28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 19:28
Jamiyat 👁 2,838

“OBOD MAHALLA”da hovli toʻylari

“OBOD MAHALLA”da hovli toʻylari

Xushxabar yaxshi-da, odamning dilini yayratib yuboradi. Tanish-u notanish hamyurtlarimizning quvonchlari, hayotlaridagi oʻzgarishlar, turmush tarziga monand yangilanishlar haqidagi xushxabarlar bizni hamisha safarga chorlaydi. Ayniqsa, bayram sanalari yaqinlashganda tahririyatimizga har kuni hech boʻlmaganda ikki-uchta quvonchli xabar keladi. Axir toʻyga toʻyonalar tayyorlash xalqimiz uchun bobomeros anʼana-ku, - deymiz-da, yurtdoshlarimizning yaxshi kunlarida birga boʻlish uchun ijodiy safarga otlanamiz.

Bugun ham shunday boʻldi. Mustaqillik bayrami arafasida "Amudaryo suv qurilish boshqarmasi” MChJ quruvchilari 10 ta namunali uy-joylar kalitini egalariga topshirishni boshlagani, namunali uy-joylarda hovli toʻylari oʻtkazilayotgani haqida maqola tayyorlash uchun Mangʻit shahrining "Taqir qalʼa” mavzesiga yoʻl oldik.

"Taqir qalʼa”, dedik. Bu mavze, agar "taqir” degan atamadan kelib chiqib nisbat beradigan boʻlsak, kechagi tap-taqir dala-dashtdan asar ham topa olmaysiz. Nisbatan qisqa davr – 4-yil ichida bu hudud haqiqiy obod va goʻzal maskanga aylantirildi. Davlatimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlardan, qulay shart-sharoitlardan bahramand yashayotgan oʻnlab yangi xonadon sohib va sohibalarining quvonchlari cheksiz.

Yaqindagina, 2014-yilning 30-iyul kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumining "Amudaryo tumanidagi ayrim geografik obʼektlarning nomlariga oʻzgartish kiritish haqida”gi 288-sonli qaroriga asosan Mangʻit shahrining bu yangi mavzesiga "Obod mahalla” nomi berildi.

- Obod, desa obod, degulik, - deydi yangi uyga koʻchib oʻtgan yangi xonadon bekasi Sanobarxon Firsik. – Hamma shart-sharoitlar muhayyo. Tabiiy gaz, issiq-sovuq suv bilan taʼminlangan, kanalizatsiya tizimiga ega. Bunaqa qulaylik avval biz uchun xayoliy orzu edi.

- Orzularingiz hayotingizga aylanibdi-da, muborak boʻlsin! – quvonchlariga sherik boʻldik Sanobarning.

Xonadon bekasi quvona-quvona uy xonalarini koʻrsatadi.

- Mana bunisi mehmonxona, - deydi keng va yorugʻ, peshayvonli xona eshiklarini ochib.

Mehmonxonaning oshxonaga, vannaxonaga yaqin joylashgani uy bekasi uchun ham, mehmonlar uchun ham qulay. Aylanma shakldagi dolon esa qatorasiga joylashgan oromxonalar va bolalar uchun moʻljallangan qoʻshimcha xona havosini moʻʼtadillashtirib turadi. Barcha qulayliklarga ega oshxonaning kengligidan Sanobar ham, uning umr yoʻldoshi Azimboy Chorshamov ham xursand.

- Kuzgacha tomorqa yerimizni ekishga tayyorlab qoʻysak, uzum, anor, olma koʻchatlarini oʻtqazaman, - deydi Azimboy. – Hovli-joylarimizni kelasi yil tanimay qolasiz. Bogʻli hovli qilamiz hali!

Biz borgan kunimizdan bir kun avval hovli toʻyi oʻtkazgan Azimboy bilan Sanobarning quvonchi cheksiz. "Hasan-Husan veterinariya servis” MChJ raisi Azimboy Chorshamovning, MChJninghar bir ishiga masʼuliyat bilan qarab, umr yoʻldoshiga hamisha qoʻl-qanot boʻlib kelayotgan Sanobar Firsikning va bu ahil oila farzandlarining hayotiga kirib kelgan quvonchga oshno boʻlib, chiroyli turmush sharoitiga chin dildan havas qildik.

- Avvalgi uyimiz judayam eskirgan edi, - deydi Sanobar. – Jiddiy taʼmirlash holatiga kelib qolgandi. Oʻylab qarasak, taʼmirlash ishlari uchun ketadigan mablagʻni namunali uy-joylardan biri uchun oʻtkazsak, qolgan qismi uzoq muddatli bank krediti evaziga bitib qolarkan. Oʻzaro maslahatlashib, bir qarorga keldik-da, hujjatlarni rasmiylashtirdik. Bir yilning nari-berisida yangi hovli-joyli boʻldik. Eng asosiysi, yugur-yugurdan, asabbuzarliklardan qutuldik, quruvchilarga rahmat!

Bugun "Obod mahalla”da har kuni bir hovli toʻyi, har kuni bir baxtli oila yangi hovli-joyga koʻchib oʻtayotir. Ozod va obod, farovon hayotimizning quvonchlari, mustaqil Vatanning farogʻatga toʻla tarovatli lahzalari "Obod mahalla” tonglarida oʻz aksini topayotir. Ana, "Obod mahalla”ning yana bir obod xonadonida shoʻx-shodon kulgular sasi - yana bir oilaning hovli toʻyiga chorlov!Bunday shodliklar, chorlovlar mangu boʻlsin!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026