“Zulfiyaxonim qizlari − umidimiz yulduzlari”
Xalqimiz bahor faslini şoira Zulfiya Isroilovaning tavallud topgan kuni bilan boşlaşni ezgu anʼanaga aylantirgan. Har yili ijodiy taşkilotlar vakillari, şoir va yozuvçilar, tarjimonlar hamda yoş ijodkorlar tomonidan sadoqat kuyçisining qabriga gul qöyilib, şoir haykali poyida adabiy tadbir ötkaziladi. Qolaversa, Zulfiya tavalludi yurtimizdagi barça taʼlim muassasalarida ham adabiyot bayrami sifatida keng nişonlanişi sir emas.
Tumanimizning Dörman ovulida joylaşgan 84-sonli umumtaʼlim maktabida ham “Zulfiyaxonim qizlari − umidimiz yulduzlari” deb nomlangan tadbir ötkazildi.
Bellaşuv tarzida ötkazilgan uşbu keçada 8-sinfning öquvçi qizlari 5 ta şart asosida öz bilimlarini va ijodkorlik qobilyatlarini sinovdan ötkazişdi. 1-şart “Taniştiriş” şarti bölib har bir iştirokçi özining tarjimai holi, qiziqişlari haqida maʼlumotlar berib ötişdi. 2-şart “Savol-javob” şartida şoira xayoti va ijodiga doir savollar asosida öquvçilarning bilim salohiyati mustahkamlandi. 3-şart “Zulfiya hayotiga doir matn hamda şeʼrlarni ifodali öqiş” şarti bölib uşbu şartda iştirokçilarning nutq mahorati sinovdan ötkazildi. 4-şart “Arzanda bölmang, pazanda böling” deb nomlandi. Mazkur şartda öquvçi qizlar özining pazandalik qobilyatlarini namoyiş qilibgina qolmasdan, dasturxon bezatişdagi ijodkorlik qobilyatlarini ham namoyiş qilişdi. Yakuniy şart, “Erkin mavzu” şartida Zulfiyaxonim xayotiga doir sahna körinişlar namoyiş qilindi.
Hakamlar hayʼati aʼzolari belgilangan şartlar asosida öquvçilar bilimini odilona baholab bordilar. Yakuniy natijalarga köra 8-“A” sinfning qizlar jamoasi ğolib deb topildi. Öquvçilar maktab maʼmuriyatining esdalik sovğalari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.
Tadbirda sözga çiqqanlar Zulfiyaning boy ijodiy meʼrosi, uning hayot yöli va körgan qiyinçiliklari haqida söz yuritib sabr va matonat timsoliga aylanganligini eʼtirof etişdi.
Şuni örinda aytiş joizki, Zulfiya jahon minbarlarini körgan şoira, şu bilan birga, gözal tarjimon ham edi. U özining boy adabiy merosi, faol ijodkor sifatidagi faoliyatida özbek ayollarining salohiyati naqadar yuksak ekanini körsatib berdi. U latif ijodi bilan şarq ayollari qalbiga ezgulik, muhabbat va sadoqatdan saboq bera oldi.
U qoldirgan boy merosda jahon şeʼriyatidan qilingan tarjimalar özbek adabiyoti xazinasidan munosib örin oldi. Bu bilan, nafaqat adabiyotga, balki özbek xalqining turli millatlar örtasidagi xalqaro döstlik riştalari, adabiy aloqalarning mustahkamlanişiga-da ulkan hissa qöşdi. Avlodlarga qoldirgan boy ijodiy meʼrosi yoşlarnining maʼnaviy dunyosini boyitib, maʼnan barkamol bölib ulğayişiga katta hissa qöşmoqda.
F.Eşimbetova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶