28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:33
Salomatlik 👁 360

Dunyoda eng ulkan boylik salomatlikdir

Dunyoda eng ulkan boylik  salomatlikdir

Koʻklam! Garchi hududimizda hamon qish ob-havosi hukmronlik qilayotgan boʻlsa-da, fasllar almashinuvini quvonib qarshi oldik. Shunday damlarda uzoq davom etgan qishdan soʻng bahorni sogʻinganimizni his qilamiz. Qalbimizga joʻshqinlik kirib keladi. Ona tabiatimizning fusunkor fasli bayramlar, quvonchli kunlar koʻpligi bilan ham aziz. Ayniqsa, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni muhtarama onaxonlarimiz, opa-singillarimiz uchun unutilmas taassurotlar hadya etadi. Bu avvalo jamiyatimizda ayol-qizlarga gʻamxoʻrlik tobora kuchayayotgani, ayollik, onalik maqomi yuksak tutilib, ularning sogʻligʻi muhofaza qilinayotganining ifodasidir.

Men oʻrta maktabni tugatgach, Toshkent Davlat Tibbiyot oliygohida oʻqidim. 1985-yilda oliygohni akusher-ginekolog mutaxassisligi boʻyicha tugatib, Nukus shahridagi Respublika tugʻruqxonasida internatura oʻtadim. 1986-yildan beri Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi tugʻruq kompleksida  akusher-ginekolog boʻlib ishlab kelayapman.

Shifokorlik faoliyatimni boshlaganimga  bu yil 37-yil toʻlayapti.

Momolarimiz koʻzi yoriyotgan ayolni “ikki dunyo oraligʻida” deb bejiz aytishmaydi. Mehnat faoliyatim davomida necha-necha yuzlab ayollarning koʻzi  yorishida tibbiy koʻmak berganimdan, ham tugʻruq asoratlarsiz kechishiga,  ona-bola sogʻligʻiga putur yetmasligiga erishganimdan, necha-necha ayollarni davolab, farzandli boʻlishlariga sababchi  boʻlganimdan doimo faxrlanib yashayman. Homiladorlikka monelik qiluvchi kasalliklari davolanib, ona boʻlishga umid uygʻonib, koʻzlari chaqnab turgan ayolni koʻrish ham shifokor uchun bir baxt. Bu – uning mehnati samarasi.

Mamlakatimizda onalik va bolalik muhofazasiga, sogʻlom onadan sogʻlom farzandlar dunyoga kelishiga erishishga ulkan eʼtibor berilayotgani biz shifokorlarni juda quvontiradi. Bu yoʻlda tugʻruq  yoshidagi ayollar har yili chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklardan oʻtkazilib, zarur hollarda davo muolajalari olib borilayapti. Homilador ayollar muntazam tibbiy nazoratga olinib, ona va homila holati kuzatib boriladi.

Oʻtgan yili tuman boʻyicha 5169 nafar homilador ayollarning 4750 nafari homiladorlikning 14 haftasigacha hisobga olingan. Ularning 3902 nafari tumanda UTT apparatida, 848 nafari Respublika Skrining markazida skrining tekshiruvidan oʻtkazilgan. Akusherlik patologiyasi boʻlgan 170 nafar ayolning homiladorligi toʻxtatilgan.

Bizning maqsadimiz – oila bekasi, farishtasi boʻlgan ayollarning va hayotimiz davomchilari boʻlgan bolalarning sogʻlom va baxtiyor yashashidir. Ha, dunyoda eng katta boylik – sogʻliqdir.

Dinora ABDURAIMOVA,

tuman TTB bosh akusher-ginekologi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026