikni mustahkamlaş va milliy istiqlol ğoyalarini tarğib qilişda "Taraqqiyot közgusi” gazetasining örni va ahamiyati” mavzusida tarğibot oyligini ötkaziş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan tuzilgan Taşkiliy qömitaga tarğibot oyligi doirasidagi çora-tadbirlarning yuksak saviyada ötkazilişini taʼminlaş, tumandagi barça korxona-taşkilotlar rahbarlari, fuqarolar yiğinlari raislariga öz mehnat jamoalarida rejaga muvofiq ijodiy keçalar, adabiy-badiiy uçraşuvlarni taşkil etişga amaliy yordam beriş vazifasi topşirildi.
Tahririyat ijodiy jamoasi tumanimiz rahbariyatining matbuotga, matbuot xodimlarining zahmatli mehnatlariga eʼtibori va eʼtirofidan minnatdor bölib, yangi-yangi ijodiy parvozlarga şaylanmoqda.
Aziz gazetxon!
Siz ham bizning işimizga befarq bölmasangiz, bizni qöllab-quvvatlasangiz tarğibot oyligida faol iştirok eting, tuman matbuotida öz sözingiz, fikr mulohazalaringiz, ijodiy işlaringiz bilan faol qatnaşing. Zero, bizning gazetamiz, xalq minbaridir.
"Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶