12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:54
Adabiyot 👁 277

Jayxun ilhomlari

Jayxun  ilhomlari

Ona tilimga

Ötgan asrlardan minnatdorman men,

Şu davr olim-u şoiridan ham.

Ajdodlar tufayli bugun avlodlar,

Ona til boyligin körmoqda baham.

 

Onalarga rahmat, allalar aytgan,

Ertaklar söylagan momolarga ham.

Barida bolalar uçun dunyoning,

Barça-barça sehr-u amallari jam.

 

Navoiy bobomdan minnatdorman men,

Imkoniyatin oçgan turkiy kalomning.

Şu sabab uşbu kun özbekni tanir,

Şeʼriyat muxlisi butun olamning.

 

Ona tilim, seni alqab yuraman,

Şeʼr öqib, qayerga yetsa oyoğim.

Çunki sensan mening, toki hayotman,

Yölim körsatuvçi porloq mayoğim!

Ahmad NAFASOV.

 

Qaytar dunyo bu

Yaxşilikni aslo yaşirib bölmas,

Borini boridek aytar dunyo bu.

Yomonlikni haddan oşirib bölmas,

Ne qilsang özingga qaytar dunyo bu.

 

Yolğonçi dunyo deb jar solma inson,

Beş kunlik dunyoga hammamiz mehmon.

Keng karamli, yolğiz Allohga işon,

Borini boridek aytar dunyo bu,

Ne qilsang özingga qaytar dunyo bu.

 

Kimdir ğiybat qilib qiynar joningni,

Birov körolmaydi topgan şoningni,

Barakasi bölsin dasturxoningni,

Borini boridek aytar dunyo bu,

Ne qilsang özingga qaytar dunyo bu.

 

Egri yöldan yurib boylik izlama

Ğoyibdan kelajak dunyo közlama.

Yaxşi söz sözlagil yomon sözlama,

Borini boridek aytar dunyo bu,

Ne qilsang özingga qaytar dunyo bu.

 

Şomurod doimo bölsin omonlik,

Barçamiz bölaylik yaxşi tomonlik.

Yaxşilik qilmasang, qilma yomonlik,

Borini boridek aytar dunyo bu,

Ne qilsang özingga qaytar dunyo bu.

Şomurod XÖJANOV,

Dörman ovuli.

 

Dada

(Dadajonim xotirasiga)

Bilaman, kuzatasiz meni samodan,

Doim tilab turasiz omad-u baxtlar.

Közlarim körmasa-da qalbim sezadi,

Mening qahramonim, qalqonim, dada.

 

Töğri yöl körsatib ukalarimga,

Yaxşilikni örgataman ularga.

Siz körmagan eng baxtiyor kunlarni,

Onajonim köradi işoning, dada.

 

Yiğlamayman, heç tökmayman yoş,

Bilaman, quvonsam, quvonasiz siz.

Dadajon, işoning Ruhşonangizga,

Onamni baxtiyor qilgum, körasiz.

 

Bugun Siz sevgan uluğ kun keldi,

Mustaqil Vatanim öttizga töldi.

Elim deb, yurtim, deb yaşagan mardlar,

Qatorida nomingiz tillarda böldi...

Ruhşona Saidmambetova,

62-maktab öquvçisi.

 

Posbonlar

Sizni uçrataman toğda, dalada,

Xizmatda hamişa qorda, jalada.

Sizga kuç bersin, sizga sabot bersin,

Buyuk  zotlar ruhi şunday pallada.

 

Har kun quyoş bilan soğ körişib yuz,

Uydan omon çiqib, omon qaytingiz.

Rizqi uluğ bölsin, köksi toğ bölsin.

Xonadoningiz-u, mamlakatingiz!

 

Yöllar tinç bölsin, osmon oq bölsin.

Bahor maysalari kökçiroq bölsin.

Vatanga sodiq ey fidoyilar,

Pokligingiz sizga yölçiroq bölsin.

Bayram Kenjayev,

6-sonli maktab öquvçisi.

 

Yaxşi insonni

Birov yeydi yaşamoq uçun,

Kimdir yemoq uçun yaşaydi.

His qiladi hayotning zavqin,

Ikkinçi yamlab taşlaydi.

 

Unda bordir na nomus, na or,

Tomoğidan ötgani foyda.

Nafsi uçun har nega qodir.

Xoinlik ham qilar har joyda.

 

Nafsiga qul bunday bandalar,

Sotar döstni ötirgan joyda.

Unga nafsi bölsa bölgani,

Körsa böldi bir özi foyda.

 

Bundaylardan uzoq yur, yiroq,

Har qadamda ketadi sotib.

Ergaşsang gar u bilan, biroq,

Botqoqlarga ketasan botib.

 

Yemoq uçun yaşama, hargiz,

Yaşaş uçun yegin ozgina.

Ozğin bölma, bölmagin semiz,

Heç kimsadan qilmagin taʼma.

 

El içida bölsin öz örning,

Körinmasang izlasin seni.

Insofsizni kim ham izlardi,

Soğinsinlar har damda seni.

 

Şunday inson yaşar barhayot,

Ölsa hamki öçmagay nomi.

Köpçilikning qalbida yaşar,

Unutmaslar yaxşi insonni.

Farhod Avaz.

 

Şukrona qil

Közing körib, yöl topib,

Yurganingga şukur qil.

Keça yotib, erta turgan,

Har kuningga şukur qil.

 

Alloh noz-neʼmatlarni,

Çeksiz inʼom  etgan, bil.

Közingga surtib uni,

Asragin, isteʼmol qil.

 

Oq bilan qop-qorani,

Ajratmoqni özing bil.

Har narsani jufti bilan,

Yaratganga şukur qil.

 

Hayotda sen borliging,

Omadingdir, baxtingdir.

Qança gödak tuğilib,

Yaşamagan, şuni bil!

Dilfuza Sultonova.

 

Maktabim

Maktabim – bu nurxona,

Bilim bergan kuç bergan.

Teran boqdim jahonga,

Intiliş, omad bergan.

 

Ustozlardan örganib,

Ilm yölin tutaylik.

Yaxşi-yomonni tanib,

Ezgularga yetaylik.

Aziza JUMABOYeVA,

6-sonli maktab öquvçisi.

 

Ukamga

Asaltoyim mening, şirintoy ukam.

Jajji qöllaringdan özim aylanay.

Közlaring çaqnaydi quyoş misoli.

Yuzlaring göyoki bahor timsoli.

 

Sening timsolingda otamni kördim,

Yuzlaring çiroyli sözlaring şirin.

Sening kulgung bilan nurlidir kunim,

Qaraşingda baxt yaşirin.

Maftuna Yaxşimurodova,

22-sonli maktab öquvçisi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026