Ustaxona faoliyatidan fermerlar mamnun
“Tölqin” MMTP hududdagi 16 ta fermer xöjaliklariga texnik xizmat körsatadi. Fermer xöjaliklari tasarrufidagi 560 gektar paxta ekiladigan maydonlarni öz vaqtida şudgorlaş, yaxob suvi berişga tayyorlaş, 491 gektar kuzgi buğdoy uçun möljallangan yerlarni haydaş, tekislaş va kelgusi yil hosili uçun mustahkam zamin tayyorlaşda MMTP işçilari, usta-çilangarlarining xizmati katta.
MMTP muhandis-texnik xodimlari joriy 2022-yilgi qişloq xöjalik yilida ham fermer xöjaliklariga texnik xizmat körsatişni yanada yaxşilaş maqsadida texnika vositalari, ekiş-tikişda qatnaşadigan agregatlarni sifatli taʼmirlaş va bahorgi mavumga taxt qilib qöyiş borasida fermer xöjaliklari rahbarlari bilan bamaslahat iş yuritişmoqda. MMTP ustaxonasida usta-çilangarlar va işçilar uçun barça şaroitlar mavjud. Namunali tuşlik, yaxşi dam oliş şaroitlari yaratilgan. Işçilar va muhandis-texnik xodimlarning hamjihatlikda amalga oşirayotgan saʼy-harakatlaridan hududdagi fermer xöjaliklari rahbarlari ham mamnun.
Ayni paytda MMTP ustaxonasida texnikalarni bahorgi ekiş mavsumiga tayyorlaş, tiklaş-taʼmirlaş işlari amalga oşirilib, 19 ta kultivator, 11 ta seyalka, 16 ta mola, 103 ta borona töliq taʼmirdan çiqarildi.
Suratda: (çapdan) “Jumabekov Jölliboy” fermer xöjaligi raisi Rustam Jumabekov, MMTP raisi (örtada) Rufat Ahmedov va “Qurbonboyev Sobir” fermer xöjaligi raisi Komiljon Qurbonboyevlar galdagi vazifalar haqida özaro fikrlaşmoqdalar.
M.ŞOMURODOV olgan surat.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶