28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 13:36
Jamiyat 👁 440

OPPOQ TONG KUYChISI

OPPOQ TONG KUYChISI

1-mart – Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun
“… togʻdek bardoshi bilan vafo va sadoqat ramziga aylangan Zulfiya opa singari ayollar har qanday yuksak hurmat va ehtiromga munosibdir”
(Islom Karimov)
Oʻzbek ayolining chinakam timsoli, baxt va hayot kuychisi, fidoyi oʻzbek xalqini, tinim bilmas elini oʻz sheʼrlarida madh etgan, vafo va sadoqat ramzi, sabr-u matonati bilan hammaga oʻrnak boʻlaoladigan atoqli oʻzbek shoirasi Zulfiyaxonim siymosida ham insoniylik, ham ayollik fazilatlarining mujassamlashganini koʻrishimiz mumkin.
Mamlakatimizda ahli har bahorni shoira Zulfiya Isroilova tavallud topgan kunni nishonlash bilan kutib olish anʼanaga aylangan. Sevimli shoiramiz Zulfiyaning hayotiy va ijodiy merosi, ayniqsa, Sharq qizlariga, ayollariga oʻrnak boʻladigan maʼnaviy dunyosi, axloqiy qiyofasi xalqimiz tomonidan yuksak qadrlanib kelinmoqda.
Zulfiyaxonim shaxsidagi buyuklikning yana bir ildizi uning ustozlik maqomi bilan chambarchas bogʻliq. U oʻz davrida “yilt” etgan isteʼdodi koʻzga tashlangan har bir yosh ijodkorning yurib kelayotgan soʻqmoqlarini katta yoʻllarga tutashtirgan inson. Shuningdek, Zulfiyaxonim oʻz shogirdlarining ijod mahsullarini mehr nazaridan oʻtkazib, ularga chinakam ijodning sehrini, jilvasini koʻrsatish bilan bir qatorda har birining uchun oʻzini javobgar his etganlar. Bu - ustozlikning, ustozlik maqomining oliy belgisidir. Bugungi kunda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari safining kundan-kunga ortib borayotganini koʻrib, ularga havasimiz keladi. Zero, Zulfiyaxonimning oʻzi orzu qilganidek,
Men ketsam, mungʻaymas umrim hech qachon,
Bu bogʻlar bir bogʻ boʻladi hali…
Hayotni, borliqni qanday koʻrish insonning oʻziga, yaʼni “qarash uslubi”ga bogʻliq. Shoira hayotga umid bilan, ishonch-u orzular bilan boqdi hamda sheʼrlarida ham hayotni kuyladi.
Oʻzbek sheʼriyatining peshtoqidagi yorqin yulduzi Zulfiyaxonim nomini biz hamisha yuksak ehtirom ila tilga olamiz. U vafo hamda muhabbatni tarannum etuvchi yetuk shoiradir. Uning hayot yoʻli, ijodi bilan yaqindan tanishar ekanmiz, shoiraning haqiqatan ham komil inson darajasiga yetganining shohidi boʻlamiz. Zulfiyaxonim oʻz sheʼrlari orqali oʻquvchini hamisha samimiy, irodali boʻlishga, hayotni va aziz yurtni ardoqlashga istiqlolning qadriga yetib, yurt ravnaqi yoʻlida xizmat qilish oliy fazilat va majburiyat ekanligini anglab yashashga chorlaydi.

Laylo Olimova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026