28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:29
Adabiyot 👁 271

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Kuz xayollari

Kuzda... maʼyus hislar choʻkar dillarga,

Mungʻaygan, xazonrez bogʻlarni kezdim.

Qushlar uchib borar issiq ellarga,

Ularning kuyida gʻamginlik sezdim.

 

Bahorning elchisi – mahzun qushlarim,

Kuzda olib keting, qaygʻu-gʻamlarni.

Sizlarni sogʻinib kechgay tushlarim,

Koʻklamda keltiring shodli damlarni.

 

Kuz-qish oʻtib, bahor qaytar begumon,

Yoz ham kelar, koʻnglim, tushkunlikdan kech,

Faslning kuziga yetdik-ku, omon,

Hayotning kuziga yetmagaymiz hech.

Oʻrozali REYIMOV,

“Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

 

Bizlarga ibrat Ustoz

(S.Xoʻjaniyozovga)

Sakson yoshni qarshilasa-da,

Hali hamon ijod qoʻynida.

Ustozga xos mehnatsevarlik,

Bizga ibrat hayotimizda.

 

Hikmatga boy fardlar bitar u,

Ijodidan oldik ibratlar.

Adabiyot – hayot, deyar u,

Aslo oʻchmas tarix, deyar u.

 

Sakson yoshga kirib ham tetik,

Doim gʻolib mushoirada.

Yoshlar kabi doim qaddi tik.

Oʻrni maʼlum har bir davrada.

 

Yaxshiliklar qilasiz Ustoz,

Katta-kichik qiladi taʼzim.

Shogirdlarga qanotsiz, parvoz,

Sizsiz oʻtmas hech sheʼriy bazm,

Zuhra Ahmedova.

 

Ustoz barhayot

(Ustozimiz E.Oʻrinboyev xotirasiga)

Bizlar uchun ulugʻ, inson edingiz,

Qaygʻurib har qachon, gʻamlar yedingiz.

Olim boʻlma, odam boʻlgin dedingiz,

Joyingiz jannatda, boʻlgay, ustozim,

Qabringiz nurlarga toʻlgay, ustozim.

 

Xotirlash savobdir, shogirdlar ishi,

Otadek azizdir, ustoz har kishi.

Qalblarda yashaydi, bahor, yoz, qishi,

Joyingiz jannatda boʻlgay, ustozim,

Qabringiz nurlarga toʻlgay, ustozim.

 

Qadri baland boʻlgan ustoz oʻzingiz,

Noyob-durdonalar edi soʻzingiz.

Endi topilmaydi bosgan, izingiz,

Joyingiz jannatda boʻlgay, ustozim,

Qabringiz nurlarga toʻlgay, ustozim.

 

Davrada yurdingiz, doim nur sochib,

Pand-u nasihatdan gap-soʻzlar ochib.

Boʻlmas ekan – taqdir, ajaldan qochib,

Joyingiz jannatda boʻlgay, ustozim,

Qabringiz nurlarga toʻlgay, ustozim.

 

Shogirdingiz Nurbek, doim qilar yod,

Ruhingiz shod boʻlsin, qabringiz obod.

Qalbimda ustozim, borsiz, barhayot,

Joyingiz jannatda boʻlgay, ustozim,

Qabringiz nurlarga toʻlgay, ustozim.

Shomurod XOʻJANOV,

Doʻrman ovuli. 

 

Vatan haqida soʻz

Yuragimga tutashgan mehring,

Ona Vatan, sirlisan menga.

Tortaverar issiq quchogʻing,

Jonim tutash jonday yeringga.

 

Chilpiq, Amu, Orol dengizi,

Eng qadrli boyligim oʻzing.

Sen jirovning jirlagan sozi,

Jonim fido, aylayin oʻzim.

 

Ota-bobom ot surgan yerda,

Urugʻ-aymoq oʻtgan mard, suluv.

Biz kim? Soʻrasalar agarda,

Ildizimiz jonajon Amu!

Navbahor Sarsenboyeva,

3-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Ustozimga

Bagʻringizga olib, mehrga toʻlib,

Shogirdlar boshini suyib, silaysiz.

Sinovlarga toʻla hayot yoʻlida,

Ota-onamizday baxtni tilaysiz.

Oltinoy Yoʻldosheva,

6-sonli maktab oʻquvchisi.

 

VATAN OLDIDAGI BURCh

Muqaddas bu zaminda,

Toʻplaymiz katta kuch,

Xalq ishonchini oqlash,

Vatan oldidagi burch.

 

Oʻqiymiz, oʻrganamiz,

Toʻqiymiz, yaratamiz.

Mehrimiz qaratamiz,

Oʻzbekiston uchun biz.

 

Bizga bergani uchun,

Musaffo tinch osmonni.

Himoya qilishdek kuch,

Vatan  oldidagi burch.

 

Katta boʻlib ulgʻaysak,

Boʻlaylik yurt posboni.

Himoyasiz qolmagay,

Oʻzbekiston qoʻrgʻoni.

Jumagul Adamboyeva,

75-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Sinfdoshlarim

Mening sinfdoshlarim,

Oʻn toʻqqiz oʻgʻil-qizlar.

Bari fikrdoshlarim,

Sinf toʻla yulduzdir.

 

Barcha fandan bilagʻon,

Asaloy, Shabnam, Asror.

Dilshodbek, Dilraboxon,

Yana qancha doʻstlar bor.

 

Fizika-matematika,

Jon-u dili ularning

Botir-u Sanʼatbekka,

Havasi bor barchaning.

 

Oʻqib, bilim olamiz,

Faqat olgʻa yuramiz.

Yangi Oʻzbekistonni,

Ilm bilan quramiz.

Dilnura Sobirboyeva,

24-sonli maktabning

7-sinf oʻquvchisi.

 

Chin doʻst mehr beradi

Doʻstim koʻp, deb kerilma,

Sodiqlari kam boʻlar.

Bugun doʻstingman, deya,

Ertaga xanjar urar.

 

Toʻgʻri, bugun doʻstingdir,

Ertaga boʻlar tanish.

Baʼzan boʻlib qoladi,

Indiniga notanish.

 

Doʻsting boʻlib yuradi,

Biror maqsad yoʻlida.

Chin doʻst mehr beradi,

Yaxshilikdir dilida,

Shahinoy Shomurodova,

40-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Mehribonim ustozim

Fan bogʻining bogʻboni,

Mehribonim ustozim,

Yoʻllarim charogʻboni,

Xush zabonim ustozim.

 

Soʻzingiz hikmatga boy,

Qoʻllagansiz parvozim.

Bir umr qarzdorman,

Jonajonim, ustozim.

Aziza JUMABOYeVA,

6-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Ustozimiz

Farida muallimga

Bizga ochib koʻnglingiz,

Bolangizday koʻrasiz.

Yoʻlga solib barchamiz,

Yashaysiz doim Ustoz!

 

Minnatdormiz biz Sizdan,

Ezgulik kuting bizdan.

Yuramiz izingizdan,

Aziz Farida Ustoz!

 

Har soʻzingiz zoʻr ilm,

Olamiz har kun taʼlim.

Bilimning oʻrni maʼlum,

Faridaxon muallim!

Muhabbat Oʻrinbosarova,

3-sonli maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026