YOD TANQISLIGI – KASALLIK
Mikroelementlar katta yoşdagi odamlar soğlom faoliyat olib borişi va bolaning tölaqonli rivojlanişi uçun hayotiy zarur moddalar hisoblanadi. Temir, yod, foliy kislotasi, kaltsiy kabi boşqa mikroelementlar ham A, V, V2, V12 va S vitaminlari bilan bir qatorda bizning organizmimiz uçun eng muhim moddalar sanaladi.
Mana şu moddalarning yetişmasligi “yaşirin oçlik” deb ataladi. Köpinça keng jamoatçilik “yaşirin oçlik” deb atalmiş muammoning yuzasinigina köradi. Bu temir tanqisligi anemiyasi, yod tanqisligi holati hamda A vitaminining yetişmasligi bölişi ham mumkin. Inson qalqonsimon bezining meʼyorida faoliyat olib borişi uçun zarur bölgan yod miqdorini ovqat va suv bilan yetarliça ololmay qolgan holatlarda organizmda yod tanqisligi yuzaga keladi.
Odam butun umri mobaynida bor-yöği 3-5 gramm yaʼni, bir çoy qoşiq yod isteʼmol qiladi. Soğlom bölişi uçun har kuni zarraça miqdorida bölsa ham organizm yod qabul qilib turişi lozim. Aynan kundalik ovqatlanişdagi yod tanqisligi jiddiy muammolarga olib keladi.
Bolalar va ösmirlarda aqliy rivojlanişda orqada qoliş, kretinizm, yaʼni aqliy qobiliyatning yöqotilişi, tuğma gipotireoz, diqqat-eʼtiborning zaif qontsentratsiyasi va xotiraning yomonlaşuvi, böqoq kasalligining kelib çiqişiga sabab böladi. Homilador ayollarda esa bola taşlaş va ölik bolalar tuğilişi, vaqtidan oldin va zaif çaqaloqlarning dunyoga kelişi, markaziy asab tizimi faoliyatidagi buzilişlar, aqliy va jismoniy qobiliyatlarning pasayişi, ösmir qizlar va ayollarda hayz körişning buzilişi kabilarni keltirib çiqaradi.
Yod – bu asosan tuproqda joylaşgan element hisoblanadi. Lekin barça hududlardagi tuproqda yod yetarli miqdorda mavjud emas. Şu bois inson ozuqasi asosini taşkil qiluvçi qişloq xöjalik va çorva mahsulotlari tarkibida ham yod yetişmovçiligi kuzatiladi.
Yetarli miqdordagi yod organizmga tuz bilan yetkazib beriladi. Tuz isteʼmol qiliş yil fasllariga, inson yoşi, jinsiga boğliq emas. Tuzni yodlaştiriş texnologiyasi töğri olib borilsa, yodni dozasidan oşirib yuboriş va şu tufayli qandaydir salbiy oqibatlarni keltirib çiqarişi hollari yuzaga kelmaydi.
R.Gulmanova,
tuman SEO va JSB vraç-laboranti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶