Öziga xos tajriba maktabiga aylangan gazeta
Matbuot – şunçaki axborot manbai, xalqni jamiyatimizda röy berayotgan yangiliklardan, özgarişlardan voqif etuvçi vositagina emas, balki har bir xalqni ilmiy-maʼrifiy muşohada yuritişga undovçi kuçdir. Qolaversa, bugungi matbuot – har bir insonga zamon bilan hamnafas ravişda ijtimoiy-iqtisodiy hayotda röy berayotgan taraqqiyot omillaridan ijobiy xulosalar çiqarib, öz hayot tarzini özgartiriş, yangilaş imkonini beruvçi maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya dorilfununidir. Buni Amudaryo tumani matbuoti misolida yaqqol köriş mumkin. Sababi, ilk soni 1934-yildan çiqa boşlagan tuman gazetasi özining 80 yillik faoliyati davomida tuman xalqiga sadoqat bilan xizmat qilib qelmoqda. Turli yillarda har xil nomlar bilan çop etilib kelingan "Taraqqiyot közgusi” gazetasi öz faoliyatining barça bosqiçlarida matbuot sözining, haqiqat va adolatning qudratini amalda namoyon etib, xalq qalbidan munosib joy ola bildi va Amu elining işonçiga, qaynoq mehriga sazovor böldi. Bugungi tezkor axborot asrida köpçilik tuman gazetalari inqirozga yuz tutayotgan, öz davriyligini taʼminlay olmayotgan bir paytda "Taraqqiyot közgusi” gazetasi salkam 6000 nusxada, har haftada çop etilib, öz vaqtida obunaçilariga yetib borayotgani tuman gazetasi nufuzining neçoğlik yuqoriligidan dalolatdir.
Avvalo şuni alohida qayd etiş kerakki, tuman gazetasining bunday mavqega yetişişidagi eng birinçi omil bu – tahririyatda yetuk va bilimdon, malakali jurnalistlardan iborat ahil ijodiy jamoaning şakllanganligidir. Öz kasbining fidoyilari bölgan oliy maʼlumotli jurnalistlar – gazetaning sobiq muharrirlari Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi Xonimjon Rajabova, Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalistlar Gulnora Matyoqubova, Saʼdulla Xöjaniyozov, Robiya Yöldoşeva, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi aʼzosi, "Şuhrat” medali sohibi Allambergan Jumaniyozov, tajribali jurnalist Oygul Rajabovalar yaratgan öziga xos ijod böstoni bugungi kunda nafaqat Qoraqalpoğiston Respublikasi, balki Özbekiston miqyosidagi ibratli jurnalistika maktabi darajasiga yetdi, desam mubolağa bölmaydi.
Bugungi kunda öziga xos tajriba maktabini yaratgan ijodiy jamoa erişayotgan yutuqlar salmoği yanada ulkan. Gazetaning yoş muharriri Ğulomjon Yeşniyozov rahbarligida 2012-yildan boşlab Qoraqalpoğiston Respublikasida birinçi bölib internetda özining mustaqilveb saytiga, 2014-yilning mart oyidan boşlab mustaqil "Mening oilam” ilova naşriga ega bölgan gazetatahririyati xodimlarining barçasi uçun öqiş, izlaniş, yutuqlarni yanada boyitib boriş doimiy ijodiy anʼanaga aylangan. Şu bois, gazetaning har bir sonida yoritilayotgan maqolalarning qamrov maydoni keng, rang-barang, xalqçil. Şunisi eʼtiborga loyiqki, tahririyat jurnalistlari har bir matn ustida özlariga yuksak talablar qöygan holda işlaydilar, hatto respublika miqyosidagi gazetalar darajasidan ötib ijod qilişga intiladilar.
Agar gazeta taxlamlari bilan tanişsangiz, uning deyarli har bir sonida tuman hayotining barça sohalari aks etib turganligiga guvoh bölasiz. Eng muhimi, sahifalarda qaynoq va jöşqin hayot nafasi ufurib turadi. Gazeta şuning uçun ham tuman xalqi hayotining ajralmas bir qismiga – yuksak maʼnaviyat maktabiga aylangan.
Mana, bir oydirki, amudaryoliklar Mustaqillikning 23 yilligi va tuman matbuotining 80 yilligi munosabati bilan tuman hokimining 2014-yil 7-iyuldagi "Mustaqillikni mustahkamlaş va milliy istiqlol ğoyalarini tarğib qilişda "Taraqqiyot közgusi” gazetasining örni va ahamiyati” mavzusida tarğibot oyligini ötkaziş töğrisida”gi qaroriga muvofiq gazeta ijodkorlari bilan yuzma-yuz muloqotlarda, davra suhbatlari, adabiy-badiiy, musiqiy tadbirlarda iştirok etişmoqda. Heç bir zamonda mahalliy rahbariyat tomonidan matbuotga bunçalik eʼtibor va rağbat körsatilmagan. Va yana şuni baralla aytamanki, Qoraqalpoğiston Respublikasi jurnalistikasi tarixida bunday tarğibot oyligi heç bir tahririyatda ötkazilgan emas! Bu – avvalo mahalliy rahbariyatning matbuotga eʼtibori kuçliligidan, qolaversa, "Taraqqiyot közgusi” gazetasining xalqqa nihoyatda yaqinligi, xalqning hur va erkin fikrlar ayta oladigan çinakkam minbariga aylanganidandir. Bu – haqiqiy ibrat maktabi, hozirgi zamon özbek jurnalistikasining tom maʼnodagi tajriba Dorilfununidir. Bu ibrat maktabidan, bu tajriba Dorilfununidan barça hamkasblarimiz saboq olsa arziydi va ommalaştirişga munosibdir.
Men "Taraqqiyot közgusi” gazetasiningjöşqin kalbli ijodiy jamoasini, jamoatçi muxbirlarini, gazetasini sevgan, maʼnaviyatga oşno barça amudaryoliklarni tuman matbuotining 80 yilligi hamda yaqinlaşib kelayotgan mustaqillikning 23 yilligi bilan samimiy tabriklayman. Tahririyat ijodkorlariga jöşqinlik, soğlik, el-yurtga osoyiştalik tilayman.
Kengesboy REYMOV,
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasining Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶