14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 06:34
Adabiyot 👁 287

Jayxun ilhomlari

Jayxun  ilhomlari

Mirziyoyev uchun ovoz beraman

Chinakam xalqparvar boʻlgani bois,

El-yurtning dardini bilgani bois,

Soʻz ila ishin bir qilgani bois,

Mirziyoyev uchun ovoz beraman!

 

U sabab har yonda oʻzgarish bordir,

Qoʻshni, qardosh yurtlar doʻst hamda yordir.

Shuning-chun jahonda zoʻr bayroqdordir,

Mirziyoyev uchun ovoz beraman!

 

Xalqimiz koʻnglini topaoldi-yey,

Kelajakka ishonch ruhin soldi-yey.

Barcha vatanparvar boʻlib qoldi-yey,

Mirziyoyev uchun ovoz beraman!

 

Yangi Oʻzbekiston uchun yoʻl ochdi,

Olamga ezgulik urugʻin sochdi.

Yoʻlimizdan qabih illatlar qochdi,

Mirziyoyev uchun ovoz beraman!

 

Ishonch zoʻr, gʻayrati yanada toshar,

Unga “Oq yoʻl!” tilar jumlai bashar.

Xalqimiz yanada farovon yashar,

Mirziyoyev uchun ovoz beraman!

Saʼdulla Xoʻjaniyozov,

Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist.

 

Prezident saylovi

Saylov bu xalq uchun unutilmas,

Siyosiy jarayon – kelajakka yoʻl.

Tarixda qoluvchi tarixiy sana –

Prezident saylovi – ulugʻ voqea.

 

Xalq bir kuchdir, koʻp millat qudrat,

Yagona istagi – sinmas adolat.

Xalq baxti ustun yuraklarda –

Prezident saylovi – ulugʻ voqea.

 

Yangi umid-orzular bilan,

Kelajakka qadam qoʻyamiz.

Chin ixlos va ishonchlar bilan,

Yangi Kunga ovoz beramiz!

 

Kel, ey doʻst, baxtingga parvoz,

Sobit fikring uchun ovoz ber.

Bugun yangi Oʻzbekistonda

Prezident saylovi – ulugʻ voqea.

Zuhra Ahmedova.

 

Sabr tilayman

(Bir necha kun ichida uch jigarban-didan ayrilgan, ammo sabr bilan yashayotgan opamga).

Koʻngilga sabrdan saroy qurdingiz,

Hayot sinovlarin mardona yengib.

Vo darigʻ, uch farzand dogʻin koʻrdingiz,

Qaddingiz dol kabi bukildi, soʻzsiz.

 

Hayot charxpalagi uchoqlarida,

Devona, dalidek pir-pir uchdingiz.

Kun-tunning farqini anglamay giryon,

Farzandlar hajrida tugʻyon urdingiz.

 

Farzandlar umrini soʻrab Allohdan,

Duoga qoʻl ochib, jon talashdingiz.

Ammo ne koʻrgulik, taqdir ekan-da,

Ona yer bagʻriga bir-bir qoʻydingiz.

 

(Bolalarning darddan maʼyus koʻzlari,

Jovdirab qaraydi, najot soʻraydi.

“Bolamning dardini menga ber”, – deya,

Haqqa yolvoradi telbavor ona).

 

Biri olti yoshda, biri toʻrt yoshda,

Soʻnggi  bor nafasin oldi tong sahar.

Nega jim turibsan qulamay osmon?

Nega ostin-ustin boʻlmadi dunyo?

 

Hur qiz boʻlib ketgan jon singilginam,

Boʻyimga boʻylashgan koʻzmunchoqqinam.

Seni eslab, har kun jigarlaringning,

Hamon qurimagan koʻzlarida nam.

 

“Tosh emas, bosh qattiq”, degan naqlga,

Bugun oʻzim guvoh boʻldim, yaxshilar.

Sabr toʻnlarini kiyib ushbu kun,

Yashayapti yana qancha Onalar.

 

Endi qolgan farzandlar umrini tilab,

Shukur-la boshingiz koʻtarib yashang.

Gʻam ila anduhga, aslo boʻy bermay,

Barcha alamlarni orqaga tashlang.

 

Men sizga chin dildan sabrni soʻrab,

Opa, qarshingizda taʼzim qilaman.

Hayot tashvishlarin quvonchga ulab,

Olam shodliklarin tilab qolaman.

Goʻzalxon SAPARBOYeVA,

13-sonli maktab oʻqituvchisi.

 

Qarilik gashti

(“Keksalar haftaligi”ga)

Qarilikning nima aybi bor,

Qarilikning gashti boshqacha.

Faqat buni bilib boʻlmaydi,

Yashamasdan qutlugʻ yoshgacha.

 

Bir kun yetib kelib hammaga,

Har xil taʼsir qilar odamga.

Bu bir goʻzal umrning fasli,

Umid bilan boqsang olamga.

 

Umr oʻtgani barobarida,

Sezib-sezmay borarsan boyib.

Sochda kumush,tishlarda oltin,

Qarang – bari qanday ajoyib.

 

Buyragingda qimmatbaho tosh,

Qand aralash oqar tanda qon.

Har tomchisi boydir temirga,

Butun jisming xuddi shaxsiy kon.

 

Qayga borsang hurmat-u eʼzoz,

Uy toʻridan koʻrsatishar joy.

Oldinlari bu eʼtiborni

Koʻrmagansan hecham, hoynahoy.

 

Bizga bugun berilgan imkon,

Sharoitdan koʻngillar toʻldi.

Kunlarimiz oʻtar mazmundor,

Gʻamxoʻrimiz “Mahalla” boʻldi.

 

Boʻsh vaqtimiz oʻtkazmoq uchun,

Tayyor turar bezalgan xona.

Qilmoq boʻlsa birov shikoyat,

Topa olmas hech bir bahona.

 

Mayli, shaxmat oʻyna, mayliga,

Yursang, mana “Chopish yoʻlagi”.

Chiniqtirib tursang agarda,

Hech bezovta qilmas yuraging.

 

Har tomondan taʼminot butun,

Kelajakdan dilda yoʻq hadik.

Davlat shunday eʼtibor bersa,

Boylik erur bizga keksalik.

 

Koʻp tengqurlar kelar koʻkrakda,

Orden hamda medal shodasi.

Bu bizlarga yangi avlodning,

Hurmatining bir ifodasi.

 

Qarilikdir gumrohlar uchun,

Koʻtarishga juda ogʻir yuk.

Johil uchun rutubatli qish,

Tezroq oʻtib ketgani tuzuk.

 

Dono uchun esa umr boʻyi,

Qilgan mehnat hosilin termak.

Hamda ilm-u tajribasini,

Oʻsayotgan yoshlarga bermak.

 

Koʻp narsani yoʻqotsak hamki,

Topganimiz haddan ziyoda.

Oʻrnimizni topdik hayotda,

Niyatlar pok, koʻngil ozoda.

 

Oila tinch, el-yurt farovon,

Boʻlsa bizning koʻngil doim toʻq.

Bugun Yangi Oʻzbekistonda,

Qarilikdan hech shikoyat yoʻq!

Ahmad Nafasov.

 

SEN JANNATDAN YaRALGANSAN, OʻZBEKISTON!

Beshigingda yotar qancha Alpomishlar,

Bahodirlar, Vatan, degan mard botirlar.

Yurt dovrugʻin shu botirlar oshirmishlar,

Alp Vatanga, Vatan Alpga suyanmishlar –

Sen mardlikdan yaralgansan, Oʻzbekiston!

 

Qizlaring-chi, taʼrifi teng Zuhrolarga,

Barchinlaring doston boʻldi dunyolarga.

Toʻmarisni alishmasman Osiyolarga,

Momolarim oʻxshar mehrigiyolarga –

Sen mehrdan yaralgansan, Oʻzbekiston!

 

Togʻlaringda burgut doim magʻrur turar,

Lochinlaring har tomonda kezib yurar.

Chavandoz-u polvonlaring dovrugʻ surar,

Sening noming aytib, har bir yurak urar –

Shu yurakdan yaralgansan, Oʻzbekiston!

 

Qora qumgʻon qaynab tursin oʻchogʻingda,

Bolajonlar yayrab yursin quchogʻingda.

Jannat hidi anqib tursin tuprogʻingda,

Obi-hayot toshib tursin bulogʻingda –

Sen soflikdan yaralgansan Oʻzbekiston!

 

Sabr bilan qancha sinovlardan oʻtding,

Zahmat chekib, dorilomon kunga yetding.

Yetimlarning boshin silab, tuzing tutding,

Shular baxti butun boʻlsin, deya kutding,

Sen sabrdan yaralgansan, Oʻzbekiston!

 

Bugun oʻttiz yoshga kirgan oʻgʻlondirsan,

Devorlari mustahkam bir qoʻrgʻondirsan.

Har tarafi jannat boʻlgan makondirsan,

Yoshlar uchun yaratilgan imkondirsan –

Sen jannatdan yaralgansan, Oʻzbekiston!

M.Oʻrinboyeva,

70-sonli maktab psixologi. 

 

Yomgʻir...

Yogʻavergin, toʻxtamasdan yogʻ,

Gʻuborlarim yerga unsiz toʻkilsin.

Yuragim ezilsa, yigʻlaganda goh,

Men uchun osmonlar tinmay yigʻlasin.

 

Hasratdan yuvilsa bu qalbim mening,

Boshimdan haydalsa zimiston osmon.

Balki ovunardi bu koʻnglim mening,

Afsuski... dardlarim ichimda hamon.

 

Ovutgin meni ham, ketsin azobim,

Qorishay sen ila, yomgʻir boʻlayin.

Koʻzim namlanganin koʻrmasin hech kim,

Yomgʻir, sen bilan men birga qolayin.

 

Yomgʻir, yogʻ, yogʻaver, toʻxtamasdan yogʻ,

Achchiq oʻylarimga nuqta qoʻyilsin.

Yomgʻir, yogʻavergin, toʻxtamasdan yogʻ,

Dilginamga porloq nurlar quyilsin.

 

Yomgʻir, yogʻ, yogʻaver, toʻxtamasdan yogʻ...

Sunnatulla Ahmadjon.

 

Amudaryo

Akammiding va yoki inim,

Bir oʻylamay oʻtmaydi kunim.

Qadimiy Oks, Koʻhna Jayhunim –

Sen onamsan, ey Amudaryo!

 

Quchogʻingda esimni tanib,

Yiroqlashdim hunar oʻrganib.

(Ot qozigʻin topar aylanib)

Sen onamsan, ey Amudaryo!

 

Shum taqdirning sharobi taxir

Olisdaman – oʻrtanar bagʻir.

Xom suvingni sogʻindim axir,

Sen onamsan, ey Amudaryo!

 

Gaplarimni bilmanggiz oʻyin,

Musofirning sogʻinchi qiyin.

Shaharlarning qadri bir tiyin,

Sen onamsan, ey Amudaryo!

 

Oʻylar sursam, koʻzlarim namdir,

Suving misli “obi-zamzam”dir.

Taʼrifingga mingta sheʼr kamdir,

Sen onamsan, ey Amudaryo!

Komronbek Kamol.

 

Ona tilim

Ona tilim, jon-u dilim,

Sening bilan biyron tilim.

Ming yillarki, jahon boʻylab,

Oʻz dovrugʻin yoygan tilim.

 

Alla boʻlib jaranglagan,

Jonim aro jonsan tilim.

Aslo sendan kechmagayman,

Tomirimda qonim tilim.

Sevinch TOʻLIBOYeVA,

2-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Chiroq

Xonadonlar shiftida,

Yorugʻlik tarataman.

Odamlarning koʻnglini,

Shundayin yoritaman.

 

Chiroqlarning ichida,

Elektrni sarflab kam.

Choʻgʻlanma lampalardan,

Tejamkorman, yorqin ham.

Yorqinoy KENJABOYeVA,

11-maktab oʻquvchisi.

 

Men sevgan fan

Yulduzlarga toʻlgan  olam,

Xaritaga toʻlgan xonam.

Astronomiyani koʻrib,

“Qaysi fan?” – deb soʻrar onam.

 

Beruniy bobomdan meros,

Xorazmiydan son – asos.

Fargʻoniy qoʻygan ixlos,

Sehrli astronomiya.

 

Yulduzlarning sanogʻi yoʻq,

Zuhrodan goʻzalrogʻi yoʻq.

Siriusdan-da yorugʻi yoʻq,

Sehrli astronomiya.

 

Belbogʻi bor somon yoʻli,

Odamzodning yetmas qoʻli.

Juda issiq Marsning choʻli,

Sehrli astronomiya.

       Amirxon Tursunboyev,

   73-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Armonim yoʻq

Armonim yoʻq dilimda,

Gʻovlar yoʻqdir yoʻlimda.

Ota-onam yonimda,

Baxtga toʻliq har kunim.

 

Oʻqib, bilim olaman,

Yayrab kuchga toʻlaman.

Jannatmakon Vatanda,

Erkin nafas olaman.

 

Kuylab baxt qoʻshigʻin,

Tutib hurlik mayogʻin.

Shaxdam qadamlar bilan,

Kelajak tomon yurgum.

 

Vatan boshim silaydi,

Baxt-iqbolim tilaydi.

Imkonimni, kuchimni,

Butun dunyo biladi.

Raʼno Ismoilova.

 

Oila

Oila – muqaddas, deb,

Aytishadi xalqimiz.

Oiladan boshlanar,

Rizqqa eltar yoʻlimiz.

 

Oila farishtasi,

Bobo, buvi – keksalar.

Ular mehr rishtasi,

Ular bor, baxt yuksalar.

 

Oila polaponi –

Biz – shirintoy bolalar.

Baxtimizning posboni –

Aziz ota-onalar.

Madina TOJIMURODOVA,

6-maktab oʻquvchisi.

 

Maktabim

Bilimga kon oʻzingsan,

Eng muqaddas dargohsan.

Shoʻxliklarim koʻtarib,

Qoʻllaguvchi panohsan.

 

Bagʻringda olib taʼlim,

Senda oʻtar har kunim,

Ota uyimday aziz,

Jonajonim maktabim.

Rayhon Tojiboyeva,

50-maktab oʻquvchisi.

 

Kuz

Kechagina yoz edi,

Bugun bogʻ-u rogʻda kuz.

Yashil barglar toʻkildi,

Tiniqlashdi suv, hovuz.

 

Asta bogʻlar oralab,

Esadi daydi shamol.

Gullar tersam saralab,

Sovuq uribdi. Behol.

 

Samoda qushlar lak-lak,

Janub tomon uchadi.

Mayin nur elar falak -

Kuzak yerni quchadi.

Malika NORBOYeVA,

42-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Hunarni sev

Hunarni sev, hunarni,

Hunar senga asqotar.

Hunar boʻlsa qoʻlingda,

Non topilar yoʻlingda.

 

Hunarli boʻl, ilm ol,

Har ikkisi ham zarur.

Ilm-u hunar – baxt-iqbol,

Hech koʻrmassan sen zavol.

Sabina TOʻLIBOYeVA,

2-sonli maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019